Haqiqattv.uz - Rasmiy Sahifa

Haqiqattv.uz - Rasmiy Sahifa 📣 Haqiqattv.uz internet nashrining Facebookdagi rasmiy sahifasi
◾Bizni Instagram va Telegramdan

Har bir davlat tashkiloti, fuqarolar murojaatlari va fikrlariga masofadan javob qaytarish uchun ishonch telefonlariga eg...
28/12/2020

Har bir davlat tashkiloti, fuqarolar murojaatlari va fikrlariga masofadan javob qaytarish uchun ishonch telefonlariga ega

Ular orqali o'zingizga kerakli savollarga javob olish imkoniyatiga egasiz. Quyida sizga prezident, vazirlik, va hokimliklarning ishonch telefon raqamlarini havola etamiz.

Ishonch telefonlari sifatiga qandaydir fikrlaringiz bo'lsa bizga bildirishingiz mumkin.

https://telegra.ph/Ishonch-telefonlari-12-28

  / Agarda siz o'z hududingizda tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan vaqtingizda, yer masalasida noqonuniy harakatlarni ...
28/12/2020

/

Agarda siz o'z hududingizda tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan vaqtingizda, yer masalasida noqonuniy harakatlarni sezib, tegishli yuqori organlarga murojaat qilganingizda sizga nisbatan bosim sifatida asossiz da'vo qo'zg'atilsa, qanday ahvolga tushgan bo'lardingiz.

Albatta bu tadbirkorlik faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri to'siqdir. Prezidentimiz esa tadbirkorlikka to'sqinlik qilish bu davlatga hiyonat qilish ekanligini aytib o'tgan edilar...
Bu mavzuda bizga murojaat kelib tushdi batafsil maqolada:

https://telegra.ph/433-kontur-masalasi-12-28

Yangiqo'rg'on tumanida faoliyat olib boruvchi «Sultonbek Sabrina bog'lari» fermer xo'jaligi, Chortoq tumani Bog'iston MF...
23/12/2020

Yangiqo'rg'on tumanida faoliyat olib boruvchi «Sultonbek Sabrina bog'lari» fermer xo'jaligi, Chortoq tumani Bog'iston MFY fuqarolariga «Har bir oila Tadbirkor» dasturi asosida qoramol tarqatgan. Qarangki ular berilgan imkoniyatga noshukrlik qilib fermer xo'jaligidan hech qanday qoramol olmaganligini da'vo qilishgan...

Batafsil YouTobe kanalimizdagi videoda tanishing:
https://youtu.be/QSsGxN32y2g

Bir qator internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqoʻrgʻondagi issiqxona 35 ming dollar zarar ko'rgani haqidagi xa...
17/12/2020

Bir qator internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqoʻrgʻondagi issiqxona 35 ming dollar zarar ko'rgani haqidagi xabar tarqaldi.

Tumandagi “Murodulla bobo” fermer xoʻjaligi rahbari F.Nasrullayev esa issiqxonasidagi 1 gektar maydondagi pomidor va 1 gektar yerdagi bodring koʻchatlari va hosilining muzlab qolishi oqibatida 823 million soʻm moddiy zarar koʻrgan.

Shartnoma shartlari buzilganligi va majburiyat bajarilmagani sababli Kattaqoʻrgʻon tuman prokuraturasi joriy yilning 23 noyabr sanasida mazkur holatlar yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatidan fermer xoʻjaliklariga yetkazilgan 1 milliard 54 million soʻm moddiy zararni undirish yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritdi.

Tadbirkorlar manfaatini himoya qilish va ularga yetkazilgan zarar undirilishi shaxsan viloyat prokurori nazoratiga olindi.

Oʻzbekiston chempioni Fargʻonada jarima maydonidan Jawa mototsiklini oʻgʻirlagani uchun sud qilindiSportning Taekwondo W...
19/11/2020

Oʻzbekiston chempioni Fargʻonada jarima maydonidan Jawa mototsiklini oʻgʻirlagani uchun sud qilindi

Sportning Taekwondo WTF turi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni va Osiyo chempionati sovrindori boʻlgan 18 yoshli J. Jawa mototsiklini oʻgʻirlab ketdi va keyinchalik mahalla profilaktika inspektoriga qilgan qilmishini tan olib murojaat qildi.

Lekin sud J.ga jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati jabrlanuvchiga zarar yetkazilmagani, uning universitet talabasi ekani, sportda erishgan yutuqlari, aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz va pushaymonligini hisobga oldi. Qamoqdan ozod etilib ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Qamoqdan ozod etilib ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Uning aytishicha mototsiklni u faqat ko'ngilxushlik uchun o'g'irlagan va qaytarib qo'yish niyyati bo'lgan.

Bu usul qishda koronavirus yuqish xavfini 70%ga kamaytiradiBritaniya hukumati koronavirusning oldini olish uchun xonalar...
19/11/2020

Bu usul qishda koronavirus yuqish xavfini 70%ga kamaytiradi

Britaniya hukumati koronavirusning oldini olish uchun xonalarni muntazam shamollatib turishni taklif qilmoqda. Olimlar qishda yomon ventilyatsiya tufayli koronavirusni yuqtirish xavfi uch baravar oshishidan ogohlantirmoqda. Bu, ayniqsa, idoralar va oʻquv muassasalariga taalluqli.

Hukumat ekspertlar bilan maslahatlashgach, xonalarni muntazam shamollatib turish zarur degan xulosaga kelishdi. Ular yo derazalarni ochiq qoldirishni, yo vaqti-vaqti bilan, masalan, har 10-15 daqiqada xonalarni shamollatib turishni tavsiya etishadi.

Ushbu chora infeksiyani yuqtirish xavfini 70%ga kamaytiradi, deb hisoblaydi Britaniya hukumati.

«Hammamiz koʻp vaqtimizni xonalarda oʻtkazamiz, shu bois shamollatish zarur», — dedi Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Jo Cherchill.

UzAutoMotorsga qarshi kampaniya boshlagan bloger Ichki ishlar boʻlimiga chaqirildiTelegramdagi TROLLUZ kanali muallifi, ...
19/11/2020

UzAutoMotorsga qarshi kampaniya boshlagan bloger Ichki ishlar boʻlimiga chaqirildi

Telegramdagi TROLLUZ kanali muallifi, UzAutoMotorsga qarshi kampaniya boshlagan bloger Umid Gafurov Ichki ishlar boʻlimiga chaqirildi

«Bu arizani yozgan UzAutoMotors yuridik boshqarmasi direktori R.R. Shaymardonovga alangali salomlar.

Blogerlarning jonli efirini tomosha qilish shart emas. Issiq kabinetdan koʻchaga chiqing, avto narxlari haqida xalqning fikrini soʻrang. Hammasini nomiga ariza yozishga umringiz yetmaydi, oʻrtoq Shaymardonov, yoki Shaymardonovga shu buyruqni bergan boshqa odam…» - deb yozgan bloger Umid Gafurov

19/11/2020
19/11/2020
🔶 23 sentyabr – Xalqaro imo-ishora tillari kuni🔹  Xalqaro imo-ishora tillari bugungi k***a imkoniyati cheklangan turli m...
23/09/2020

🔶 23 sentyabr – Xalqaro imo-ishora tillari kuni

🔹 Xalqaro imo-ishora tillari bugungi k***a imkoniyati cheklangan turli millatga mansub fuqarolar oʻrtasida oʻzaro muloqot vositasi sanaladi. BMT Bosh assambleyasining 2017 yil 19 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan har yili shu kuni xalqaro imo-ishora tillari kuni nishonlanadi.

🔹 Mazkur sanani nishonlashdan maqsad imkoniyati cheklangan insonlar, xususan kar-soqovlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, taʼlim olishlari va oʻzaro muloqoti uchun yetarlicha imkon yaratish, imo-ishora tillarining til va madaniy xilma-xillikdagi oʻrnini saqlab qolishdan iborat.

🔶  Davlat xizmatlaridan ID-karta yordamida foydalanish mumkin boʻladi🔹 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari identifikatsi...
23/09/2020

🔶 Davlat xizmatlaridan ID-karta yordamida foydalanish mumkin boʻladi

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari identifikatsiya ID-kartalarini almashtirish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin boʻladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati xabar berdi.

🔹 Yangi tugʻilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tugʻilishi FHDYO organi tomonidan qayd etilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan soʻng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga koʻra rasmiylashtirilishi mumkin boʻladi.

🔹 ID-karta egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi.

🔻 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi

📌 Joriy yilning 1 sentyabr holatiga Oʻzbekiston 64 ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiy...
19/09/2020

📌 Joriy yilning 1 sentyabr holatiga Oʻzbekiston 64 ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini import qilgan.

✅ Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSH dollariga kam.

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya Federatsiyasi (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSH dollari bilan Germaniya hissasiga toʻgʻri kelgan.

❗️Maʼlumot oʻrnida, 2019 yilda Oʻzbekistonda qiymati 7,2 trln. soʻmga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.

Address

Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998996960264

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Haqiqattv.uz - Rasmiy Sahifa posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Haqiqattv.uz - Rasmiy Sahifa:

Share


Other Media/News Companies in Tashkent

Show All