27/08/2021
Buloqboshida mustaqillik shukuhi
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Buloqboshi tuman bo'linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Buloqboshi tuman bo'limi bilan hamkorlikda Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Yurtdoshlarimizga bayram shukuhini ulashish maqsadida jamoat va shaxsiy avtomashinalar hamda smartfonlarga maxsus bayram stikerlari tarqatildi.