Xabardor

Xabardor Rasmiy kanal
O’zbekiston va dunyo so’nggi xabarlari

Web: www.xabardor.uz
https://t.me/xabardoruz

28/01/2024

Kuniga 20 700 so‘m bir kishiga yetarli – Statistika agentligi

Statistika agentligi o‘zbekistonliklar uchun oyiga 621 000 so‘m, kuniga esa 20 700 so‘m yetarli, deb topishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi miqdori yangilanib, endi oyiga 621 ming so‘m topsangiz kambag‘al deb hisoblanmaysiz.

Savol: 20 700 so‘m bir kunga yetadimi, bu pulga o‘zi nima olsa bo‘ladi?

Videoning to‘liq versiyasini Xabardor.uz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://youtu.be/tcEePboynyM

28/01/2024

Eng ko‘p oylik maosh oluvchi sohalar aniqlandi

Oʻzbekistonda 2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so‘mni tashkil etib, 2022-yildagiga nisbatan 17,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.

26/01/2024

O‘zbekistonda nimalar bo‘lyapti?

📌 Toshkent shahri va Toshkent viloyatida radarlar adolatsiz ishlamoqda.
📌 Ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi.
📌 Andijondagi bozorda yong‘in chiqdi.

Videoning to‘liq versiyasini Xabardor.uz Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://youtu.be/0WdSd7Nd_QQ

26/01/2024

Toshkentda kanatli jamoat transporti paydo bo‘lishi mumkin

Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda dor yo‘li jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi.

Kanatli taksilarni yo‘lga qo‘yish borasidagi loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hokimlik e’lon qilgan suratlarda dor yo‘lining Toshkent shahri “Mahtumquli” ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga qadar qurilganini ko‘rish mumkin. Dor yo‘lida yo‘lovchilarga 10 kishini sig‘dira oladigan kabinalar xizmat qilishi ham keltirilgan.

26/01/2024

Noqonuniy qum-shag‘al olishda foydalanilgan texnika musodara qilinadi

Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib, moratoriyni buzgan shaxslarga nisbatan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi va ushbu qoidabuzarlikni sodir etishda foydalanilgan texnika musodara qilinadi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Joriy yil...
26/01/2024

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Turkiya parlamenti protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz bergandi.

Faqatgina, Vengriya Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini hali ratifikatsiya qilmagan NATOga a’zo yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak.

🌫Dunyoning ayni damdagi havosi eng iflos 10 ta shahri, Toshkent 7-o‘rinni egallaganO‘zbekiston poytaxti havosining PM2,5...
25/01/2024

🌫Dunyoning ayni damdagi havosi eng iflos 10 ta shahri, Toshkent 7-o‘rinni egallagan

O‘zbekiston poytaxti havosining PM2,5 mayda chang zarralari bilan ifloslanish darajasi JSST tavsiyasidan 19 marta yuqori bo‘lib turibdi.

24/01/2024

Rossiyalik tarixchi o‘zbek millati haqida gapirdi

Rus propogandachilari yana Markaziy Osiyoni nishonga olishmoqda. O‘zbekiston hamjamiyati javobini ko‘ring.

24/01/2024

Yer sharida xavfli kasalliklar soni oshmoqda

Vaziyat jiddiy, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ogohlantiruvni shunday boshladi. Butun Yevropada qizamiq bilan kasallanish soni oshmoqda. Bu o‘tgan yillardagiga qaraganda 30 barobarga ko‘p. Ekspertlar buni pandemiya davrida qizamiqqa qarshi vaksinasiya qamrovi keskin pasaygani bilan izohlamoqda.
2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida bu kasallikka chalingan bemorlar soni 30 ming nafardan oshdi.
Qolaversa, Davosdagi Jahon Iqtisodiy Forumida olimlar insoniyatni “X virusi”dan ogohlantirdi. Bu butun dunyoni yana ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishi mumkin bo‘lgan infeksiya ekanligi ma’lum qilindi.
Somalida esa bir hafta ichida 470 dan ortiq vabo va diareya holatlari qayd etilgan. Bu kasallik ham juda tez sur’atarda o‘sib bormoqda.

23/01/2024

G‘arb kompaniyalari boykotchilarga murojaat qilmoqda

Starbucks, McDonald’s va bir qator global baykot ssenariysiga tushgan gigant koorporatsiyalar urushga aloqasi yo‘qligini da’vo qilmoqda.

23/01/2024

Bloger Otabek Sattoriyning qachon ozodlikka chiqishi ma’lum bo‘ldi

Buni “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov Qarshidagi manzil koloniya boshlig‘iga tayanib xabar bergan.

23/01/2024

Jin chiqaraman deb, jon chiqargan chala domlalar

Toshkent viloyatida ikki erkak “jin chiqarish” paytida bir ayolni o‘ldirib qo‘ydi.

23/01/2024

Endi o‘zbekistonliklar uchun oyiga 20700 so‘m yetarli

Statistika agentligining maʼlum qilishicha, O‘zbekistonda bir kishi uchun minimal isteʼmol xarajatlari oyiga 621000 so‘m yoki kuniga 20700 so‘m etib belgilandi. Ushbu hisob kitoblarda kuniga o‘rtacha 2200 kaloriyali oziq-ovqat isteʼmol qilish va zarur tovarlarni sotib olish nazarda tutilgan.

22/01/2024

Oltin konidan erkak kishining jasadi topildi

Navoiydagi oltin konidan erkak kishining jasadi topildi. 2023-yil 25-dekabr kuni Xatirchi tumanida yashovchi 30 yoshli erkak “Zarmitan” oltin koni yerosti shaxtasidan, tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni talon-taroj qilish uchun kelib, 2024-yil 15-yanvar kuni soat 19:00 larda shaxtadan chiqayotganida, arqon uzilib ketishi oqibatida 10-15 metrlik pastlikka tushib ketgan va og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda Arktika sovuqlari tufayli kamida 91 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda “CBC News” tel...
22/01/2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda Arktika sovuqlari tufayli kamida 91 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda “CBC News” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tennessi shtatida 25 kishi, Oregon shtatida kamida 16 kishining o‘limi tasdiqlangan.

Shuningdek, Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham o‘lim holatlari qayd etilgan.

12-yanvardan beri Qo‘shma Shtatlarning ko‘p qismida anomal sovuq harorati kuzatilib, qor yog‘moqda. Associated Press agentligining 17-yanvar kunidagi xabariga ko‘ra, AQShning markaziy qismlarida havo harorati -34,4 darajagacha tushib ketgan.

Prezident Jo Baydenning bosh yordamchilari chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan shaxsiy yig‘ilishda qonunchilarga, agar Kongres...
20/01/2024

Prezident Jo Baydenning bosh yordamchilari chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan shaxsiy yig‘ilishda qonunchilarga, agar Kongress yaqin kunlarda Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishga ruxsat bera olmasa, Rossiya bir necha hafta ichida urushda g‘alaba qozonishi mumkinligini aytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan va milliy razvedka direktori Avril Xeyns qonunchilarga Ukraina yaqin haftalarda havo mudofaasi va artilleriya imkoniyatlarini tugatishini aytgan.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni bir kun ichida tugatish haqidagi va’dasini xavfli deb atagan edi.

20/01/2024

Malayziyada 17 yoshli talabaga tegajog‘lik qilindi

Malaziyada o‘qiydigan o‘zbekistonlik talaba qiz va uning hamrohidan politsiyachilar qo‘rqitish yo‘li orqali jarima undirmoqchi bo‘lgan. 100 AQSh dollarini noqonuniy undirish uchun hamrohi olib ketilgan vaqtda qizni ikkinchi politsiyachi zo’rlamoqchi bo’lgan va jinsiy tajavuz qilgan.

Hozirda politsiyachilarga 3 modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan va har bir ayblov 4 ming AQSh dollariga baholangan. Tovon puli to‘lash orqali sudgacha politsiyachilar ozodlikda yuradi. Gumonlanuvchilarning advokati mijozi surunkali autoimmun nerv-mushak kasalligidan aziyat chekishini da’vo qilib, tovon pulini kamaytirish harakatida. Ushbu ayblovlar bilab gumonlanivchilar 30 yildan 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ammo boshqa millat vakili hisoblangan hamda voyaga yetmagan qizning nomusi bu bilan qaytariladimi? Agar bu holat O‘zbekistonda bo‘lsa, qanday chora ko‘rilgan bo‘lardi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Oxirgi 24 soat ichida 19 nafar Isroil askari yaralandiIsroil armiyasi veb-saytiga ko‘ra, 7-oktabrdan buyon yaralangan of...
20/01/2024

Oxirgi 24 soat ichida 19 nafar Isroil askari yaralandi

Isroil armiyasi veb-saytiga ko‘ra, 7-oktabrdan buyon yaralangan ofitser va askarlar soni 2649 nafarga yetgan, shundan 1191 nafari quruqlikdagi amaliyotlar vaqtida yaralangan.

Bu maʼlumotlarga koʻra, jami 410 nafar isroillik askar, ulardan 46 nafari ogʻir, 254 nafari oʻrtacha va 110 nafari yengil jarohatlanganlar hamon shifoxonalarda davolanmoqda.

19/01/2024

Endi mashinalar oldi-sotdisi uchun notariusga borish shart emas

Endi avtomobillarni notariusga bormasdan, onlayn tarzda rasmiylashtirish imkoniyati joriy qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xitoy Tayvan atrofida uch hafta ichida eng yirik harbiy manyovrlarini o‘tkazmoqda, bu dam olish kunlari Lay Sindening Ta...
19/01/2024

Xitoy Tayvan atrofida uch hafta ichida eng yirik harbiy manyovrlarini o‘tkazmoqda, bu dam olish kunlari Lay Sindening Tayvan rahbari etib saylanishiga birinchi faol reaksiya hisoblanadi.

Tayvan Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, chorshanba kuni kechqurun Xalq ozodlik armiyasi Tayvan yaqinida 24 ta Xitoy armiyasi samolyoti va beshta Harbiy-dengiz kuchlari kemasi bilan birgalikda havo va dengiz jangovar patrullarini o‘tkazgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “11 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tgan yoki Tayvanning janubi-g‘arbiy va shimoliy havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirgan”.

Qozog‘istonning Aris shahridagi novvoyxonada gaz ballon portlashi oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik ayol vafot etga...
19/01/2024

Qozog‘istonning Aris shahridagi novvoyxonada gaz ballon portlashi oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik ayol vafot etgan.

Portlash oqibatida jarohatlangan ikkinchi jabrlanuvchi reanimatsiyada, uning tanasida 30 foiz kuyish bor. U ham O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

“17-yanvar kuni taxminan soat 13:50 da O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Ikkalasi ham kuygan, erkakning 30 foiz, ayolning esa 70 foiz tanasi kuygan. Olingan jarohatlar og‘ir edi, shuning uchun ular reanimatsiyaga yotqizildi. Bugun (18-yanvar) kunduzgi soat birlarda tanasining 70 foizi kuygan ayol vafot etdi. Erkak hali ham davolanmoqda va uning ahvoli barqaror”, – deydi Aris shahar markaziy tuman kasalxonasi jarrohlik bo‘limi mudiri Talgat Tojimetov.

Hodisa 17-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Yong‘in novvoyxona va do‘konning qariyb ikki yuz kvadrat metr maydonini qamrab olgan.

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ballonlardan biri yong‘in sodir bo‘lgan joyga yaqin turgani sababli undagi gaz tezda qizib, kengayib, portlash sodir bo‘lgan. Ular yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borgach, novvoyxonadan har biri 50 litrdan yana ikkita gaz balloni va bir xil miqdordagi 25 litrli gaz ballonlari olib chiqib ketilgan.

G‘azodagi hujumlardan so‘ng, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh ma’muriyatiga Falastin davlatining har qanday sh...
19/01/2024

G‘azodagi hujumlardan so‘ng, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh ma’muriyatiga Falastin davlatining har qanday shaklda yaratilishiga qarshi ekanligini aytdi.

Bu haqda u Tel-Avivdagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

“Biz XAMAS ustidan kuchli g‘alabaga erishmagunimizcha G‘azo sektoriga hujumlarni davom ettiramiz”, – degan bosh vazir.

Netanyaxu xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan qabul qilingan ikki davlat takliflarini rad etishini yana bir bor ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu pozitsiyani AQSh ma’muriyatiga ma’lum qilgan.

Netanyaxuning ta’kidlashicha, G‘azoga hujumlar to‘xtatilgandan so‘ng, Isroil Iordanning g‘arbiy qismidagi barcha hududlarni nazorat qilishi kerak: “bu suverenitet g‘oyasiga ziddir. Lekin nima qilish kerak?” – degan u.

18/01/2024

❗️“Iflos” havo millionlab insonlar hayotiga xavf solmoqda

Toshkent aholisi 22-dekabrdan buyon iflos havodan nafas olib kelmoqda. Shu sanadan Toshkent havosining ifloslanish darajasi dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘ringa chiqqandi. Huddi shu holat 3-yanvar sanasida ham qayt etilgan.

Poytaxt kechadan buyon changli tun va tuman ichida qoldi.

18/01/2024

Kelajakda suv uchun urush boshlanadi(mi)?

Qozog'istonlik amaldorlar Markaziy Osiyoda suv uchun urush bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Qozog‘istonlik deputat, amaldorga toliblarning "Qo‘shtepa" kanali ishga tushsa, Amudaryoda suv oqimi pastlaydi va O‘zbekiston Amudaryodan yetarli suv ololmagach, bor e’tiborini Sirdaryoga qaratadi. Natijada, O‘zbekiston Qozog‘istonni suvsiz qoldirishi mumkinligi haqida savol berdi.

Amaldor esa Amudaryoda suv kamayib ketgan taqdirda ham O‘zbekiston kelishuvni buzib Qozog‘istonni suvsiz qoldirmaydi deya javob bergan.

Ma'lumot uchun Markaziy Osiyoda suv bo‘yicha kelishuv 1998 yildan beri amal qiladi.

AQSh va Buyuk Britaniyaning jangovar samolyotlari Sada, Zimmer, Xodeyda, Taiz va Bayda shaharlariga zarba berdi.Husiylar...
18/01/2024

AQSh va Buyuk Britaniyaning jangovar samolyotlari Sada, Zimmer, Xodeyda, Taiz va Bayda shaharlariga zarba berdi.

Husiylar bilan bog‘liq bo‘lgan Saba axborot agentligi direktorlar kengashi raisi va Nasreddin Amir bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Ular avvalroq Adan ko‘rfazidagi Amerikaning Jinko Pikardi kemasiga bir qator mos dengiz raketalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba bergan edi.

AQSh ma’muriyati Yamanda “Husiylar” nomi bilan tanilgan Ansarulla harakatini qizil dengizdagi hujumlari tufayli “xorijiy terroristik tashkilotlar” ro‘yxatiga qayta kiritdi.

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Husiylarni terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha yozma bayonotida qizil dengizda yuk tashishni buzgan hujumlar amerikalik xodimlarni xavf ostiga qo‘yganini aytgan.

Ayova shtatida respublikachilar partiyasidan nomzodni qo‘lga kiritgan Donald Tramp uni qo‘llab-quvvatlash uchun respubli...
17/01/2024

Ayova shtatida respublikachilar partiyasidan nomzodni qo‘lga kiritgan Donald Tramp uni qo‘llab-quvvatlash uchun respublikachilar partiyasidan chiqqan sobiq raqibi Vivek Ramasvamiga katta va yorqin kelajakni va’da qildi.

Ramasvami Respublikachilar partiyasidan AQSh Prezidentligiga nomzod bo‘lish huquqini talab qildi, ammo Ayova shtatida partiya ichidagi ovoz berishning past natijalaridan so‘ng, kurashni davom ettirishdan bosh tortdi.

Tramp Ramasvamini Nyu-Xempshir shtatidagi miting tribunasiga taklif qildi va Ramasvami Amerikaga Ukrainaga byudjet milliardlarini xayriya qilmoqchi bo‘lgan Nikki Xeyli kabi odam emas, balki munosib bosh qo‘mondon kerakligini aytdi.

“U ajoyib g‘oyalarga ega, juda aqlli. U yosh va uning g‘oyalari ham yosh. Va bu yaxshi. Uning oldida katta, chiroyli, yorqin kelajak bor”, – degan Tramp Ramasvami haqida. “U biz bilan ishlaydi”, deya qo‘shimcha qilgan AQShning sobiq prezidenti.

17/01/2024

Endi Dubayga 30 kun vizasiz safar qilish mumkin

Birlashgan Arab Amirliklari o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qildi.
Endilikda Dubayga borish uchun faqat aviachipta va mehmonxona uchun to‘lov qilinadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Paxtakor” futbol klubi mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulus...
17/01/2024

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Paxtakor” futbol klubi mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini ma’lum qildi.

Klubni sotib oluvchi xaridor keyinchalik quyidagi talablarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:

➖ futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;

➖ futbol klubi balansidagi barcha sport obyektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;

➖ “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.

2024-yil 16-yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlar...
17/01/2024

2024-yil 16-yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSH dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan. Hukumatlararo hamkorlik protokoli O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolandi.

Hujjat rasman 2024-yil 16-fevraldan kuchga kiradi.

Imzolangan hujjat O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetkazib, O‘zbekistonni Global Passport Power reytingida 71 o‘ringa ko‘taradi.

Address

Toshkent Shahri, Yashnabod Tumani, Mavlono Riyoziy Ko'chasi, 31B Uy, 20 Honadon
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xabardor posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Xabardor:

Videos

Share


Other Media/News Companies in Tashkent

Show All

You may also like