UZBEKNUR

UZBEKNUR Barchasi Koreya haqida

🎣 Koreyadagilar uchun “Baliq berma, qarmoq ber” turkumidagi o’rgatuvchi videolardan biri🎥 Ushbu videoda immigratsiya va ...
23/12/2023

🎣 Koreyadagilar uchun “Baliq berma, qarmoq ber” turkumidagi o’rgatuvchi videolardan biri

🎥 Ushbu videoda immigratsiya va viza masalalaridagi asosiy sayt bo'lgan HI KOREA saytidan ro’yxatdan o’tish tartibi batafsil qadamma-qadam tushuntirilgan.

📲 Videoni Koreyadagi do’stlaringizga ham yuborib qo’ying

Video havolasiz izohlar qismida⤵️⤵️

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🇰🇷 Janubiy Koreya ko’chalariga virtual sayohat qiling🇺🇿 Yaqinda O’zbekistonga bordik. Yaqinlar, do’stlar, Koreyaga kelmo...
21/12/2023

🇰🇷 Janubiy Koreya ko’chalariga virtual sayohat qiling

🇺🇿
Yaqinda O’zbekistonga bordik. Yaqinlar, do’stlar, Koreyaga kelmoqchi bo’lganlar Koreya haqida videolar, rasmlar so’rashgandi. Shuning uchun Koreya manzarasi haqida alohida video tayyorlab qo’ydik 📽️

✅ Aytgancha, ushbu Youtube kanalda a’zo bo’lib Koreya haqida ko’proq bilib borishingiz mumkin.

Youtube kanalga a’zo bo’lish havolasi izohlar qismida qoldirildi ⤵️⤵️

🎥 Kanalni do’stlaringizga ham ulashing

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🎣 Koreyadagilar uchun “Baliq berma, qarmoq ber” turkumidagi o’rgatuvchi videolardan navbatdagisi“Videoni ko’rib endi Siz...
09/12/2023

🎣 Koreyadagilar uchun “Baliq berma, qarmoq ber” turkumidagi o’rgatuvchi videolardan navbatdagisi

“Videoni ko’rib endi Siz o’zingiz ham TOPIK imtihoniga ro’yxatdan o’ta olasiz”

🎥 Ushbu videoda TOPIK saytida imtihonlarga ro’yxatdan o’tish batafsil qadamma-qadam tushuntirilgan.

📲 Videoni koreys tilidan imtihon topshiradigan do’stlaringizga ham yuborib qo’ying

📽️ Videoni ko’rish uchun havola

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🎣 Koreyadagilar uchun “Baliq berma, qarmoq ber” turkumidagi o’rgatuvchi videolardan biri🎥 Ushbu videoda TOPIK saytidan r...
07/12/2023

🎣 Koreyadagilar uchun “Baliq berma, qarmoq ber” turkumidagi o’rgatuvchi videolardan biri

🎥 Ushbu videoda TOPIK saytidan ro’yxatdan o’tish batafsil qadamma-qadam tushuntirilgan.

📲 Videoni koreys tilidan imtihon topshiradigan do’stlaringizga ham yuborib qo’ying

https://youtu.be/oJsdmy5-UIA?si=514PEoknYxiNmIDH

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🔥 Video izohlar qismida⤵️⤵️

🇰🇷 대구트립 앱을 통해 대구 삼성상회터 여행 - Daegu trip ilovasi orqali Samsung kompaniyasi dastlab tashkil topgan joyga sayohat📱삼성을 키운 대구...
03/12/2023

🇰🇷 대구트립 앱을 통해 대구 삼성상회터 여행 - Daegu trip ilovasi orqali Samsung kompaniyasi dastlab tashkil topgan joyga sayohat

📱삼성을 키운 대구
Samsung kompaniyasi dastlab Daegu shahrida tashkil topgan. Shuning uchun dastlab tashkil topgan joyida yodgorlik barpo qilingan.

🧭 Daegu trip ( 대구트립) - bu Daegu shahridagi sayohat joylarini topish uchun oson ilova.

✅ Samsung kompaniyasi dastlab ushbu joyda 1938-yilda tashkil topgan.

🏠 Bino 1934-yilda qurilgan edi va 13 metr balandlikdagi 4 qavatli edi. Bino koreys uyi hanok uslubuda yog’ochdan qurilgan edi.

🍜 Birinchi qavatida un tegirmoni, lag’mon (noodle) tayyorlash dastgohlari bor edi. Tepa qavatlari esa mahsulotlarni quritish uchun foydalanilgan.

✅ 60 yildan ortiq turgan bino 1997-yilda qulash xavfini olish uchun buzilib, o’rniga bino maketi qurib qo’yilgan.

🏡 Ushbu joy yaqinida Samsungni tashkil qilgan Li Byong Cholning uyi ham joylashgan.

⏰ Ushbu joy hozirda turistik yodgorlikka aylantirilgani uchun hamma uchun ochiq

📍Manzil: 대구 중구 달성로 100

🇺🇿🇰🇷

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈 #대구교육 #삼성 #삼성전자 #삼성상회

대구트립 앱을 통해 대구근대역사관 여행 - Daegu trip ilovasi orqali Daegu Zamonaviy Tarix Muzeyiga sayohat🧭 Daegu trip ( 대구트립) - bu Daegu ...
03/12/2023

대구트립 앱을 통해 대구근대역사관 여행 - Daegu trip ilovasi orqali Daegu Zamonaviy Tarix Muzeyiga sayohat

🧭 Daegu trip ( 대구트립) - bu Daegu shahridagi sayohat joylarini topish uchun oson ilova.

📚 Daegu zamonaviy tarix muzeyida shaharning tarixi haqida bilib olish mumkin.

🏢Muzey 2011-yilda tashkil topgan.
U 2 qavatdan iborat.

🖼️ Muzeyda shahar tarixiga oid muhim ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

✅ Muzeyda o’tgan asrga tegishli buyumlargacha uchratish mumkin. Muzey shaharning turli sohalar bo’yicha tarixini jamlagan.

📚 Xususan, o’tgan asrdagi ta’limga oid tarixiy eksponatlar, shahardagi tashkilotlarda foudalanilgan buyumlar, xaritalar, hujjatlarni ko’rish mumkin.

🆓 Muzeyga kirish bepul.

⏰ Ish vaqti: Har dushandan tashqari 9:00dan 18:00 gacha

☎️ 053-606-6430

📍Manzil: 대구 중구 경상감영길 67

🇺🇿🇰🇷

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈 #대구교육

🚙 대구트립 앱을 통해 대구교육박물관 여행 - Daegu trip ilovasi orqali Daegu Ta’lim Muzeyiga sayohat🇰🇷 Ma’lumki, Janubiy Koreya taraqqiyoti...
03/12/2023

🚙 대구트립 앱을 통해 대구교육박물관 여행 - Daegu trip ilovasi orqali Daegu Ta’lim Muzeyiga sayohat

🇰🇷 Ma’lumki, Janubiy Koreya taraqqiyotining asosida ta’lim yotadi. Shuning uchun ushbu davlat ta’lim rivojlanish tarixi, xususiyatlarini o’rganib, o’zimizga tadbiq qilish juda muhim.

🧭 Daegu trip ( 대구트립) - bu Daegu shahridagi sayohat joylarini topish uchun oson ilova.

📚 Daegu Ta’lim Muzeyida Koreya ta’lim tizimining tarixi, rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot olish mumkin.

🏢Muzey 2 ta binodagi 7 ta ko’rgazmadan iborat. Muzey 2018-yilda tashkil topgan.

🖼️ Muzeyda 1950-yillarda Koreya maktablarida foydalanilgan darsliklar, ish hujjatlari, kiyimlar va maktab texnik jihozlarigacha ko’rish mumkin.

🪑Hattoki, o’tgan asrdagi koreys maktabi xonasi ham tashkillanganini ko’rish mumkin. Unda eski partalar, o’quv qurollari va hatto xonani isitish uchun foydalanilgan pechkagacha ko’rish mumkin.

🆓 Muzeyga kirish bepul.

⏰ Ish vaqti: 9:30dan 18:00 gacha

☎️ 053-231-1790

📍Manzil: 대구 북구 대동로1길 40

🇺🇿🇰🇷

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈 #대구교육

🇰🇷🛒 Discovering Lotte Department store in Daegu- 롯데백화점 (대구점)✅ Lotte Department supermarketi Daegu shahridagi eng yirik s...
30/11/2023

🇰🇷🛒 Discovering Lotte Department store in Daegu
- 롯데백화점 (대구점)

✅ Lotte Department supermarketi Daegu shahridagi eng yirik savdo markazlaridan biridir. Savdo markazi 1-sonli qizil rangli metro yo’nalishidagi 대구역 Daegu bekati yonida joylashgan.

🔹Markazda 700dan ortiq mahalliy va jahon miqyosidagi savdo brendlari do’konlari mavjud.

🎥 Shuningdek, but yerda kinoteatr, tadbirlar zallari, bolalar maydonchalari, kafe va ovqatlanish nuqtalari ham mavjud. Savdo qilish bilan birgalikda dam oladigan muhit ham bor.

Savdo markazida qavatlar bo’yicha quyidagilar mavjud:

🅱️2️⃣Oziq-ovqat, madaniy markazlar
🅱️1️⃣ Kosmetika, oyoq kiyimlar, sumka
1️⃣ Xalqaro qimmatbaho mahsulot brendlari
2️⃣ Dunyo brendlari
3️⃣ Ayollar brendlari
4️⃣ Bolalar kiyimlari
5️⃣ Bolalar, sport kiyimlari
6️⃣ Erkaklar kiyimlari
7️⃣ Golf va bolalar kiyimlari
8️⃣ Restoran va kafelar
9️⃣ Bolalar bo’limi
1️⃣0️⃣ Kafe va ofislar
1️⃣1️⃣ Dam olish bog’i

📍Manzil: 대구 북구 칠성동2가 302-155

⏰ Ish vaqti ertalab 10:30dan kechki 20:00gacha

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

🇰🇷🏬 대현프리몰 Daehyun Primall: Famous underground shopping center in Daegu✅ Janubiy Koreya yerosti bozorlari bilan mashhur. ...
29/11/2023

🇰🇷🏬 대현프리몰 Daehyun Primall: Famous underground shopping center in Daegu

✅ Janubiy Koreya yerosti bozorlari bilan mashhur. Ko’p hollarda yerosti metro bekatlarida bozorlar tashkil qilingan.

🔹Daehyun Primall Daegu ham shaharfagi eng katta yerosti savdo markazlaridan hisoblanadi. Savdo markazi butunlay yerostida joylashgan bo’lib, 20 ga yaqin kirish eshiklari mavjud.

🚇 Savdo markazining bir tomoni 1-sonli qizil metro yo’nalishi 중앙로 Chungangno bekatiga ulangan. Bozor 2001-yilda ishga tushurilgan.

✅ Yerosti savdo markazi 437 metr uzunlikka ega bo’lib, 200dan ortiq savdo do’konlari mavjud.

👬Bir k***a bozordan yuz ming atrofida mijozlar harakatlanadi.

🛒 Bozorda kiyim-kechak, oyoq kiyimlari, sumkalar, suratxonalar, ovqatlanish joylari, bolalar maydonchalari, kitob va elektron jihozlar do’konlari mavjud.

📍Manzil: 대구광역시 중구 국채보상로 580

🔥 Bozor butunlay yerostida joylashgani uchun har qanday ob-havoda qulay savdoni amalga oshirish mumkin.

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈 #대현프리몰

🇰🇷🛍️ Daegu’s best luxury shopping place: Shinsegae Department store -신세계백화점✅ Shinsegae Janubiy Koreyadagi eng katta supe...
29/11/2023

🇰🇷🛍️ Daegu’s best luxury shopping place: Shinsegae Department store -
신세계백화점

✅ Shinsegae Janubiy Koreyadagi eng katta supermarketlar tarmog’idan biri. 신세계 so’zi ma’nosi Yangi Dunyo (New World) hisoblanadi.

🔹신세계 백화점 대구점 - Shinsege Supermarketi Tegu filiali 9 qavatdan iborat savdo va ko’ngilochar markazidir.

🏬 Supermarketning har bir qavatida mashhur savdo brendlari do’konlari joylashgan. Ko’plab dunyo brendlarining rasmiy nuqtalari mavjud.

⌚️Qimmatbaho soatlar
👟Brend oyoq kiyimlar
👔 Mashhur kiyim brendlari
💍 Zargarlik buyumlari
⚽️ Sport o’yinlari
⛳️ Golf
👦 Bolalar maydonchalari
☕️ Kofeshop va restoranlar ayniqsa juda mashhur.

🔥 Recommended point: 9-floor

🐠 9-qavatda Zoohudud, Akvarium juda mashhur. Shu qavatda shahar ko’chasi atmosferasi yaratilgan, juda ajoyib joy.

📍Manzil: 대구 동구 동부로 149
🚇Dongdaegu metro bekati
🚆Dongdaegu poyezd vokzal yonida

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #신세계백화점 #신세계 #대구경북글로벌관광서포터즈

Imtihon topshiruvchi yoshlarga prezident tabrigi🇰🇷 Ma’lumki, ertaga 2023-yil 16-noyabr kuni Janubiy Koreyada universitet...
15/11/2023

Imtihon topshiruvchi yoshlarga prezident tabrigi

🇰🇷 Ma’lumki, ertaga 2023-yil 16-noyabr kuni Janubiy Koreyada universitetlarga kirish imtihoni o’tkaziladi. Imtihonning koreyscha nomi 대학수학능력시험 bo’lib, qisqartirib 수능 deb ham aytiladi.

Bugun imtihon oldidan prezident barcha imtihon topshiruvchilarga omad tilamoqda.

📌 Bu imtihon koreys yoshlari uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki ushbu imtihonda oldigan ballari ularning kelajakda qaysi o’qishda o’qishlarini belgilab beradi. Shuning uchun yoshlar bu imtihonga qattiq tayyorlanishadi.

✈️ Hattoki, imtihonning ingliz tilidan esh*tish qismi bo’ladigan vaqtida (13:05-13:40, 35 daqiqa) shovqinni kamaytirish uchun samalyot parvozlari ham cheklanadi.

🏢 Shu kuni ba’zi tashkilotlar kechroq ish boshlaydi.

🚔 Hatto politsiya xodimlari ham imtihonga o’quvchilarni olib borib qo’yishadi.

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🇰🇷2002 Daegu World Cup Stadium - 대구월드컵경기장 (대구스타디움)⚽️ Futbol bo’yicha 2002-yilgi Jahon chempionatiga Janubiy Koreya hamda...
29/10/2023

🇰🇷2002 Daegu World Cup Stadium - 대구월드컵경기장 (대구스타디움)

⚽️ Futbol bo’yicha 2002-yilgi Jahon chempionatiga Janubiy Koreya hamda Yaponiya mezbonlik qilishgan. Tegu shahridagi ushbu stadion esa o’sha jahon chempionati o’yinlaridan bir nechtasi o’tkazilgan stadion hisoblanadi.

🏟️ Daegu World Cup Stadium o’sha Jahon chempionati uchun qurilgan desa ham bo’ladi. Sababi stadion 1997-2001-yillarda qurib bitkazilgan.

🥅 Jahon chempionati oldidan, 2002-yil 30-martda Daegu World Cup Stadium (대구월드컵경기장) nomini olgan. Va faqat 2008-yilda Daegu stadium nomiga o’zgartirilgan.

⚽️ Daegu FC B futbol klubining uy stadioni hisoblanadi. Stadion sig’imi 66 422 kishi.

🏟️ Stadion chempionat davomidagi Koreyadagi eng katta stadion edi. Stadionda Daniya-Senegal (1:1), Sloveniya-Janubiy Afrika (0:1), Janubiy Koreya-AQSH (1:1), Janubiy Koreya-Turkiya (2:3) o’yinlari o’tkazilgan. Stadion muzeyida o’yinlardan esdalik fotosuratlar bor.

📍Manzil: 대구 수성구 유니버시아드로 180

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

🇰🇷Daegu K-Drama filming location: 3.1 Movement Stairs (3.1 운동계단)🎬 “김비서가 왜 그럴까 (What’s wrong with secretary Kim, 2018) fi...
28/10/2023

🇰🇷Daegu K-Drama filming location: 3.1 Movement Stairs (3.1 운동계단)

🎬 “김비서가 왜 그럴까 (What’s wrong with secretary Kim, 2018) filmi Tegu shahridagi ushbu 3.1 Ozodlik harakati zinapoyasida suratga olingan.

🇰🇷 Aslida, 3.1 운동 deb ataluvchi 1919-yil 1-Mart kuni o’tkazilgan yapon mustamlakasiga qarshi ozodlik harakatlari Koreya tarixida muhim o’rin tutadi. O’shanda mamlakatning turli nuqtalarida bo’lgan 1500 dan ortiq namoyishlarda 2 mlndan oshiq koreyslar ishtirok etishgan.

✅ Bu harakat Koreya mustaqilligi uchun bo’lgan eng dastlabki va yirik ozodlik harakati sifatida eslanadi. Bu kun 1949-yildan boshlab Janubiy Koreyada milliy bayram kuni sifatida nishonlanadi.

📌 3.1 Harakat zinapoyasi ushbu harakatning 1919-yil 8-mart kuni Tegu shahrida o’tkazilgan namoyishlar vaqtida foydalanilgan zina hisoblanadi.

🔹90 ta zinadan iborat ushbu zinapoya atrofidagi maktablardagi o’quvchilar o’shanda harakatning asosiy qatnashchilari edilar. Hozirda zinapoya yonida o’sha harakat suratlarini ko’rishingiz mumkin.

📍Manzil: 대구광역시 중구 동산동 234

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

🇰🇷Daegu K-Drama filming location: Seomun Market (서문시장)🎬 “김비서가 왜 그럴까 (What’s wrong with secretary Kim, 2018) filmi Tegu s...
26/10/2023

🇰🇷Daegu K-Drama filming location: Seomun Market (서문시장)

🎬 “김비서가 왜 그럴까 (What’s wrong with secretary Kim, 2018) filmi Tegu shahridagi ushbu Somun bozorida suratga olingan.

🏪 Somun bozori KTO - Koreya Turizm Tashkiloti tomonidan 2021-2022-yillarda “100 Must-Visit Spots in Korea” sifatida borish tavsiya qilingan joy hisoblanadi.

🛒 Somun bozori nafaqat Tegu shahridagi, balki Koreya bo’ylab ham eng katta va qadimiy bozorlardan. Bozor Choson sulolasi davridagi 3ta eng katta bozorning biri hisoblanadi.

🧶 Tegu shahrida o’tgan asrda to’qimachilik rivojlangani uchun bozor hozir ham to’qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak kabilar bilan mashhur.

🌃 Somun bozori yana kechki ko’cha ovqatlari bozori sifatida ham mashhur.

📍Manzil: 대구광역시 중구 큰장로26길 45
🚉 Tegudagi 3-metro yo’nalishidagi Somun bozori bekati

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

🗓️ 2024-yilda o’tkaziladigan koreys tilidan TOPIK imtihonlari jadvali🇰🇷 Shunda Koreyadagilar uchun eng yaqin imtihon 202...
25/10/2023

🗓️ 2024-yilda o’tkaziladigan koreys tilidan TOPIK imtihonlari jadvali

🇰🇷 Shunda Koreyadagilar uchun eng yaqin imtihon 2024-yil 21-yanvarda bo’lib, unga bu yil 5-11-dekabr kunlari ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🍁  Ma’lumki Janubiy Koreyada kuz vaqti daraxtlar juda chiroyli tusga kiradi.🍂 Yuqoridagi rasmda Janubiy Koreya bo’ylab c...
24/10/2023

🍁 Ma’lumki Janubiy Koreyada kuz vaqti daraxtlar juda chiroyli tusga kiradi.

🍂 Yuqoridagi rasmda Janubiy Koreya bo’ylab chiroyli kuzgi xazonrezgi mavsumini kuzatish mumkin bo’lgan joylar hamda muddati ko’rsatilgan.

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

Keimyung university Kemyung universiteti (KMU, 계명대학교) Tegu shahridagi eng chiroyli universitetlardan hisoblanadi. Bu yer...
28/09/2023

Keimyung university

Kemyung universiteti (KMU, 계명대학교) Tegu shahridagi eng chiroyli universitetlardan hisoblanadi. Bu yerda bir necha koreys drama, filmlari ham suratga olingan.

Mashhur “Boys over Flowers (꽃보다 남자) filmi ham Kemyung universitetida suratga olingan.

Universitet tog’ yonbag’rida joylashgani uchun tabiati juda chiroyli. Binolar arxitekturasi ham juda ajoyib. Universitet Koreyadagi eng chiroyli kampusga ega universitetlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, universitet Cherry blossom 🌸 paytidagi mashhur suratga olish nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Universitet eng qadimiy oliygohlardan ham sanaladi. Dastlab 1899-yilda tashkil topgan bo’lib, 1954-yildan boshlab oliy ta’lim ham yo’lga qo’yilgan.

Universitet shiori: “The Kingdom of Truth, Justice and Love”.

Universitetga Tegudagi 2-metro yo’nalishidagi Kemyung Universiteti bekati orqali ham borish mumkin.

Universitetning 2- Demyong kampusi ham eng mashhur film va dramalar suratga olish joyi hisoblanadi. Bu kampusida 100 dan oshiq filmlar suratga olingan.

Love Rain, Ditto, Hourglass, The Priests, East of Eden kabi dramalar ham shukar jumlasidan.

Universitet sayti www.kmu.ac.kr

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

Daegu’ shahri metrosiTegu shahrida metro alohida mavzu, alohida sayohat qilish mumkin bo’lgan joy hisoblanadi. Sababi sh...
28/09/2023

Daegu’ shahri metrosi

Tegu shahrida metro alohida mavzu, alohida sayohat qilish mumkin bo’lgan joy hisoblanadi. Sababi shahardagi barcha 3 ta yo’nalishdagi metro liniyalari o’ziga xos chiroyli va qulay. Ayniqsa, yer ustida harakatlanuvchi 3-yo’nalish orqali shaharni tomosha qilish mumkin.

O’zi Tegu shahrida metro 3 yo’nalish bo’lib, har biri o’rtacha 30 kmdan iborat. Har birida mos ravishda 32, 29 va 30 tadan bekat bor.

Metro poyezdlari sahar 5 dan boshlab yarim kech 12 gacha, 5-8 daqiqa oraliqda harakatlanadi. Poyezdlar maksimal 80km/h tezlikkacha harakatlanadi.

1- va 2- yo’nalishlar odatiy ko’rinishdagi yerosti metro (지하철) hisoblanib, 3-yo’nalish esa monorail shaklda, ya’ni yer ustida bir rels ustida harakatlangani uchun 지상철 deb ham ataladi.

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

📍대구국제사격장 ( Daegu international shooting range)Tegu shahridagi xalqaro o’q otish maydoni borish kerak bo’lgan manzillarda...
28/09/2023

📍대구국제사격장 ( Daegu international shooting range)

Tegu shahridagi xalqaro o’q otish maydoni borish kerak bo’lgan manzillardan biri hisoblanadi. Bu yerda turli xildagi sport qurollaridan o’q otib ko’rishingiz mumkin.

Shuningdek, maydonda VR o’q otish,monitorda o’q otish mashqi, ichkarida turli masofalarga sport to’pponchasidan o’q otish hamda ochiq havoda o’q otish mashqlarini qilishingiz mumkin.

Maydon tabiati ham juda chiroyli. Maydon omma uchun ochiq, borish uchun alohida a’zolik talab qilinmaydi. Ochiq maydonda ham, ichkarida ham o’q otish mashqini qilish mumkin.

Shuningdek, do’stlar bilan borilganda maxsus yaratilgan otishma maydonida ham qiziqarli vaqt o’tkazish mumkin.

O’q otish narxlari turiga qarab 2000 vondan 24 000 vongacha narxlarda. Batafsil narxlarni suratlarda ko’rishingiz mumkin.

Bu joy Tegu shahrining Puk-ku qismida joylashgan. Jamoat transporti orqali borilganda ham juda qulay. 3-raqamli metroning Paldal bekatidan tushilsa, maydonga bepul avtobus qatnovi ham yo’lga qo’yilgan.

Agar siz Koreyaning boshqa shahrida bo’lsangiz va mana shunday o’q otish maydonlariga borishni xohlasangiz, xaritaga 사격장 deb izlab ko’rsangiz, o’zingizga yaqin shunday maydonni ko’rsatib beradi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun sayt:
https://shooting.dpfc.or.kr

Telefon raqami: 053 312 0000

Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha

Manzil: 대구 북구 문주길 170

#한국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

📍한국은행 화폐전시실Koreya Banki Banknotalar Muzeyi🏦 Teguda joylashgan Koreya banki banknotalar muzeyi pul va tangalar tarixiga q...
31/08/2023

📍한국은행 화폐전시실
Koreya Banki Banknotalar Muzeyi

🏦 Teguda joylashgan Koreya banki banknotalar muzeyi pul va tangalar tarixiga qiziqadiganlar uchun zo’r joy.

💵 Bu yerda Koreya hududida dastlab ishlatilgan to’lov vositalaridan tortib, zamonaviy pul kupyuralarigacha rivojlanish bosqichlari bilan tanishish mumkin. Xususan, qadimgi to’lov-almashinuv vositalaridan boshlab, keyingi Koryo, Choson kabi Koreya davlatchiliklari davridagi tanga va pullar bilan tanishish mumkin.

🇰🇷 Hamda zamonaviy Koreya tarixida banknotalar emissiyasi va hozirgi ko’rinishdagi kupyuralargacha rivojlanish bosqichlari bilan ham tanishish mumkin.

🏭Xususan, banknotalar ishlab chiqarish, banknotalar umr davomiyligi haqida ham bilib olish mumkin.

🌏 Shuningdek, 2-zalda esa jahon valyutalari, xalqaro valyutalar tarixi haqidagi eksponatlar o’rin olgan.

Manzil: 대구 중구 동덕로 145

#힌국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈 #봉산문화거리

📍국채보상운동기념공원🇰🇷Janubiy Koreyada turli mavzudagi parklarni uchratish mumkin. Shulardan biri Tegu shahridagi 국채보상운동기념공원 park...
31/08/2023

📍국채보상운동기념공원

🇰🇷Janubiy Koreyada turli mavzudagi parklarni uchratish mumkin. Shulardan biri Tegu shahridagi
국채보상운동기념공원 parkidir.

🌳Ushbu Qarz qaytarish harakati Milliy Xotira bog’i Koreya tarixidagi qarz qaytarish harakatini xotirlash uchun qurilgan. Park 1998-99-yillarda qurilgan.

✅ Park tarixi

Koreya tarixida 2ta mashhur qarz qaytarish harakatini ko’rishimiz mumkin:

1️⃣ 1907-yil Tegu shahrida Qarz qaytarish harakati

2️⃣ 1997-yilgi Osiyo moliyaviy inqirozi paytidagi iqtisodiy tanglikdan chiqish u chun bo’lgan 2-mashhur qarz qoplash harakati

🏕️Shuningdek, park hududida aholi hordiq chiqarishi uchun yashil hudud yaratilgan.

Batafsil ma’lumot www.gukchae.com saytida ham mavjud.

Manzil: 대구광역시 중구 국채보상로 670

#힌국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈

📍 봉산문화거리(Bongsan Culture Street)역사적 분위기를 느끼고 문화거리를 구경하자🖼️ Pongsan madaniyat ko'chasi Tegu shahrining asosiy san’at va ma...
31/08/2023

📍 봉산문화거리
(Bongsan Culture Street)

역사적 분위기를 느끼고 문화거리를 구경하자

🖼️ Pongsan madaniyat ko'chasi Tegu shahrining asosiy san’at va madaniyat ko’chasi hisoblanadi. Ko’cha shahar markazida joylashgan bo’lib, ko’chada devoriy chizmalar, katta-kichik san’at asarlari ko’p.

🎨 Ko’chada bir vaqtning o’zida zamonaviy kofeshoplar bilan birga, qadimiy va noodatiy uslubdagi kafelarni, san’at asarlari joylarini, kitob do’konlarini uchratish mumkin.

🏘️ Ko’cha devorlari turli chizmalar, san’at asarlari bilan to’la. Sayyohlar mashhur devor suratlari bilan suratga tushish uchun ham keladilar.

🌇 Yana ko’chada turli musiqa va san’at festivallari ham o’tkaziladi. Ular asosan aprel va oktabr oylarida o’tkaziladi.

📚Ayniqsa, kitob ixlosmandlari uchun ko’chada qadimiy kitoblar do’koni ham bor.

📸 Ko’chada suratga tushish uchun ko’plab “photo zone-포토존“ lar ham bor.

📍Manzil: 대구광역시 중구 봉산동

#힌국 #한국여행 #대구 #대구여행 #대구경북글로벌관광서포터즈 #봉산문화거리

대구 ‘동성로 28 ART SQUARE’ - 동성로 중심의 아름다운 풍경 🎇Tegu shahri markazidagi Dongsongno ko’chasida ‘동성로 28 ART SQUARE’ sahnasi bor....
06/08/2023

대구 ‘동성로 28 ART SQUARE’ - 동성로 중심의 아름다운 풍경

🎇Tegu shahri markazidagi Dongsongno ko’chasida ‘동성로 28 ART SQUARE’ sahnasi bor. Bu joy ko’chaning markazida joylashgan.

🌃 Bu sahna yoshlar to’planadigan joy hisoblanadi. Turli san’at tadbirlari o’tlaziladi va havaskor ijrochilar ham bu yerda to’planishadi.

🎨 Sahnaning ustunlari va shiftiga o’rnatilgan zamonaviy monitorlar orqali esa san’at asarlari va musiqa namoyish qilinadi.

💥 Ayniqsa, tunda borilsa sahnaning asl go’zalligini ko’rish mumkin.

📍Manzil: 대구 중구 동성로2가 163

#대구 #2023대구경북관광글로벌서포터즈 #대구옷가게

🎡 Sparklandga sayohat - 스파크랜드🎡 Sparkland Tegu shahridagi albatta borish kerak manzillardan biri. 🎠Bu yerda 30 ga yaqin t...
06/08/2023

🎡 Sparklandga sayohat - 스파크랜드

🎡 Sparkland Tegu shahridagi albatta borish kerak manzillardan biri.

🎠Bu yerda 30 ga yaqin turli o’yin atraksionlarini topishingiz mumkin:

🛝 kids zone
🎢 sky swing
🏎️ bumper car
🛼roller skate, challenge zones
🧗‍♂️climbing, extreme zones
🗼twist tower, jumping star
🎠mini viking
🎡ferris wheel
Va boshqalar

💲13000 vondan 39 000 vongacha (o’yinlqr turi va kun vaqtiga qarab farqlanadi)

🌃 Yuqori qavatdan butun shaharni kuzatish uchun kech vaqtda borishni tavsiya qilaman.

⏰ Dushanba-Payshanba 12:00-22:00
Juma 12:00-23:00
Shanba 11:30-23:00
Yakshanba 11:30-22:00

📍Manzil: 대구 중구 동성로 6길 61

❓Sparkland’ga borib ko’rganlar bormi?

#대구 #2023대구경북관광글로벌서포터즈 #대구옷가게

🎡Dongsongno (동성로)- Tegu shahri markazidagi eng yaxshi sayohat markazi🏙️ Agar Tegu shahriga yo’lingiz tushsa, sayohatni s...
06/08/2023

🎡Dongsongno (동성로)- Tegu shahri markazidagi eng yaxshi sayohat markazi

🏙️ Agar Tegu shahriga yo’lingiz tushsa, sayohatni shahar markazidagi ushbu joydan boshlashni maslahat beraman.

🏪 Sababi bu yerda do’stlar bilan, oilaviy dam olish uchun barcha sharoitlar bor. Supermarketlar, mashhur brend do’konlar, kiyim do’konlari, kafelar, o’yin maydonchalari, koreys kosmetika do’konlari hammasi bor.

🎇Bu yerga yilning istalgan payti kelish mumkin. Ayniqsa, tunda yanayam chiroyli ko’rinish oladi.

🚉 Transport tizimi ham juda qulay. Atrofda ko’plab metro bekatlari, avtobus va taksilar ham ko’p.

✅ Ayniqsa, Dunyo shirinliklari chegirmali do’konni (세계과자할인점) tavsiya qilaman. Bu yerda Koreya shirinliklaridan tashqari ko’plab davlatlardan kelgan shirinliklarni arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

📍Manzil: 대구 중구 동성로

#대구 #2023대구경북관광글로벌서포터즈 #대구옷가게

  🌺 Chollabukdo hududidagi ajoyib sayohat joyi. Bu joy ayniqsa sentabr o'rtasidan boshlab oktabr oyi oxirigacha juda chi...
18/09/2022



🌺 Chollabukdo hududidagi ajoyib sayohat joyi. Bu joy ayniqsa sentabr o'rtasidan boshlab oktabr oyi oxirigacha juda chiroyli bo'ladi. Ertalab 9dan kechki 6gacha hududga kirish mumkin, narxi 5000 von.

📌 Sayohat joyi haqida Kakaomap xaritasida 꽃객프로젝트 deb qidiruvga berib, ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

📍Manzil: 전라북도 고창군 부안면 복분자로 307

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

🇰🇷🇺🇿2023 GKS-U(bakalavr) qabul boshlandi2023-yilgi bahorgi semestr uchun GKS talabalarini saralash boshlandi.Bu safar af...
11/09/2022

🇰🇷🇺🇿2023 GKS-U(bakalavr) qabul boshlandi

2023-yilgi bahorgi semestr uchun GKS talabalarini saralash boshlandi.

Bu safar afsuski kvotalar qisqartirilgan, lekin GKS-UIC(aniq fanlar va IT yo'nalishi) uchun qo'shimcha o'rinlar berilgan.

O'zbekistonga berilgan o'rin:
1) Embassy track uchun - 2 ta o'rin(1 ta o'rin etnik Koreyslar uchun)

2) University track va Associate - 8 ta o'rin(bu 8 ta o'rin O'rta Osiyo davlatlari uchun, faqat O'zbekiston uchun emas)

3) GKS-UIC bu ham bakalavr uchun GKS grantidir. Bu yo'nalishda kvotalar davlatlarga qarab bo'lib berilmagan. Har bir o'qish uchun kvota ajratilgan.

2023-GKS bakalavr guideline ni yaxshilab o'qib chiqishni maslahat beraman!

Ps. O'rinlar kamaygani yomon bo'pti, lekin GKS-UIC orqali hamma topshirib ko'rishi mumkin.

Qolgan ma'lumotlar va grant ariza fayllari bilan Telegramda UZBEKNUR KOREA yoki allimtv kanalida tanishish mumkin.

🇺🇿🇰🇷 hammasi Koreya haqida

📅 Janubiy Koreyada 2022-yildagi barcha rasmiy dam olish kunlari jadvaliXususan, yaqinlashib kelayotgan Chusok bayrami ar...
30/08/2022

📅 Janubiy Koreyada 2022-yildagi barcha rasmiy dam olish kunlari jadvali

Xususan, yaqinlashib kelayotgan Chusok bayrami arafasida sentabr oyining 9-12-kunlari dam olish kunlari bo'lishi kutilmoqda.

⚡️ DIQQAT‼️ Immigratsiya reydlariKoreya Adliya vazirligi immigratsiya xizmati yordamida 2022-yilning sentyabr oyidan bos...
20/08/2022

⚡️ DIQQAT‼️ Immigratsiya reydlari

Koreya Adliya vazirligi immigratsiya xizmati yordamida 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab oktyabrgacha 2 oy davomida quyidagilarga qarshi yo'naltirilgan reydlarini kuchaytiradi:
♦️ pochta (tekbe) va yetkazib berish (bedal rayderlar) sohasida noqonuniy ishlayotganlar,
♦️ noqonuniy taksi xizmatini ko'rsatuvchilar,
♦️ mavsumiy ishchi vizasi (E-8) bilan Koreya kelib, ish joyini tashlab ketganlar,
♦️ chet ellik talabalarni noqonuniy ishga joylashtirish bilan shug'ullanayotganlar (o'rtakashlar, noqonuniy brokerlar).

Yaqinlarni ogohlantirib qo'yamiz.

#рейд

Tarjima Salom Koreya kanalidan

hammasi Koreya haqida

‼️ Ogohlantirish 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda "O'zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza rejimi bekor bo'lishi mu...
14/08/2022

‼️ Ogohlantirish

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda "O'zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza rejimi bekor bo'lishi mumkin"
qabilidagi xabarlar paydo bo'lmoqda.

✅️ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bloger va internet faollaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so'raydi shuningdek, vazirlik logotiplari tushirilgan rasmlardan foydalanmaslikni maslahat beradi!

🇺🇿🇰🇷 uzbeknur hammasi Koreya haqida

Address

Daegu

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when UZBEKNUR posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Videos

Share

Nearby media companies


Other Media/News Companies in Daegu

Show All

You may also like