Samarqand gazetsi

Samarqand gazetsi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Samarqand gazetsi, News & Media Website, Ulug' Tursunov, 80, Samarkand.
(1)

Salohiyat va imkoniyatlar makoniUniversitetitimiz bugungi k***a mamlakatda quruvchi-muhandislik sohasida kadrlar tayyorl...
06/11/2024

Salohiyat va imkoniyatlar makoni
Universitetitimiz bugungi k***a mamlakatda quruvchi-muhandislik sohasida kadrlar tayyorlovchi asosiy maskanlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tarmoqlararo texnalogiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini targ‘ib etuvchi innovatsiyalarni keng qo‘llashga alohida e’tibor berilmoqda. Talabalarga o‘zini-o‘zi anglash, amaliy faoliyat va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish oraqali bunday imkoniyatlar yanada keng quloch yozmoqda. Hamkorlikning samarali tizimi o‘laroq talabalarga mahalliy oliy ta’lim diplomi bilan bir qatorda hamkor xorijiy universitetlarning diplomini olish imkoniyati yaratildi.
Talabalarda yuqori darajadagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, nazariyot va amaliyot uzviyligini ta’minlash yo‘lida zamonaviy bilim olish usullari yuzaga kelmoqda. Mamlakatning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy taroqqiyoti va farovonligini ta’minlash uchun inson kapitalini yaratish va rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda universitetda ta’limning uchinchi ming yillik talablari shakllanmoqda bunda zamonaviy tizimning yangi shakllari bilan bir qatorda universitetda to‘plangan mahalliy tajriba va islohotlardan ham foydalanilmoqda. “O‘zbekiston—2030” davlat strategiyasiga muofiq universitetda ta’lim va innovatsion tizim takomillashmoqda. Jumladan, yuqori texnalogiyaga asoslangan ilm-fan va ta‘lim markazi tashkil etildi.
Samarqand qurilish, shaharsozlik bobida o‘z uslubi va qiyofasiga ega bo‘lgan maskandir. Sohadagi bu o‘ziga xoslik ko‘p yillar mobaynida shakllangan. Bugungi k***a ham bu boradagi izlanishlar olimlarimiz tamonidan izchillik bilan davom ettirilmoqda. Asosiy ishlab chiqarish muammolari va boshqa muhim ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Turkiya, Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi, Malayziya singari mamlakatlar ta’lim muassasalari bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi , ilmiy-tadqiqotlarning hamkorlikda tashkil etilishi ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lmoqda.
Universitetda ta‘lim samaradorligini oshirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Nazariy ta‘lim bevosita islab chiqarish bilan bog‘langan holda olib borilmoqda. Prezidentimizning 2024-yil 20-iyundagi “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oily ta‘lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik keng yo‘lga qo‘yildi. “Axmadbek qurilish trio”, “Tolib bobo AKT” “Sam TEXNO STROY Invest” MCHJlar hamda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksini barpo etish direksiyasi bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Bu korxonalarga universitetdan mas‘ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib, hamkorlik bo’yicha ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur korxonalarda kafedralar filiali tashkil etilgan bo‘lib, bevosita nazariy bilimlarni amalda keng qo‘llash imkoniyati yaratilgan.
Universitetimiz bitiruvchilarining loyihalash tashkilotlari, arxitektura, landshaft, konstruktorlik buyrolari, texnik-sanoat dizayn kompaniyalarida, ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish, qurulish tashkilotlari va boshqaruv organlarida amaliyot o‘tash tizimi joriy etilmoqda. Shu tariqa talabalar nafaqat arxitektura va qurulish sohalarida balki, boshqa murakkab masalalar yechimi bo‘yicha ham malaka-ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Bugungi nazariy va amaliy faoliyatning zamonaviy usulda tashkil etilishi universitetning yangi tarixini yaratish va boyitishga xizmat qiladi.
M. KOMILOVA,
SamDAQU iqtisodiyot kafedrasi mudiri
I. SOBIROV,
kafedra dotsenti

Tibbiyot xodimlari kuni oldidanMASJID XONASIDAN BOSHLANGAN SHIFOXONA BUGUN 100 YOSHDA O‘zbekiston Respublikasining 2006-...
06/11/2024

Tibbiyot xodimlari kuni oldidan
MASJID XONASIDAN BOSHLANGAN SHIFOXONA BUGUN 100 YOSHDA
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 12-sentabrdagi “Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda tibbiyot xodimlari kuni sifatida belgilangan. Shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi xodimlari uchun navbatdagi kasb bayrami qo‘shaloq tantanaga aylanmoqda. Bundan bir asr oldin tashkil etilgan shahar markaziy shifoxonasining tashkil etilganligiga100 yil to‘ldi.
— Shifoxonamiz bundan bir asr oldin, Chorraha mavzesidagi masjidning ikkita xonasida faoliyat boshlagan, — deydi shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ahmadjon Babajanov. — Bugungi kunga kelib, shifoxonamiz zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan, malakali mutaxassislar va moddiy-texnik bazaga ega shifo maskaniga aylangan. 408 o‘rinli shifoxonaning 18 ta bo‘limida 572 nafar tibbiyot xodimlari aholiga malakali xizmat ko‘rsatib kelishmoqda. Shifoxonamizda bir yilda o‘rtacha 16 mingdan ortiq bemor davolanadi. 8 mingdan ziyod jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, shundan 300-400 ga yaqin jarrohlik amaliyoti yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni tashkil etadi. Yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti deganda, yurtimiz va dunyo miqyosida amalga oshiriladigan eng so‘ngi talabdagi operatsiyalar nazarda tutiladi. Shifoxonamizning endoxirurgiya, neyroxirurgiya, urologiya, yuz-jag‘ xirurgiyasi, kuyish kasalliklari bo‘limlarida murakkab hisoblangan jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Yaqinda 80 yoshli otaxonning 3 kilogrammlik bo‘qoqini olib tashlash bo‘yicha amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarning yirik tibbiyot muassasalari bilan imzolangan xalqaro memorandumlar asosida tibbiyot xodimlari o‘rtasida tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Xorijlik hamkasblar bilan telemeditsina onlayn muloqotlari muntazam tashkillashtirilmoqda.
Yurtimizda olib borilayotga keng ko‘lamli islohotlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyot sohasida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. So‘ngi yillarda shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, tug‘ruq majmualari, bolalar shifoxonasi, stomatologiya va sil kasalliklari dispanserlari, jami 22 ta davolash profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazalari tubdan yangilandi. Tibbiyot muassasalariga raqamli rentgen, mammograf, laboratoriya, EKG, endoskopiya, kompyuter tomografiyasi uskunalari o‘rnatildi. Beshta oilaviy poliklinakalar binosi yangilangan texnik baza bilan foydalanishga topshirildi. Tibbiyot fanlari doktori, professor Ahmadjon Babajanov rahbarligi ostida faoliyat olib borayotgan 5,4 mingga yaqin fidoyi tibbiyot xodimlari xalq salomatligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelmoqda.
Shifokorlik kasbi eng mashaqqatli, mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri. Shahrimiz shifokorlarini mana shunday sharaf va mas’uliyatga munosib bo‘lib, xalqimiz salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Bekzod MUSURMONOV,
“Samarqand” muxbiri

SamDCHTI 30 yoshdaUmidbaxsh ufqlarSamarqand Davlat chet tillar instituti mamlakatimizdagina emas, Markaziy Osiyoda chet ...
06/11/2024

SamDCHTI 30 yoshda
Umidbaxsh ufqlar
Samarqand Davlat chet tillar instituti mamlakatimizdagina emas, Markaziy Osiyoda chet tillarni oʻqitish, oʻrgatish, oʻrganish boʻyicha yetakchi oliy taʼlim maskanlaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda institutda ingliz, fransuz, nemis, koreys, arab, yapon tillariga ixtisoslashgan qator kafedralar samarali faoliyat yuritmoqda. Ulardan biri yapon filologiyasi kafedrasi boʻlib, bugungi k***a samarali faoliyat yuritayotgan, oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni zamonaviy talablarga mos ravishda amalga oshirayotgan maskan hisoblanadi.
1998-yilda institutda yapon tili ikkinchi chet tili sifatida oʻqitila boshlagan edi. Oradan oʻn yil oʻtgach, yapon tili alohida yoʻnalishga aylantirildi. Dastlab kafedraga D. Toʻrayeva rahbarlik qilgan boʻlsa, keyingi davrda A. Ochilova, Sh. Sobirova, D. Oʻrolboyeva, Sh. Oʻroqov singari sohaning koʻzga koʻringan dotsent va oʻqituvchilari taʼlim berishdi.
Kafedramiz mustaqil kafedra sifatida 2022-yildan boshlab faoliyat koʻrsatmoqda. Oldimizga qoʻyilgan asosiy maqsad — talabalarga yapon tilini chuqur oʻrgatish, ularni zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashdan iborat. Shu yoʻlda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarishning samarali usullaridan foydalanilmoqda. Kafedra xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, taʼlim sifatini oshirish maqsadida Yaponiyaning turli universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu hamkorlik nafaqat tilni oʻrgatish, balki kunchiqar mamlakatning boy madaniy merosi va milliy anʼanalarini oʻrganish imkonini bermoqda.
Oʻtgan davr mobaynida oldimizdagi maqsadlarga erishish yoʻlida xalqaro koʻrik-tanlovlarda ham munosib ishtirok etib kelmoqdamiz. “Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili” taʼlim yoʻnalishida tahsil olgan Laziza Ahadova, Javohir Jabborov Yaponiyaning MEXT dasturi grantini qoʻlga kiritib, Yaponiya oliy taʼlim maskanlarida bir yil oʻqish, yapon xalqi tarixi, madaniyatini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldi. 2022-yilda “Yapon tili notiqlik sanʼati” xalqaro koʻrik-tanlovida J. Shaxobov, F. Asliyev, T. Mavlonov, V. Shuhratova singari faol va jamoatchi talabalar eng yuqori oʻrinlarni egallashdi. Shu yili oʻtkazilgan ana shunday xalqaro tanlovga institutimiz mezbonlik qildi. Tadbirda Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinuri ishtirok etib, talabalarni yapon tilini yanada puxta oʻrganishga daʼvat etdi. Xalqaro tanlovning Markaziy Osiyo bosqichida qatnashgan Javohir Shahobov mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2022-yil kafedramiz uchun samarali ilmiy izlanishlar, koʻplab yangiliklar davri boʻldi. Kafedramizga yapon mutaxassislari taklif etilib, ular bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yanada kuchaytirildi. Ayni paytda Toshiyuki Kameda tajribali ilmiy xodim sifatida izlanishlarni qizgʻin davom ettirmoqda. Hozirgi k***a 2 nafar PhD dotsenti va oʻqituvchilari, 3 nafar katta oʻqituvchilar, koʻplab assistent, izlanuvchi-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Taʼlim dasturlarida yapon tilini oʻrgatishning zamonaviy usullaridan foydalanish koʻlami kengaymoqda. Bunda ogʻzaki va yozma nutq, grammatika, fonetika, adabiyot va madaniyat kabi yoʻnalishlarni chuqur oʻrgatish tizimi yaratildi. Eng muhimi, talabalarga zamonaviy oʻqitish usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda mashgʻulotlar tashkil etilmoqda. Xususan, audio, video materiallardan foydalanish, Yaponiyadagi real voqeyliklarga asoslangan vaziyatlarni tahlil qilish kabi interfaol usullar keng qoʻllanilmoqda. Talabalar oʻrtasida doimiy ravishda til amaliyoti mashgʻulotlari tashkil qilinmoqda. Ularning madaniy tadbirlarga qatnashishi, turli seminarlarda ishtirok etishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Kafedramizning xalqaro hamkorligi ham kengaymoqda. Yaponiyadagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari bilan tuzilgan kelishuvlar doirasida shu mamlakatda oʻqish, tajriba orttirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Qisqa va uzoq muddatli oʻqish va ish oʻrganish orqali yapon tilini mukammal oʻrganishdan tashqari mamlakat tarixi, yapon xalqi mintalitetini yaqindan oʻrganish yoʻlga qoʻyildi.
Kelgusida kafyedramiz tomonidan talabalar, oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada oshirish, taʼlim jarayonida innovatsion usullarni keng joriy etish, xalqaro hamkorlik doirasini kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, yapon tilini oʻrganish ishtiyoqida boʻlgan yoshlar uchun koʻplab tadbir va loyihalar tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Eng muhimi, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qoʻshishdir.
Faxrinisi LUTFULLOYEVA,
Samarqand davlat chet tillar instituti Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri

Keksa kafedralardan biri Bundan 2 yil muqaddam Samarqand davlat arxitektura-qurulish instituti universitetga aylantirild...
05/11/2024

Keksa kafedralardan biri
Bundan 2 yil muqaddam Samarqand davlat arxitektura-qurulish instituti universitetga aylantirildi.
Institutning universitetga aylantirilishi peshlavhani almashtirishdan iborat emas. Bugungi shiddatkor davrda ilmiy – pedagogik faoliyatni ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq holatda tashkil etish, kadrlar tayyorlashda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini keng qo‘llash bosh maqsaddir.
Kafedramiz ilmiy-pedagogik jamoasi ham shu talab asosida faoliyat yuritmoqda. 1969-yilda tashkil etilgan kafedramiz bilim maskanidagi izlanuvchan, tashabbuskor, salohiyatli kadrlar to‘plangan qutlug‘ maskandir. Ilgari Arxitektura nazariyasi va tarixi, deb nomlangan kafedramiz o‘tgan yildan etiboran Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi, deya qayta nomlandi. Bugungi k***a ikki nafardan fan nomzodi va dotsentlar, 6 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Professor o‘qituvchilar orasida Mirzo Ulug‘bek jamg‘armasi mukofoti sohiblari bor. Ayni paytda arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi, madaniy meros obyektlarini asrash yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, arxitektura nazaryasi va tarixi bo‘yicha magistratura tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Undan tashqari katta ilmiy xodim – izlanishlarni o‘qitish va malakasini oshirish ham kafedramiz zimmasiga yuklatilgan.
Kafedrada talabalarning bilimini oshirish, ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida bir qator tashkilotlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, Samarqand arxeologiya instituti, shahar madaniy meros boshqarmasi, “Elite Building” kompaniyasi, “Axmadbek qurilish trio” MCHJ, “Maroqand obod” MCHJ kabi bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatilib ishga kirishilgan. Kafedramiz oldiga bevosita arxitektura yodgorliklarini tiklash va ta’mirlash tizimini takomillashtirish vazifasi qo‘yilganligi sababli shahardagi yuzdan ortiq tarixiy yodgorliklarda kuzatuv va amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yodgorliklarni qayta tiklash loyihasi asosida tanlov o‘tkazilib taqdimotlar tashkil etilmoqda. Tanlovda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan talaba Orifjon Jo‘rayev Turkiyaning nufuzli universitetida o‘qish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qurulish tashkilotlari bilan hamlorlikda joylarda mutaxassislik bo‘yicha kafedramizning filiallari ochilmoqda. Kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlik, amaliyot bilan bog‘liq tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan. Yangi o‘quv yilidan boshlab korxonalar qoshidagi kafedra filiallarida mutaxassislik yo‘nalishiga doir fan-ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish uchun dual ta‘lim joriy qilindi. Tarmoq – korxona – oliygoh zanjirli tizimi asosida tashkil etilgan faoliyatimizda muammolarni o‘rganish hal etish jarayonlari hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari universitet rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro yozgi maktabda iqtidorli talabalar professor-o‘qituvchilarning qatnashuvi ham yangi tajribalarni o‘rganish va joriy etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Samarqand va Buxoroda tashkil etilgan yozgi maktab dasturida Turkiya, Bangladesh, Chexiya, Vengriya singari mamlakatlar vakillari ham ishtirok etdilar.
Universitetning keksa kafedrasi hisoblangan ushbu maskanimizning ilmiy, pedagogik va amaliy imkoniyatlari tobora oshib bormoqda.
D. MIRZAYEV,
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi kofedrasi mudiri,
E. JO‘RAYEVA,
kafedra katta o‘qituvchisi

KUBOK SAMARQANDLIKLARDA!O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va tegishli ...
01/11/2024

KUBOK SAMARQANDLIKLARDA!
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun tashkil etilgan musobaqaning bu galgi finali Samarqandda o‘tkazildi.
“Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostidagi musobaqalarda sport, kasbiy bellashuvlardan tashqari ijodiy tanlov ham o‘tkazildi. Vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirokidagi bellashuvlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 14 jamoa oltita sport, kasbiy va ijodiy bellashuvlarda ishtirok etishdi. “Men qutqaruvchiman” estafetasi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, arqon ustidan o‘tib chodir yig‘ish, arqon tortish, ijodiy taqdimot, voleybol, shaxmat bellashuvlari qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ldi. Har bir musobaqada vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlar vakillari mahoratlarini ishga soldilar.
Yak***a viloyatimiz jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogining 2024-yildagi sohibi sifatida qayd etildi. Namangan jamoasi ikkinchi, Qashqadaryo vakillari uchinchi o‘rinni egallashdi. G‘olib va yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik X. Aliboyev medal, diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
A. TURDIQULOV,
viloyat FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi

Kadastr xizmatiKO‘CHMAS MULKINGIZ HUJJATLARI TAXTMI?Ko‘chmas mulk obyektlarini sotish, sotib olish, yangilarini qonuniy ...
01/11/2024

Kadastr xizmati
KO‘CHMAS MULKINGIZ HUJJATLARI TAXTMI?
Ko‘chmas mulk obyektlarini sotish, sotib olish, yangilarini qonuniy rasmiylashtirishning asosiy talablaridan biri kadastr hujjatlari hisoblanadi.
Bu borada joylardagi kadastr xizmati bilan shug‘ullanuvchi idoralar, ularning xodimlari zimmasiga muhim vazifalar yuklangan. Bugungi k***a kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi tizimida faoliyat yurituvchi filialimiz ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish, ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek, ijaraga berish shartnomalari, yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi haqidagi kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish singari muhim huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan.
Bino va inshootlarning tarikibini o‘rganish, zarur xulosa asosida ma’lumotnoma berish ham zimmamizga yuklangan. Keyingi davrda ko‘p yillik dov-daraxtlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi ham joriy etildi. Bunda hovlingiz, sizga huquqiy jihatdan tegishli bo‘lgan joylarda o‘sayotgan dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi ko‘zda tutilgan.
Ko‘chmas mulklarning kadastr yig‘majildi kadastr pasportini tegishli ravishda rasmiylashtirishning asosiy hujjati hisoblanadi. Yig‘majildni tayyorlash, unga muvofiq kadastr pasportini taqdim etish uni bajarish murakkabligiga qarab muddatlar belgilangan. Masalan, ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga bo‘lgan muddatlar uch k***an besh kungacha etib belgilangan bo‘lsa, noturarjoyga oid bino va inshootlar uchun besh k***an 25 kungacha etib belgilangan. Barcha xizmatlar uchun davlat xizmat narxi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda shahrimizda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni 74485 ta, yakka tartibdagi turar joylar 73528 ta, noturarjoylar 13736 ta, ochiq yer uchastkasi 255 tani tashkil etadi. Davlat kadastrlarini yuritish talablariga binoan ushbu obyektlarning barchasida tegishli ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Bunda yuridik shaxslardan rasmiy xat, jismoniy shaxslardan ariza bilan murojaat etish belgilangan. Yil boshidan buyon jismoniy va yuridik shaxslardan qariyb 24 mingta ariza va rasmiy xat kelib tushdi. Ulardan 4 minga yaqini rad etilgan bo‘lsa, 20 mingdan ortig‘i ijobiy hal etilib, obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bundan tashqari, ipoteka shartnomalarini ro‘yxatga olish shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron usulda ro‘yxatga olish tizimi joriy etilgan. Yilning o‘tgan davri mobaynida 2,1 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi har bir murojaat nazoratga olinib, qonunda belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash choralari olib borilmoqda.
Keyingi 5-6 yil mobaynida jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkini hisobga olish, davlat ro‘yxatiga kiritish tizimi yanada takomillashib, aholiga qulayliklar yaratilmoqda. Avvalo, belgilangan obyektlarni o‘rganish, xulosa berish muddati qisqarganligi, talab etiladigan hujjatlar soni kamayganligi barchaga qulaylik yaratdi. Shunga qaramasdan ayrim hamshaharlarimiz tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini qonunga binoan kadastr talablari asosida ro‘yxatga olish, hujjatlarni rasmiylashtirish talabiga yetarli e’tibor qaratilmayapti. Ayniqsa, uy-joy bilan bog‘liq muammolarga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘layotganimiz ajablanarlidir. Bugungi shiddatli zamonda uy-joyni hujjatlashtirish bilan bog‘liq muammolarning kuchayib borayotganligi ham anashu e’tiborsizlik oqibatidir. O‘zimizga kelgusida muammolarni ko‘paytirmaslik uchun ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan egalik huquqimizni rasmiylashtirishga befarq bo‘lmasligimiz zarur.
Husan ABJALOV,
Davlat kadastrlari palatasi shahar filiali boshlig‘i

Mutaxassis ogohlantiradiIsitish mavsumi talablariYurtimizda havo harorati pasayib, isitish tizimi ham ishga tushmoqda. S...
31/10/2024

Mutaxassis ogohlantiradi
Isitish mavsumi talablari
Yurtimizda havo harorati pasayib, isitish tizimi ham ishga tushmoqda.
Sovuq kunlar boshlanishi bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, o‘tin bilan ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanish ehtiyoji ortmoqda. Shu o‘rinda ulardan foydalanishning barcha amal qilishi lozim bo‘lgan talablari ham mavjuddir. Aks holda e’tiborsizlik tufayli nosoz, nostandart isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida gazdan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar kelib chiqishi mumkin.
Ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun uy-joylar, ishlab chiqarish, ijtimoiy maskanlarda isitish moslamalarini soz va shay holatga keltirish va ularning ishini muntazam ravishda kuzatib borish zarur. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun bir qator muhim talablarni bajarish lozim. Garchi, oddiy bo‘lsa ham tashqi himoya qobig‘i shikastlangan elektr simi va kabellardan foydalanish mumkin emas. Elektr ta’minotiga ortiqcha yuklanish tushishi, qisqa tutashuvlarning oldini olish maqsadida faqatgina sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya vositalari (avtomatlar)dan foydalanish tavsiya qilinadi.
Odatda, isitish mavsumi oldidan pechlar, ularning dudbo‘ronlari sozligi, gaz o‘tkazish quvurlarining yopilib qolmaganligini tekshirish asosiy e’tibortalab vazifalardan biri hisoblanadi. Dudbo‘ronlarni tozalash, sozlash, ularning tartib va qoida talablariga muvofiq o‘rnatilishini tekshirish uchun maxsus xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga murojaat qilishni unutmaslik kerak. Nosoz, qo‘lbola, standart talablarga javob bermaydigan isitish moslamalaridan foydalanish ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Isitish moslamalaridan uzluksiz, uzoq vaqt foydalanish ham xavfli bo‘lib, buning oqibatida yong‘in kelib chiqishi mumkin. Isitish moslamalarini nazorat qilishni aslo yosh bolalarga topshirib bo‘lmaydi. Har bir isitish moslamasini ishga tushirishdan avval mutaxassislarni jalb etgan holda ularni taftishdan o‘tkazish, zarur bo‘lsa, texnik xizmat ko‘rsatilib, kamchilik va nuqsonlarini bartaraf etish ham eng zarur ehtiyot choralaridan biridir.
Isitish moslamalari yaqinida tez alangalanuvchi, yong‘inni keltirib chiqaruvchi suyuqlik, boshqa narsalarni saqlash tavsiya etilmaydi.
Xonada gaz hidi sezilsa elektr chirog‘ini yoqish, uchqun chiqaruvchi moslamalarni ishga solish qat’iy man etiladi. Bu holatda darhol “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lsa “101” yoki “1050” telefon raqamlari orqali yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar berishni unutmang.
Mirjahon NASRIDDINOV,
Shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori

Mas’uliyat va e’tiborBu talab elektr energiyasidan foydalanuvchilarga ham tegishlidirDarhaqiqat, kuz-qish mavsumida elek...
30/10/2024

Mas’uliyat va e’tibor
Bu talab elektr energiyasidan foydalanuvchilarga ham tegishlidir
Darhaqiqat, kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talab odatdagidan ancha oshadi. Natijada, ta’minot shoxobchalari yuqori kuchlanishda ishlay boshlaydi.
Isitish mavsumini talofatsiz o‘tkazish maqsadida korxonamiz tizimidagi nimstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari qayta ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchilik va nuqsonlar belgilangan tartib-qoidaga muvofiq bartaraf etib borilmoqda. Bugungi k***a korxonamiz tomonidan 161,5 mingdan ortiq jismoniy va qariyb 14 mingta yuridik shaxslar elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda. Mavsumni talofatsiz o‘tkazish maqsadida 2217 ta transformator punkti, 216 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, topshiriq ayni paytga qadar deyarli to‘liq bajarildi. Mavsum oldidan joylarda 16 ta yangi qo‘shimcha yuklamali transformator punkti o‘rnatildi. 55 kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinib, 340 ta temirbeton tayanchlar o‘rnatildi.
O‘tgan kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida muammolar kelib chiqqan Madadkor, Tutzor, Farovonlik, Bog‘ibaland singari o‘ndan ortiq mahallalarda transformator punktlarini yangilash, elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda bu mahallalarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu maqsadda Sartepa maskani, Bog‘imirzo, Bog‘i safed, Ziyokorlar mahallalaridagi 5 ta obyektda 20 kilometr masofaga elektr uzatish tarmoqlari tortildi, 5 ta transformator punkti o‘rnatildi, 206 ta simyog‘ochlar o‘rniga temirbeton tayanchlar o‘rnatildi.
Shaharni muntazam ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash, bu boradagi muammolarni hal etish yuzasidan “Shimoliy va Gʻarbiy” nimstansiyalarida yuqori quvvatli yangi tansformatorlar o‘rnatilishi natijasida ayrim joylardagi anchadan beri davom etib kelayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarga barham berildi.
Sohadagi muammolar bosqichma-bosqich hal etib borilayotganligi aholi, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, ijtimoiy tarmoqlar tizimini elektr energiyasi bilan ta’minlashda ijobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Tizimdagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘pchilik kuzatib, his etmoqda. Xayrli ishlar qo‘llab-quvvatlanayotganligi jamoamizni yangi marralar sari ruhlantiradi. Shunga qaramasdan ayrim iste’molchilar tomonidan ta’minotchilar xizmatiga bepisandlik, e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish holatlari ham kuzatilmoqda. Ba’zi iste’molchilar belgilangan tartib-qoidaga xilof ravishda o‘zboshimchalik bilan elektr ta’minoti tizimiga ulanib olishga harakat qilishyapti. Eng achinarlisi, bu holat nafaqat qoidabuzarga, balki, boshqa iste’molchilar ishi va hayotiga ham xavf soladi. Ta’minotdagi uzulishlarning sababchisi ham ana shunday qoidabuzarlar hisoblanadi. Garchi, ularga tegishli choralar qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham natijani samarali, deb bo‘lmaydi. Muhimi, elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bugungi k***a ta’minotchi mehnatiga ham hurmat bilan munosabatimizni bildirishimiz lozim.
N. SAFAROV,
shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i

30/10/2024

Chegara bojxona posti orqali orqali mamlakatimizdan qancha miqdorda non va non mahsulotlarini olib chiqish mumkin?

Pedagoglarning bilim va malakasi qay darajada?O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 5...
30/10/2024

Pedagoglarning bilim va malakasi qay darajada?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi ta’lim muassasalari pedagoglari malaka (test) sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
Bugun Samarqand shahridagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida viloyatda faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun malaka sinovlari boshlandi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jarayonlarda ishtirok etish uchun viloyatdagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglardan jami 19532 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 15 453 tasi qabul qilingan bo‘lsa, 1 514 tasi tizimga noto‘g‘ri yuklanganligi sababli rad etilgan. 686 tasi to‘lov amalga oshirilmaganligi bois ko‘rib chiqilmagan.
Talabgorlardan kelib tushgan arizalarning 16 139 navbatdan tashqari o‘z xohishiga ko‘ra toifa imtihonlariga ariza bilan murojaat qilgan.
- Oliy toifa olish maqsadida o‘z xohishim bilan malaka sinovlarida ishtirok etayapman, - deydi Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Doniyor Jo‘raqulov. – Bahorgi malaka sinovlarida ham ishtirok etgandim. Ammo natija yetarli bo‘lmagandi. Puxta hozirlik ko‘rib, navbatdagi sinovlarga tayyorgarlik ko‘rdim. Nasib bo‘lsa, bugal albatta, yetarli natijani qayd etib, oliy toifaga ega bo‘laman.
Bugun viloyatdagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan informatika va axborot texnologiyalari fani pedagoglari test sinovlarini topshirishdi. Belgilangan taqvimga ko‘ra, 30-31 oktyabr kunlari matematika, fizika fanlari, 1, 2 va 4 noyabr kunlari boshlang‘ich ta’lim fani, 5-6 noyabr kunlari o‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlari, 7-8 noyabr kunlari kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari, 9 noyabr kuni tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlari, 11-12 noyabr kunlari fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili fanlari, 13 noyabr kuni rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirg‘iz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati fanlari, 14 noyabr kuni jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi — o‘g‘il bolalar uchun) fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

29/10/2024

Bugunning gapi
Do‘konlar oldidagi chiqindilar
Har kuni kechqurun ishdan qaytar ekanman, yo‘lim Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab bir necha do‘kon, ustaxonalar yonidan o‘tadi. Beixtiyor oyoq tagida sochilib yotgan chiqindilar dilni xira qiladi. Ayrim do‘konlar oldida chiqindi qutilari bor, lekin, qutiga kun bo‘yi chiqindi tashlanavergach, u to‘lib-toshib ketadi. Yo‘lak chetidagi ariqchalarga nimalar tashlanmaydi, deysiz? Qog‘oz parchalaridan non bo‘laklarigacha bor, bu yerda!
Bunday holat ertalabgacha davom etadi. Har kuni tongdan ishga kirishadigan farroshlar bir zumda atrofni chiqindilardan tozalab ketishadi. Ammo, xoh ishoning, xoh ishonmang, bir necha soatdan so‘ng shu yerdan qayta o‘tsangiz, yo‘lak yuziga ham, ariq ichiga ham chiqindilar tashlab ketilganiga guvoh bo‘lasiz. Qarshingizdan kelayotgan o‘rta yoshdagi kishi hech tortinmasdan qo‘lidagi keraksiz narsani ariqqa tashlaydi, maydaroq narsa bo‘lsa oyoq tagiga uloqtirib yo‘lida davom etaveradi. Bunday manzarani oldini olishga urunib, ularni ogohlantirsak-da, xuddi esh*tmaganday beparvo yo‘lida davom etishadi.
Bu fikrlarim yangilik emas, allaqachon “eskirib” ketgan bo‘lsa-da, dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Bordi-yu, chiqindi tashlayotgan kimsani ogohlantirsangiz ham, uni insofga chaqirchangiz ham foydasi yo‘q: baribir, u gapingizga quloq solmaydi. Quloq solsa ham... nima ishing bor, degan javobni esh*tasiz. Oqibatda, har birimizda atrof-muhit tozaligiga bo‘lgan azaliy va an’anaviy urf-odatlarimizga nopisandlik munosabati paydo bo‘lmoqda. Shu hol davom etar ekan, o‘zaro nazoratni kuchaytirmas ekanmiz, oyog‘imiz tagida chiqindilarga duch kelaveramiz.
Sarvara ABDURAHMONOVA

Address

Ulug' Tursunov, 80
Samarkand

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand gazetsi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Samarqand gazetsi:

Videos

Share


Other News & Media Websites in Samarkand

Show All