"Betmen" 2021
Rejissyor: Met Rivz
3 mart kuni katta ekranlarga chiqqan film, 1 oyning o'zida 700 million $dan oshiq soqqa yigʻishga ulguribdi. Syujet qiziqarli va shu bilan birgalikda qora dramadan iborat boʻlib naq 3 soat davom etadi.
"Joker"(2019) filmi orqali bizga Jokerning haqiqiy asliyati va uni bu ahvolga olib kelgan sabablar koʻrsatilgan boʻlsa, mazkur film orqali esa Betmen shaxsiyati toʻlaligicha ochib berilgan.
Nolan tomonidan yaratilgan trilogiyani koʻpchiligimiz koʻrganmiz. Unda nisbatan qahramon shaxsiyatidagi ijobiy tomonlar koʻrsatilib, Betmenning asl haqiqatidan qisqa-qisqa signallar berilgan xolos.
Met Rivz esa nisbatan toʻgʻri yondashishga harakat qilgan va Betmenning murakkab shaxsiyati bilan birgalikda asl haqiqatini anchagina dadil koʻrsatishga harakat qilgan.
9/10
"Betmen uchun!" Nega aynan Betmenga? Ueynlar oilasining siri nimada? Bularning barchasi aslida nimani anglatadi? Film haqida keyinchalik batafsil va chuqurroq gaplashamiz.
Oʻzi filmni koʻrdingizmi?
Kinobek
"Batman" filmining premyerasiga ham oz fursat qoldi...
Xabarlarga qaraganda bir necha oy oldin kinotanqidchilar uchun filmning yopiq premyerasi boʻlib oʻtgan. Albatta, hech qanday maʼlumot tashqariga chiqarilmagan, lekin shunga qaramasdan bir necha tanqidchilar qisqa boʻlsada film haqida tariflar keltirishibdi. Fikrlarning asosiy mazmuni shunday: Betman haqidagi eng ogʻir drama, Robert Pattinson ideal Betman, Ogʻir syujet, film shunchaki shedevr va yana shu kabi fikrlar...
Albatta, soʻngi xulosani filmni koʻrgandan soʻng aytamiz, ungacha esa filmdan qisqa lavhani koʻrishingiz mumkin. Ogʻir musiqalar, atmosfera, ichki holati notinch qahramonlar, koʻrinmas lekin mavjud boʻlgan xavf(qoʻrqinch) va "Super qahramon" filmlarida deyarli kam uchraydigan ommaning ayanchli ohangda qichqirishi(bu kabi qichqiriqlar asosan Horror janrida koʻproq uchraydi) kabi bir qancha omillar aniq aytib turibdiki, filmda biz uchun yaxshigina yangiliklar bor.
Film premyerasi 3 mart kuni boʻlib oʻtadi.
@kinobekuz
"House of Gucci"
Shunday filmlar yaratiladiki, ularning muvaffaqiyatidan qatiy nazar kinematografik yutuqlari uchun ham ko'rging keladi. Masalan, ijrolar, grim, kiyimlar va montaj, musiqa, rejissyor yoki operator ishlari uchun. Guchchilar uyi filmi ham yuqoridagi kriteriyalardan bir nechtasiga javob bo'la oladi deb o'ylayman, buni film treyleridan ham ko'rishimiz mumkin.
Rejissyor Ridli Skot va uning doimiy jamoasi, bosh rollarda Al Pachino, Adam Drayver, Jared Leto va Ledy Gaga. Bir qarashda daxshatli ijodiy tarkib, lekin filmda grim, kiyimlar, montaj va ranglar ham ajoyib ekani ko'rinib turibdi. Taxminimcha, tijoriy va mualliflik kino uslublarining o'rtasi bo'lish bilan birgalikda, yaxshigina foyda va mukofotlarga ham ega chiqishi mumkin.
Ha, albatta bu faqatgina taxmin xolos, barchasi bir necha kundan so'ng bo'lib o'tadigan premyerada aniq bo'ladi. Balki, ko'rgandan so'ng yaxshigina tanqid qilarmiz, lekin nima bo'lganda ham kutishga arzigulik filmlardan biri deb o'ylayapman...
Kinobek
Deniel Redkliff boshchiligidagi “Garri Potter” filmining aktyorlar jamoasi “Falsafa toshi” filmining 20 yilligi sharafiga HBO Max'da yig‘ilishadi.
Aktyorlar yoqimli xotiralar bilan o‘rtoqlashadigan maxsus epizodning premyerasi kelasi yilning 1 yanvarida bo‘lib o‘tadi. Unda asosan aktyorlar jamoasi suratga olish va boshqa jarayonlardagi eng qiziqarli voqea hamda holatlarni eslashadi.
Barchamizga qadrli bo'lgan bu film qahramonlarining hikoyalari yangi yil uchun ajoyib sovg'a bo'lishi shubhasiz, lekin bu film haqidagi filmdan oldin barcha qismlarni boshqattan ko'rib chiqishimiz kerakka o'xshaydi...
t.me/kinobekuz
"Inkuzart" tahallusi bilan ijod qiladigan rassomni ko'pchiligingiz taniysiz.
Nega eslayapman, sababi shundaki, bizga Tarkovskiy va kino SAN'ATI to'g'risida vaz aytadigan, bari-bir kino aslida nima ekanligini tushunmasligimizni aytishayotgan ba'zi bir yosh rejissyor do'stlarimizni o'zlari ishlagan qisqa metrajli filmlarini yoki ijtimoiy roliklarini ko'rib, shunday fikr kelyapti: shuncha yil o'qib haqiqiy kino nima ekanligini tushunib, bari-bir tomoshabinni aybdorga chiqarib, men kinoda o'qiganman meni o'qiganlarim to'g'ri hayoli bilan yurib, harajat qilib olgan kino(rolik)laringizdan ko'ra, shu rassomni Street Art'i insonlarga va jamiyatimizga ko'proq ta'sir o'tkazmoqda...
Shunchaki, nimadir o'ylayotganda sinopsizni o'qiganda, ha yaxshi kino chiqadi mana bunaqa g'oya tashlayapmiz deb o'ylasangiz kerak, lekin ishoning juda ham oddiy yondashyapsizlar, ha g'oya yaxshi lekin "kuch"i yoq, ayni o'sha g'oya bo'yicha odamlarga ta'siri yoq. Bunaqa qilsangizlar unaqa bo'ladi yoki manabuni qadiriga yetish kerak u bunaqa ishlar qilyapti degan yuzaki va deyarli kino sohasida o'qimasdan ham yaratish mumkin bo'lgan video roliklar.
Tarkovskiy yoki Bergmanni taniydigan "rejissyor"ning ishlari emas bu...
Yo gapirganingiz kabi ishlang yoki gapirmang)
Kinobek
Ba'zida Sirli, Murakkab, Cheksizdek...
Kinoni nima uchun yaxshi ko'rasiz?
t.me/kinobekuz
Shunday filmlar borki...
Bu falsafa yoki sirli emas, bu mukammal kinolar emas, bu chuqur psixologik qarashlar ham emas, bu faqat insonning eng oddiy va toza tuygʻulari haqida gapiradigan kinolar! Qayta-qayta koʻrgim, odamlarga tavsiya qilgim kelaveradi.
Bu kabi film rejissyorlari oʻrniga oʻzingni qoʻyib koʻrar ekansan hech bir mukofot, mutaxassislar eʼtibori yoki uzundan-uzun olqishlar ham kerak emasdek, faqatgina sen koʻrsatmoqchi boʻlgan haqiqiy insoniy tuygʻularni tomoshabin his etsa bas...
Bu kabi filmlarni koʻrganimda juda chuqur oʻyga tolaman, bilamanki, bu eng yaxshi kino emas, lekin eng yaxshi narsalar haqida soʻzlayotgan toza kinolar. Bunaqa filmlar juda ham koʻp aslida, lekin negadir kam gapiramiz ular haqida. Faqat bizni hayratlantira olgan filmlargagina eʼtibor beraveramiz.
"Soʻngi samuray" ana shunday filmlardan biri. Haqiqiy erkaklik gʻururi, or-nomus, vatanga boʻlgan muhabbat, doʻstlik, qahramonlik, ayol iffati, erkakning oila va vatan oldidagi burchlari yana cheksiz davom ettirish mumkin boʻlgan tuygʻular haqida hikoya qiladi. Bu film haqida soatlab gapirishim mumkin lekin his qilgan narsalarni faqatgina koʻrib tushunishingiz mumkin.
Bugungi qilayotgan ishlarimiz, tashvish va gʻamlarimizga qarab, juda ham kichkina narsalarga oʻralashib qolgandekmiz, baʼzida kichik qutiga tiqilib qolgandek qoʻl-oyoqlarimni qimirlata olmayotgan nafas olishim qiyinlashayotgandek boʻlaman.
Biz inson ekanligimizni unutib, hayot yoʻllarimizda hayvonlarcha raqobatlashayotgandek tuyiladi. Aslida juda ham katta ishlarga qodirmiz, ammo boʻyin egmaymiz, esh*tmaymiz va his qilmay qoʻyganmiz. Faqat oʻz orzularimiz va gʻalabamiz uchun nima qilish haqida oʻylaymiz.
Insoniylik hamda samimiyligimiz yoʻqolib bormoqda va hozirgi davrda shunaqa yashash kerakdek tutyapmiz oʻzimizni. E, gapirsak gap juda koʻp, lekin ayni shu narsalarga amal qilishim...
Qisqasi koʻrishni tavsiya qilaman: https://t.me/kinobekfilm/59 👈
Kinobek
So'ngi voqealarga Behzad Nohoseini'dan o'z uslubida munosabat!🔥🪐
Ayni damga kelib dorama Netflix platformasining barcha davlatlar bo'yicha reytingida birinchi o'ringa chiqib oldi.🙌
Sen bu qiyin va chigal jamiyatda g'olib bo'lishni xohlaysan, lekin juda Aqlli yoki Ayyor, Yaxshi yoki Shavqatsiz inson bo'lsang ham mag'lub bo'ladi. Faqat birozgina ahmoq bo'lsang bas, g'alaba seniki!
Film haqida biroz spoyler)
Ayyor o'zini-o'zi, Shavqatsizni o'z qilmishlari, Aql esa Yaxshilikni o'ldiradi. Faqat ahmoqlikgina Aqlni yenga oladi. Aslida ahmoqlikni g'alabasi ayanchli holat lekin tomosha davominida ahmoqni g'alaba qozonishini kutamiz...
Hozirgi shavqatsiz jamiyatda esa erkinlik va halollik - ahmoqlik demakdir!
Hozir esa birinchi shartdan keyingi holatda yashayapmiz ko'pchilik taslim bo'lmoqda yana kimlardir ortga chekinmoqda, hech kim o'yinda ishtirok etishni xohlamayapti lekin tushunmayapmizki ortga yo'l yana o'yinga olib keladi. Tanlovimiz yo'q do'stlar - o'ynash kerak!
Qiyin davrlarda yashayapmiz...
@kinobekuz
"Taksist"(1976) filmida qahramon o'zi bilan oynaga qarab suhbatlashishi to'lig'icha improvizatsiya asosida yaratilgan.
-ushbu sahnani suratga olayotganda men De Niro yaxshi, davom et deya ko'rsatma berayotgan edim. U esa menga qarab, "-menga gapiryapsanmi?" dedi va bu gapini yana bir bor qaytardi. Kameralar o'chmagan va butun jamoa kulishni boshladi. Bu xolat va so'zlar menga juda yoqdi va De Niroga to'xtamasdan davom etishini so'radim - rejissyor Martin Skorseze.
t.me/kinobekuz
Kinobek
"Red Notice" (Красное уведомление) ʼQizil xabar' ekshin-trillerining ilk treyleri namoyish etildi.
Netflix tomonidan yaratilgan jangari-komediya janridagi filmda bosh rollarni Dueyn Jonson, Gal Gadot, Ryan Reynolds ijro etadi.
Film syujetida interpol agenti(Dueyn Jonson)ga eng mashhur va xavfli jinoyatchi(Gal Gadot)ni qoʻlga tushirish vazifasi yuklatiladi. Jinoyatchini qoʻlga tushirish ortidan u qallob(Ryan Reynolds) bilan til biriktirishga majbur boʻladi.
Film rejissyori va ssenaristi Rouson Marshall Tyorber boʻlib u bizga asosan komedik filmlari bilan tanish(mas, "Bir yarimta Shpion"2016).
Netflix platformasidagi eng qimmat loyihalardan biriga aylanayotgan film byudjeti 130 million$ tashkil qilmoqda.
Film premyerasi 2021 yilning 12 noyabriga belgilangan.
Kinobek
#Trailer
Hindistonlik ijodkorlar suratga olgan "Zahiriddin Muhammad Bobur" seriali 27-avgustdan DISNEY + platformasida namoyishi boshlanadi!
Treylerini o'zidan sifatni sezish mumkin. Kadrlar, aktyorlar, sountrek, kompyuter grafikasi va vizuallik top darajada!
© uzkinolenta
Hindlarga rahmat!
O'zimizni "ochko"chilar va Turklarga Boburni berib qo'yishmadi)
Kinobek
Eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Oskar(2021) mukofotini qo'lga kiritgan Entoni Xopkins Rimda oila davrasida dam olmoqda. Kayfiyat a'lo!
Qarish Entoni tog'oga yaxshi tasir qilyaptimi yoki yomon hech tushuna olmayapman😅
P.S. Kim aytadi bu tog'oni yoshligida "Gannibal" bo'lgan deb))
Kinobek
"Спасти Ральфа" (Save Ralph)
Rejissyor: Spenser Sasser
Til: Rus tili
📄Kosmetik mahsulotlarni tajriba qiluvchi labaratoriyada yashovchi Ralf ismli quyon o'zi haqida so'zlab beradi. Uning barcha oila a'zolari, tanishlari hammasi shu labaratoriyada "ishlashgan" va "yashashgan".
4 daqiqalik animatsion film kosmetik mahsulotlarni ishlab chiqarishda hayvonlarda sinab ko'rishga qarshi qaratilgan.
Deyarli murakkab hech narsa yoq, barchasi oddiy va aniq. Ijodkorlarga qoyilim ajoyib multfilm. Qiziqarli, tomoshabop ishlangan lekin og'ir yuk bor.
Biror bir ijtimoiy muammolarga nisbatan kinochilar ana shunday yurish qilishlari kerak, Facebookdagi postlar bilan emas)...
Kinobek
"Wall Street" (1987, rej: Olever Stoun) filmida chiroq, musiqa va montajning bir paytni o'zida ajoyib tarzda ishlatilganini ko'rishimiz mumkin.
Film qahramoni Gordon Gekko (Maykl Duglas) Bad Foksga ultimatum qo'yadigan sahnasida, Gekko so'zlarining so'ngida chiroqlar o'chganini, uning yelkalari hamda orti qoraygani va chiroqlar esa faqat uning ko'zi hamda yuziga qaratilganini ko'ramiz.
So'ngra, so'zlarining so'ngida momaqaldiroq ovozi bilan kadrda ko'cha ko'rsatiladi, bu Gekko haqiqatdan xavfli va jiddiy tarzda ogohlantirayotganini bildiradi.
Bu sahnada momaqaldiroq faqat ogohlantirish tovush sifati bilan bir qatorda, keyingi kadrga o'tkazuvchi (Переход) bog'lovchi sifatida ham qo'llanilgan.
Kanalimizga obuna bo'ling
@kinobekuz
#filmuz #uzbekkino #uzbek #film
Tom Kruz dublyori Ben Stiller bilan...
Tom tog'oni topinglachi...👀☺️
Kanalimizga obuna bo'ling
Kinobek