Siyosat bir yon, qarorlar bir yon
Toshkent katta halqa yo’li yoqasida joylashgan "New Medical service Yunusabad" klinikasi qanday ish boshlagan, unga DXX, Soliq qo’mitasining qamalib ketgan mansabdori va Toshkent shahar sog’liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarining qanday aloqasi bor?
Nevrologik xastalikdan aziyat chekayotgan bolalar davolanayotgan mazkur klinika sarguzashtlari haqida tayyorlangan koʻrsatuvni tomosha qiling. https://youtu.be/ItdN0h0bPDU
Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
Google ijtimoiy tarmog'i xavf ostida
AQSH monopoliyaga qarshi kurashish idoralari Google korporatsiyasini bir nechta alohida kompaniyaga bo'lib tashlash imkoniyatini yana keskin ko'rib chiqmoqda.
🥇Hasanboy Doʻsmatov – ikki karra Olimpiada chempioni!
Doʻsmatov finalda bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, Oʻzbekistonga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.
Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) 2 karra Olimpiada chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi.
Oʻzbekiston hisobidagi oltin medallar soni 3 taga yetdi.
Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi
Eslatib o‘tamiz, dzyudochi Diyora Keldiyorova 5 yildan beri yengilmay kelayotgan amaldagi chempion Uta Abeni mag‘lub etdi.
Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
Dog‘istonda qurolli hujum kuzatildi
Dog‘istonning ikki shahrida - Derbent va Mahachqal’ada qurollangan jangarilar pravoslavlar ibodatxonasiga hamda sinagogga hujum qildi. Politsiyachilar halok bo‘lgan va yaralangan.
Kecha, 23-iyun kuni kechqurun Derbentda Lenin ko‘chasida joylashgan Bibi Maryam pravoslav cherkoviga hujum amalga oshirildi. Bu haqda birinchilardan bo‘lib xabar bergan Baza telegram-kanali guvohlarga asoslanib yozishicha, ibodatxona hududida o‘q ovozlari esh*tilgan va tutun ko‘tarilgan, Derbent politsiyasi butun tarkibda trevoga bo‘yicha chaqirilgan.
RF Ichki ishlar vazirligining Dog‘iston bo‘yicha boshqarmasi taxminan soat 18:00 da Derbentda avtomatik qurollar bilan pravoslav ibodatxonada, shuningdek mahalliy sinagog binosi hududida o‘t ochilgani haqida xabar bergan. Jinoyatchilar oq rangli, Volkswagen Polo rusumli avtomobilga minib, voqea joyidan yashiringan.
Kanalga ulaning👉 @demokrat_uz
"Narxni sunʼiy oshirish keragi yoʻq"
Ayni paytda, Toshkent shahar IIBBning barcha masʼul xodimlari turargohlarda haydovchilarga narxlarni oshirmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borishmoqda.
Bundan tashqari: Belgilangan qoidalarga rioya qilish;
Mastlik va charchoq holatida avtomobil boshqarmaslik;
Yoʻlovchilar uchun oʻrnatilgan qoidalar haqida ularni ogohlantirish;
Uzoq masofaga qatnovchilar oʻz vaqtida dam olgandan soʻng harakatlanishlari boʻyicha koʻrsatma va tushuntirishlar berildi.
Ushbu targʻibot va tashviqot ishlari,
Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 4-batalyon xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan avtovokzal hududida olib borildi.
👉http://demokrat.uz/23068
Sirdaryoda Captiva bilan bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida futbol o‘yini o‘tkazilayotgan paytda “Kaptiva” stadionga chiqib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli qaror qabul qilingan.
👉 demokrat.uz/22450
Laboratoriyada dunyoga kelayotgan bolalar
Soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash sohasidagi yangiliklar insoniyatni ajablantirmay qo‘ydi.
Biroq, IVF, donor tuxumlar, sperma, bachadon transplantatsiyasi, surrogat va tuxumni muzlatish amaliyotlari ko‘pchilikni qiziqtirishi tayin. Yaqin kelajakda farzandli bo‘lish, qachon va qanday koʻpayish muammo boʻlmay qoladi. Ya'ni, farzandlar onasiz dunyoga keladi.
Texnologiyalar yaratayotgan bu kabi imkoniyatlar ota-onalarning bolaga boʻlgan his tuygʻularini qanchalik saqlab qoladi?
Boshqa davlatlarda koʻpayib borayotgan surrogat ona borasida O‘zbekistonda qanday tartib va nizomlar mavjud?
👉TO‘LIQ VIDEO
Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
Dastlabki tergov natijasi: Eron Prezidenti oʻldirildimi?
Hafta davomida eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biri Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning halokatga uchrashi boʻldi.
Xoʻsh, Eron Prezidenti boʻlgan vertolyotning qulashi baxtsiz hodisami yoki bunga kimdir yordam berib yubordimi?
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Raisiy boʻlgan vertolyot halokatini tergov qiluvchi qoʻmitaning dastlabki hisobotini eʼlon qildi.
Rossiyalik diplomat Sergey Markov halokat ortida Isroil yoki radikal sunniy guruhlar turgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Telegram kanal http://demokrat.uz/22286
Tayvan parlamentida hujjat olib qochildi
Tayvan parlamentida Qonunchilik palatasidagi islohotlar boʻyicha bahsda deputatlar tortishib, bir-birlarini bilan janjallashib ketdi.
Qarama-qarshi taraf vakillarining biri qonunni qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun hujjatni jon jahdi bilan binodan tashqariga olib qochib ketdi.
Xalq uchun jon kuydirib, majlisda bir-biri bilan tortishadigan deputatlar O‘zbekistonda ham yo‘q emas))
Kanalga ulaning👉 http://demokrat.uz/21976
Buxoroda uyning tom qismiga yashirib qo‘yilgan jangovar qurollar topildi
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda 3 dona Makarov va 1 dona TT pistoleti hamda o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olingan.
Aniqlanishicha, ushbu qurollar va o‘q-dorilar muqaddam Rossiyadan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qurollar va o‘q-dorilar jangovar holatda bo‘lib, foydalanishga yaroqli hisoblanadi.
Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
Mirziyoyev O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida fikr bildirdi
"Penaltini urolmagandan keyin uch kun uxlolmay chiqdim",- dedi Prezident.
Mirziyoyev O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgani va ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgani haqida gapirdi.
Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
Afg‘oniston shimolida kuchli yog‘ingarchilik tufayli Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari yuzaga keldi
Sel uylarni vayron qilgan, odamlarni suv olib ketgan, 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi. Bag'londagi vaziyat juda og'ir.
Moykada cho‘kib ketgan avtobus haydovchisi 44 yoshli Tojikiston fuqarosi bo‘lgan
Uning Rossiya pasporti bor edi, deb yozadi Rossiya OAV. Haydovchi xotinining so‘zlariga ko‘ra, uning eri 20 soat dam olmasdan ishlagan va uyiga soat 02:00 da kelgan, shundan so‘ng uni soat 7:30 da uyg‘otib, ishga qaytishga majburlashgan.
Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Mironov avtohalokatga haydovchining fuqaroligi sabab bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.
"Haydovchi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining vakili. Shu munosabat bilan bizning taklifimiz va qonun loyihasini kiritdik: migrantlarga jamoat transportida ishlashni taqiqlash, maktablarda ishlashni taqiqlash, taʼlim tizimida ishlashni taqiqlash joriy qilish ko‘zda tutilgan"- dedi deputat.
Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Faxriylarni qadrlash – har birimizning burchimizdir
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari faxriylarning holidan xabar oldi.
Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz