Akademnashr нашриёти

Akademnashr нашриёти Барча турдаги нашриёт ва матбаа хизматлари / Весь спек?
(8)

Tez k***a!
06/12/2023

Tez k***a!

Tez k***a!▪️ Sariq ajdar o'gitlari▪️ Dao. Fazilatlar kitobi
04/12/2023

Tez k***a!

▪️ Sariq ajdar o'gitlari

▪️ Dao. Fazilatlar kitobi

 📘 CHUMOLILAR SALTANATI2-nashr📖 Erkin Malik qalamiga mansub ushbu qissada Qur‘oni karimda zikr qilingan chumolilarning o...
30/11/2023



📘 CHUMOLILAR SALTANATI

2-nashr

📖 Erkin Malik qalamiga mansub ushbu qissada Qur‘oni karimda zikr qilingan chumolilarning oʻziga xos, g‘aroyib dunyosi bilan tanishasiz. Jasorat va qoʻrqoqlik, sadoqat va xiyonat, olijanoblik va olchoqlik kabi jihatlar mittigina chumolilarga ham begona emasligiga guvoh boʻlasiz.

Kitob mutolaasi davomida bolajonlar nafaqat chumolilar, balki boshqa jonzotlarning ham qiziqarli va hayotiy voqealar bilan boyitilgan hayotini o‘rganadilar.

Muallif: Erkin Malik
Muqova: yumshoq
Hajmi: 160 bet
Narxi: 45 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

t.me/akademnashr |

Ko‘pchilik kitobxonlar tomonidan so‘ralayotgan “Galaktikada bir kun” kitobi sotuvda 🤩📘 “Galaktikada bir kun” — I Koinot ...
30/11/2023

Ko‘pchilik kitobxonlar tomonidan so‘ralayotgan “Galaktikada bir kun” kitobi sotuvda 🤩

📘 “Galaktikada bir kun” — I

Koinot xaritasi

Bolalar yozuvchisi Sa‘dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” asari yangilangan dizaynda nashr etildi.

“Galaktikada bir kun” asari “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Kitobning “Koinot javohiri” deb nomlangan ikkinchi qismi ham shu kunlarda sotuvga chiqadi.

Muallif: Sa'dullo Quronov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 216 bet
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📮 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📘

AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush yozuvchi Harper Liga Prezidentning Ozodlik medalini topshirmoqda. 5-noyabr, 2007-yil. J...
28/11/2023

AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush yozuvchi Harper Liga Prezidentning Ozodlik medalini topshirmoqda. 5-noyabr, 2007-yil.

Jorj Bush: «Mazaxchini o‘ldirish»ning muvaffaqiyatiga sabab – asar muallifining go‘zal va purmehr qalbi. Bu asarning har bir satrida aks etadi. Ushbu kitob mamlakatimiz hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Bu kitob butun dunyoga sovg‘adir.

Narxi: 55 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

Xoʻrozini sotib, kitob olgan bolaYozyovon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqiydigan Usmonali oʻzi boqib, katta ...
26/11/2023

Xoʻrozini sotib, kitob olgan bola

Yozyovon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqiydigan Usmonali oʻzi boqib, katta qilgan xoʻrozini sotib, puliga "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asarini sotib olibdi. Bu gapni esh*tib, rosti ijod yoʻlidagi barcha charchoqlarim chiqib ketdi.

Mana asl kitobxon, mana asl maqtovga loyiq bola! Endi bundan buyon "Kitobingiz narxi sal balandligi uchun olib oʻqiy olmadim!" degan gaplarga ishonmayman. Boisi istak boʻlsa, unga yarasha harakat ham boʻladi.

Usmonali "kitobxon" degan nomni olish uchun xoʻrozini sotmadi yoki avtomobil yutib olish uchun kitobni tanlamadi. Shunchaki kitob oʻqigisi keldi. Shunchaki kitobni tanladi — haqiqiy doʻstni tanladi.

Bu bolakayni bugun xalqimizga har qancha ibrat qilib koʻrsatsak arziydi. Ehtimol Usmonali oʻz bisotidagi bittayu bitta eng qadrli narsasini sotgandir! Bu chakana ish emas!

Buyuk insonlar doim sen kabi nafsini yenggan bolalardan chiqqan. Yasha, Usmonali!

©️ Qobiljon Shermatov

📘

📘 “Mnemonika. Yod olish san'ati” — Kitobda «super» xotirali insonlar sirlari, mnemotexnika turlari, ularni raqamli, matn...
24/11/2023

📘 “Mnemonika. Yod olish san'ati” — Kitobda «super» xotirali insonlar sirlari, mnemotexnika turlari, ularni raqamli, matnli ma’lumotlarni, tarixiy sanalarni eslab qolishda qo‘llash usullari bayon qilingan. Bu bilimlar o‘quvchilarning turli fanlarni o‘zlashtirishlari, xorijiy tillarni oson o‘rganishlarida qo‘l keladi.

Xarid: t.me/akademsavdo
Narxi: 20 000 so‘m

📘 “So‘z yodlash sirlari” — Ingiz tilidagi so‘zlarni tezkor yodlash bo‘yicha qo‘llanma sizga so‘z yodlashning eng qulay va unumli usullari bilan tanishtiradi. Tilni o‘rganishdagi noan’anaviy usullar orqali test yechish va tarjima borasida ham yangicha tavsiyalarga ega bo‘lasiz. Muallif birdaniga 14.000 ta so‘zni oson o‘rganish sirini ham xuddi shu kitobida keltirgan.

Xarid: t.me/akademsavdo
Narxi: 20 000 so‘m

📘 |

🎬 Ridli Skott: “Napoleon”Ko'plab kinoixlosmandlar intizorlik bilan kutayotgan “Napoleon” filmi ertaga, 22-noyabr kuni ka...
21/11/2023

🎬 Ridli Skott: “Napoleon”

Ko'plab kinoixlosmandlar intizorlik bilan kutayotgan “Napoleon” filmi ertaga, 22-noyabr kuni katta ekranlarga chiqadi. Rejissor Ridli Skott, bosh rolni Xoakin Feniks ijro etgan.

Tarixiy filmlar tomoshasidan oldin voqelikni birmuncha o'rganish foydadan xoli bo'lmaydi. “Napoleon” filmini ko‘rishdan oldin “Saltanatlar jangi” kitobini o‘qishni tavsiya etamiz.

Kitobda Napoleon hukmronligi ostidagi fransuz imperiyasi va imperator Aleksandr I boshchiligidagi Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi dahshatli hamda dramatik kurash haqida hikoya qilinadi.

Muallif: Ixtiyor Esonov
Xarid: t.me/akademsavdo
Narxi: 20 000 so‘m

t.me/akademnashr

Turkistonda mustaqil milliy matbuotning shakllanishiga ikki omil to‘siq bo‘lgan. Bular, birinchidan, iqtisodiy qoloqlik ...
18/11/2023

Turkistonda mustaqil milliy matbuotning shakllanishiga ikki omil to‘siq bo‘lgan.

Bular, birinchidan, iqtisodiy qoloqlik bo‘lsa, ikkinchidan, rasmiy hukumat tarafidan bo‘lgan bosim edi. Agar Turkiston ijtimoiy hayotida islohotlarni amalga oshirishga kirishgan mahalliy ziyolilar guruhi 19-asr oxirlarida shakllanganiga qaramay, 20-asrning birinchi o‘n yilligidagina mustahkam oyoqqa turishga muvaffaq bo‘lganlari inobatga olinsa, bu holat, balki, Turkistonda milliy matbuot paydo bo‘lishidagi kechikishning eng asosiy omili bo‘lishi mumkin.

Turkiston aholisi o‘z tafakkuri va fikrlash tarziga ko‘ra Rossiya imperiyasidagi boshqa musulmon xalqlardan keskin farq qilar edi. Aholining o‘ta konservativ fikrlashi hamda an’analarga «sodiqligi» sabab gazeta xalq orasida u qadar ommalasha olmadi.

Aynan mana shu sabablar tufayli 20-asrning 10-yillari o‘rtalarida paydo bo‘lgan milliy matbuotning aksari o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

📘 Borar yo‘ling Turkistondir

Xarid: t.me/akademsavdo

📘

  📘 Antiqa fizika - 2Kundalik hayotimizda har kuni fizika fani bilan to'qnash kelamiz. Uning inson va jamiyat hayotida t...
16/11/2023



📘 Antiqa fizika - 2

Kundalik hayotimizda har kuni fizika fani bilan to'qnash kelamiz. Uning inson va jamiyat hayotida tutgan o'rni beqiyos. Fizikani yoshlikdan puxta o'rganib borish esa muhim ahamiyatga ega. Kitobdan shunday maqsad ko'zlangan bo'lib, unda fizik qonuniyatlar va jarayonlar bolalarga tushunarli sodda tilda, qiziqarli uslubda bayon etilgan.

📖 Fragment va mundarija

Muallif: Iqboljon Poʻlatov
Hajmi: 176 bet
Muqova: yumshoq
Formati: A4
Narxi: 35 000 soʻm
Xarid: t.me/akademsavdo

📚

"Mеni qayg‘uli yozishimga sabab bo‘lgan tuyg‘u Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usidir. Vatani qullikda azob chеkayotganda ...
16/11/2023

"Mеni qayg‘uli yozishimga sabab bo‘lgan tuyg‘u Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usidir. Vatani qullikda azob chеkayotganda shoir qayg‘uli yozishga majbur".

📘  RAUF PARFI: «HUKMNOMA»

Xarid: t.me/akademsavdo

📘

Lotin yozuviga o‘tish qaroridan so‘ng o‘zbek tilining fonetik strukturasi haqida to‘xtamga kelish zarur bo‘ldi. Unlilar ...
09/11/2023

Lotin yozuviga o‘tish qaroridan so‘ng o‘zbek tilining fonetik strukturasi haqida to‘xtamga kelish zarur bo‘ldi. Unlilar garmonizatsiyasi masalasi milliy chegaralanishdan oldin ko‘tarilmagandi. Bungacha bo‘lgan imlo islohoti olti unli tizimni ko‘zda tutgandi.

Polivanov O‘zbekistonning eng «ilg‘or» mintaqasi bo‘lgani uchungina garmoniyadan xoli Toshkent shevasini adabiy tilning asosi sifatida qabul qilishni taklif etdi. Abdulla Alaviy va boshqalar unga qarshi g‘oyani taklif etishgan: Alaviyning fikricha, aksar o‘zbek shoirlari unlilar garmoniyasidan iborat she’riy shaklda ijod qilgan; zamonaviy o‘zbek tili mana shu «xalq adabiyoti»ga asoslanishi kerak edi, «saroy adabiyotiga» emas.

Bu boradagi janglar 1929-yil may oyigacha, to O‘zbek imlo qurultoyi to‘qqiz unlidan iborat alifboga o‘tish haqida qaror chiqarmaguncha davom etdi.

Bu vaqtga kelib ziyolilar bahsiga partiya ham aralashdi va imlo bo‘yicha qarorga turli mahalliy partiya tashkilotlaridan to‘liq garmoniyani qo‘llab-quvvatlaydigan rezolyutsiyalar hamroh bo‘ldi. To‘liq unlilashgan o‘zbek tili oddiy xalq tili, demak, «proletarroq» va «sovetroq» hisoblanardi...

📕 O‘ZBEKISTON TAVALLUDI

Muqova: qattiq; 424 bet
Xarid: t.me/akademsavdo

|

 Galaktikada bir kun — I, IIBolalar yozuvchisi Sa’dullo Quronov asarlari bitta nomda, yangicha dizayn va ikkita kitob sh...
08/11/2023



Galaktikada bir kun — I, II

Bolalar yozuvchisi Sa’dullo Quronov asarlari bitta nomda, yangicha dizayn va ikkita kitob shaklida nashr etilmoqda.

1️⃣ «Koinot xaritasi»
2️⃣ «Koinot javohiri»

📘

07/11/2023

“Chiqish yo‘li - qabristonda”. “Yaxshiyam, sen borsan” hikoyasi haqida

Zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakili Ulug‘bek Hamdamning “Yaxshiyam sen borsan” hikoyasi qahramonlari Yusuf va Zulayho ham kirishi bor, chiqishi yo‘q “bozor” changaliga tushib qoladi…

👉 https://kun.uz/uz/21755313

Nashriyotga savol yo‘llang! Qadrdon kitobxonlar! Akademnashr nashriyoti faoliyati haqida sizni nimalar qiziqtiradi? Barc...
02/11/2023

Nashriyotga savol yo‘llang!

Qadrdon kitobxonlar! Akademnashr nashriyoti faoliyati haqida sizni nimalar qiziqtiradi? Barcha savollaringizni post ostida yozib qoldiring.

Kontentlarimiz orqali barcha savollaringizga javob berib boramiz.

***Xazonlaydi daraxtlar asta,qaynoq ranglar ulashar hayottoʻkilmoqqa chogʻlangan xastayaproqlarga. Intiho – ayon.Moviy r...
02/11/2023

***

Xazonlaydi daraxtlar asta,
qaynoq ranglar ulashar hayot
toʻkilmoqqa chogʻlangan xasta
yaproqlarga. Intiho – ayon.

Moviy rangdan ayrilar samo,
endi ranglar bogʻni toʻldirar.
Adolatni bilar tiyramoh,
har yaproqni goʻzal oʻldirar.

📘 Faxriyor, “Izlam”

Xarid: t.me/akademsavdo

“Galaktikada bir kun”ni oʻqirkanman, oʻquvchilarimga bu asarni oʻqitayotganim toʻgʻri ekaniga yana bir bor amin boʻldim....
01/11/2023

“Galaktikada bir kun”ni oʻqirkanman, oʻquvchilarimga bu asarni oʻqitayotganim toʻgʻri ekaniga yana bir bor amin boʻldim.

Bolalar koʻproq shunday asarlarni oʻqishi kerak, bu ilmga, ixtirolarga qiziqish uygʻotadi, yoʻl ochadi.

Masalan, 1985-yillarda chiqqan kino – “Kelajakka qaytib”da oʻsha zamon uchun begona va faqatgina xayoliy boʻlgan ixtirolarning koʻpi hozir yaratildi. Oʻylaymanki, ularning yaratilishida filmning roli katta. “Galaktikada bir kun” ham shunday ilhombaxsh asarlardan biri, deb oʻylayman.

Asarni oʻqish davomida bir nechta “Zakovat”bop savollar tuzib qoʻydim. Muallifni maktabga chorlab, oʻsha kuni maktabda katta musobaqa uyushtirsakmi, deb oʻylayapman. Birinchi shart maʼlum – asar asosida “Zakovat” oʻyini. 2-shart rasmlar asosida asar voqeasini topish, 3-shart ixtirolar tanlovi (oʻquvchilar oʻz ixtirolarining taqdimotini qilishadi, yasashmasa ham loyihasi), 4-shart muallifning savollari.

Bular hozircha oʻylar, yanada pish*tish kerak boʻlgan oʻrinlari bor, ammo umumiy konsepsiya aniq.

Shokir Tursun

  Safar qissalari Abror Pir Muhammad — O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tibbiy qo'mita raisi, Yozuvchilar uyushmasi a'...
27/10/2023



Safar qissalari

Abror Pir Muhammad — O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tibbiy qo'mita raisi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Uzoq yillik faoliyati davomida milliy terma jamoa shifokori maqomida ko‘plab yurtlarda bo'lgan hamda safar taassurotlarini kitob shaklida jamlagan.

E'tiborga molik manzillar-u tabarruk qadamjolarga qilingan ziyoratlarni tasvirlash barobarida mazkur turkum safar qissalarida oʻlka va ellar tarixi, buguni, shuningdek, turli hayotiy voqealar qiziqarli uslubda qalamga olingan.

📘 Marokashning maroqli va mahzun manzaralari

📕 Tunisning totli taassurotlari

📗 Saudiyaning sehrli sahrolari

📙 Avstraliya ajoyibotlari

📔 Iordaniya — hayrat va ibrat diyori

Narxi: 35 000 so'm (har biri)
To'plam shaklida chegirmali narx: 150 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘

📚 “Qo‘shimcha dars” ruknidagi kitoblar 📘 Tasodifiy ixtirolarNarxi: 8 000 so'm📙 Metallar olamiga sayohatNarxi: 8 000 so'm...
26/10/2023

📚 “Qo‘shimcha dars” ruknidagi kitoblar

📘 Tasodifiy ixtirolar
Narxi: 8 000 so'm

📙 Metallar olamiga sayohat
Narxi: 8 000 so'm

📗 Elektr olami
Narxi: 4 000 so'm

📕 Qiziqarli ona tili
Narxi: 4 000 so'm

📔 Antiqa kimyo
Narxi: 14 000 so'm

📓 Antiqa kimyo II
Narxi: 15 000 so'm

Xarid: t.me/akademsavdo

📘

📚 «So‘z chamani» turkumidan ayni paytda quyidagi ijodkorlarning she'riy to‘plamlari sotuvda mavjud: 1️⃣ Lutfiy2️⃣ Shayxz...
25/10/2023

📚 «So‘z chamani» turkumidan ayni paytda quyidagi ijodkorlarning she'riy to‘plamlari sotuvda mavjud:

1️⃣ Lutfiy

2️⃣ Shayxzoda Atoyi

3️⃣ Mashrab

4️⃣ Maxtumquli

5️⃣ Fuzuliy

6️⃣ Asqad Muxtor

7️⃣ To‘ra Sulaymon

8️⃣ Abduvali Qutbiddin

9️⃣ Axtamquli

1️⃣0️⃣ Halima Xudoyberdiyeva

1️⃣1️⃣ Matnazar Abdulhakim

1️⃣2️⃣ Baxtiniso Mahmudova

1️⃣3️⃣ Nodir Jonuzoq

1️⃣4️⃣ O‘tkir Rahmat

Narxi: 8 000 soʻm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘

“Noshirlik tanazzuli”1918-yil martida Toshkent sovetining xususiy bosmaxonalarni musodara qilishi nafaqat 1917-yilda gur...
24/10/2023

“Noshirlik tanazzuli”

1918-yil martida Toshkent sovetining xususiy bosmaxonalarni musodara qilishi nafaqat 1917-yilda gurkirab rivojlangan musulmon noshirligining tanazzuliga, balki oxirgi o‘ttiz yildan beri shakllanib kelayotgan litografik bosmaga asoslangan o‘zbek va fors tilidagi kitob savdosiga ham putur yetkazdi.

Xususiy gazetalar o‘rniga 1918 -yildan chop etila boshlangan «Ishtirokiyun», keyinchalik yana bir nechta gazeta va jurnaldan iborat rasmiy «qizil matbuot» keldi. Sovet matbuoti homiy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgandi, lekin moddiy yetishmovchilik tufayli hatto eng muhim nashrlar ham gohi chiqmay qolardi.

Masalan, TKP Markaziy Qo‘mitasining rasmiy organi hisoblanmish «Turkiston» 1924-yilda ham faoliyatini davom ettirish uchun moliyaviy ko‘mak qidirib yurgandi. Texnik muammolar ham serob edi: dastgohlar eski, shriftlar yetishmas, qog‘oz esa undanda noyob edi.

Samarqanddagi ikkitagina bosma mashinaning sifati shunchalik yomon ediki, Hoji Muin aytganidek, «...agar noshir ozgina chalg‘ib ketsa yoki qog‘oz sifati yomonroq chiqsa, matn muallifining o‘zi ham yozganlarini o‘qiy olmay qoladi».

1924-yildagi hududiy chegaralanishidan so‘ng sovet matbuoti bozor iqtisodiyoti bosimidan xoli bo‘ldi va sohadagi vaziyat ancha yaxshilandi.

📕 O‘ZBEKISTON TAVALLUDI

Muqova: qattiq; 424 bet
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚

21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni!📘
21/10/2023

21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni!

📘

📕 Bo'sh o'tirma, bosh qotir — I, II, IIIO'quvchi qiziqish bilan o‘rgangan narsasini yaxshi eslab qoladi. Shuning uchun b...
20/10/2023

📕 Bo'sh o'tirma, bosh qotir — I, II, III

O'quvchi qiziqish bilan o‘rgangan narsasini yaxshi eslab qoladi. Shuning uchun bolalarga ta’lim berishda qiziqarli o‘yinlar, boshqotirmalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Mazkur kitoblardan shunday maqsad ko'zda tutilgan. Undagi bir-biridan qiziq topishmoqlar, boshqotirmalar bolalarning fikrlash doirasini kengaytirib, aqliy salohiyatini yuksaltiradi degan umiddamiz.

Kitob maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan.

Tuzuvchilar:
Adhamjon Ahmadjonov,
Noila Xolmatova

Narxi: 9 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr |

 📘 "Oqar daryo", Orziqul Ergash"Oqar daryo" — yarim asrdan buyon adabiyotning turli janrlarida ijod qilib kelayotgan zah...
19/10/2023



📘 "Oqar daryo", Orziqul Ergash

"Oqar daryo" — yarim asrdan buyon adabiyotning turli janrlarida ijod qilib kelayotgan zahmatkash adib Orziqul Ergashning ijod namunalaridan iborat. Kitob "Shohsanam" romani, "Yulduzsiz osmon", "Dunyoning bir chekkasi", "Dala o‘rtasidagi daraxt" qissalari va o‘n to‘rt hikoyani o‘z ichiga olgan.

Muqova: qattiq
Hajmi: 576 bet

Kitob buyurtma asosida nashr etildi.
Sotuvda mavjud emas.

📘 t.me/akademnashr

Seni boshqalar nazdida so‘kinish bo‘lgan so‘z bilan atashlari aslo haqorat emas. Bu o‘sha insonning naqadar nochorligini...
19/10/2023

Seni boshqalar nazdida so‘kinish bo‘lgan so‘z bilan atashlari aslo haqorat emas. Bu o‘sha insonning naqadar nochorligini ko‘rsatadi, xolos.

📘 Harper Li, “Mazaxchini o’ldirish”

Narxi: 55 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr |

📘 Organik kimyo▪️ Mazkur kitob organik kimyoning eng muhim mavzularini qamrab olgan. ▪️ Unda har bir mavzuga tegishli ja...
18/10/2023

📘 Organik kimyo

▪️ Mazkur kitob organik kimyoning eng muhim mavzularini qamrab olgan.

▪️ Unda har bir mavzuga tegishli jarayonlar misollar asosida tushuntirilgan.

▪️ Oʻquvchi mustaqil ishlashi uchun qo'llanmada qoʻshimcha misollar keltirilgan.

Muallif: Davronbek Hakimov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 416 bet
Narxi: 33 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘 |

  📘 Sukunatning sassiz sadosiShermurod Subhon – o‘zbek adabiyotida o‘z uslubi va ovoziga ega ijodkor. U she’rlarida turl...
17/10/2023



📘 Sukunatning sassiz sadosi

Shermurod Subhon – o‘zbek adabiyotida o‘z uslubi va ovoziga ega ijodkor. U she’rlarida turli eksperimentlar qilishdan qo‘rqmaydi, asosiysi, shakliy izlanishlar mazmunga putur yetkazmaydi. To‘plamdan ijodkorning she’rlari va xorij she’riyatidan amalga oshirgan tarjimalari joy egalladi.

Muqova: yumshoq
Hajmi: 256 bet

Kitob buyurtma asosida nashr etildi.
Sotuvda mavjud emas.

📘 t.me/akademnashr

Chiroyli guldasta har qanday odamning kayfiyatini ko‘taradi. Bayramlarda onalarimiz uchun eng yaxshi sovg‘a ham guldir. ...
16/10/2023

Chiroyli guldasta har qanday odamning kayfiyatini ko‘taradi. Bayramlarda onalarimiz uchun eng yaxshi sovg‘a ham guldir. Bilasizmi, dunyoda gullarning 250 mingdan ortiq turi bor.

Yurtimizda ko‘plab turdagi noyob gullar o‘sadi. Hozirda bu gullarning ko‘pchiligi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Chunki ular yaqin kelajakda butunlay yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida.

Masalan, yurtimizning tog‘li hududlarida o‘sadigan Nurota lolasi, changisitukli lola, uchpoyali oqto‘sha kabi noyob gullar juda kam miqdorda saqlanib qolgan.

📘 Bolalar uchun shu kabi qiziqarli ma'lumotlar va boshqotirmalarni “Aqlni charxlovchi o'yinlar” kitobidan topishingiz mumkin.

Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr

Tarixdan universal qo’llanmalarQo’llanmalarda eng qadimgi davrlardan to shu vaqtgacha jahon va O'zbekiston tarixida yuz ...
16/10/2023

Tarixdan universal qo’llanmalar

Qo’llanmalarda eng qadimgi davrlardan to shu vaqtgacha jahon va O'zbekiston tarixida yuz bergan asosiy voqealar qamrab olingan. Oʻquvchiga qulaylik yaratish maqsadida muhim sanalar, joy va shaxs nomlari, e’tiborga molik nuqtalar ajratib ko’rsatilgan, yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. Kitob tilining sodda va tushunarli bo’lishiga ahamiyat berilgan.

📘 Jahon tarixidan universal qo’llanma

Muallif: Abdulla Sharopov
Hajmi: 512 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 24 000 so’m

📕 O’zbekiston tarixidan universal qo’llanma

Muallif: Abdulla Sharopov
Hajmi: 496 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 24 000 so’m

Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr

 AQShning Massachusets shtatida nomini to‘xtamasdan talaffuz qilish imkoni bo‘lmagan kichkinagina ko‘l bor. Ushbu ko‘lni...
13/10/2023



AQShning Massachusets shtatida nomini to‘xtamasdan talaffuz qilish imkoni bo‘lmagan kichkinagina ko‘l bor. Ushbu ko‘lning nomi Chargoggagoggmanchauggagoggchaubunagungamaugg 42 ta harfdan, ingliz tilidagi yozilishi yanada uzunroq – 44 ta harfdan iborat.

Mahalliy hindular tilida ushbu ko‘lning nomi «Men ko‘lning bu tomonida baliq ovlayman, sen u tomonida ovlaysan, o‘rtada esa hech kim hech narsa ovlamaydi» degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, ko‘lning nomida qachonlardir uning qirg‘og‘ida yashagan ikki qabila o‘rtasidagi baliq ovlash qoidalari bo‘yicha o‘ziga xos bitim aks etgan.

Manba: “Sayyoramiz mo‘jizalari”
Narxi: 18 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr

“Yoki” — parvozga taklifKoʻp yillar davomida kitob va kitobxonlik bilan bogʻliq muammolar haqida gapirgan kishi boʻlib y...
12/10/2023

“Yoki” — parvozga taklif

Koʻp yillar davomida kitob va kitobxonlik bilan bogʻliq muammolar haqida gapirgan kishi boʻlib yuraman. Yaxshi kitoblar koʻpayishini xohlayman. Yaqin 30 yil davomida shu sohaning qattiq nonini tatib yurib kelgan xulosalarimdan biri shu boʻldiki, bizda kitobxonlar yaxshi kitobni saralab, tanlab olishi uchun zarur sharoit yaratilmagan. Oʻquvchi sifatli kitobni talab qilmasa, yomonini rad etmasa Yaxshi kitob kamyobligicha qolaveradi. Bu esa kitob jamiyat uchun beradigan foydalarni toʻliq olishga toʻsqinlik qiladi.

Xullas, bugun yangi loyihamizning kichik bir qismini hukmingizga havola qilmoqchimiz. Loyihaning nomi “Yoki”. “Yoki” — “Akademnashr”ning ilk nomi. Bu nom vositasida yozuvchi, kitobsevar Mirzakalon Joʻrayev vaqt va oʻlim pardasining etagini koʻtargancha yoʻllayotgan salomini kitobga muhabbat qoʻyganlarga yetkazishni ham istadik.

“Yoki” bu bosqichda:

-  kitobga befarq boʻlmaganlarning fikr almashishlari uchun minbar boʻlishni oʻz zimmasiga olmoqchi;
-  kitoblarga taqrizlar, kitobdan olingan hayrat va lazzatni izohlar, iqtiboslar koʻrinishida boshqalar bilan ulashish imkonini yaratmoqchi;
-  yozuvchilarni oʻquvchilar bilan yuzlashtirmoqchi, kitobxonlarga yozuvchilarni yaqinlashtirmoqchi;
-  nashriyotlar uchun targʻibot va xaridorlarning munosabatini bilish imkoniyatini kengaytirmoqchi
-  noshirlar, muharrirlar, kitob grafikasi ustalari, matbaachilar, kitob blogerlari, kitobsevarlarni bir maydonga jamlamoqchi;
-  kitob oʻqiganni ragʻbatlantirmoqchi, sovgʻa bermoqchi, kitobxonlik darajalari taqdim etmoqchi.

Loyihaga juda koʻp vaqt, imkoniyat va resurs sarfladik. Maqsadimizga muvofiq boʻlmasa-da, maʼlum sabablarga koʻra, toʻlaligicha emas, qismlarga boʻlgan holda eʼlon qilyapmiz. Ammo shunga qaramasdan, test rejimida eʼlon qilinyapti. Shuning uchun koʻplab xatolar yuzaga chiqishi tayin. Niyatimiz xolisligini hisobga olgan holda qattiq koyimaysizlar degan umiddamiz.

🔗 https://yoki.uz/

P.S. Ulashganlarga ta'zimdamiz!!!

➡️ https://t.me/SanjarNazar

O‘rxon Pamuq turkiy yozuvchilar orasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona adibdirPamuqning nomini Turkiyadan tashq...
09/10/2023

O‘rxon Pamuq turkiy yozuvchilar orasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona adibdir

Pamuqning nomini Turkiyadan tashqarida ham mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan asari uning tarixiy mavzudagi «Oq qal’a» romani bo‘ldi. «Nyu-York Tayms» gazetasi «Sharqda yangi yulduz paydo bo‘ldi, bu O‘rxon Pamuqdir» deb yozgan edi o‘shanda.

«Qora kitob» esa Pamuqning eng bahsli, shu bilan birga, mashhurlikda «Oq qal’a» romanidan ham o‘tib ketgan asaridir. 1992-yilda muallif «Qora kitob» motivlari asosida «Yangi hayot» filmi uchun ssenariy ham yaratdi. Filmga taniqli turk rejissyori Omon Qavir rejissyorlik qildi.

Pamuqning «Meni Qizil deydilar» asarining aynan Turkiyada emas, balki Amerikada bosilishiga adibning o‘z mamlakatida olib borilayotgan ichki siyosatga xayrixoh emasligi sabab bo‘ladi.

O‘rxon Pamuq hozirda dunyoning qariyb qirqdan ortiq tillariga tarjima qilingan yettita roman muallifi sifatida mashhurdir. Ayniqsa, adibning 2006-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishi uning mashhurligini yana oshirdi, uning nomi dunyoning barcha xalqlari tiliga tushdi. Yozuvchiga ushbu nufuzli mukofot uning «Istanbul. Xotiralar va shahar» asari uchun berildi.

Nobel mukofoti qo‘mitasi Pamuqqa ushbu yuksak mukofotni quyidagi izoh bilan munosib t**adi: «...ona shahrining dilgir qalbini istab, madaniyatlar to‘qnashuvi va uyg‘unlashuvini belgilash uchun yangi belgilar t**a olgan muallif...»

📘 NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORLARI: ADABIYOT

Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr |

 📘 FAXRIYOR: "IZLAM"Toʼplamga oʼzbek adabiyotida yangicha yoʼnalishni boshlab bergan shoir Faxriyorning soʼnggi yillarda...
06/10/2023



📘 FAXRIYOR: "IZLAM"

Toʼplamga oʼzbek adabiyotida yangicha yoʼnalishni boshlab bergan shoir Faxriyorning soʼnggi yillarda yozilgan eng sara nazmiy bitiklari va allaqachon oʼquvchilar qalbidan chuqur joy olgan sheʼrlari kiritildi.

Muqova: qattiq
Hajmi: 448 bet
Narxi: 60 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘 |

📚 NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORLARINobel haftaligida "Akademnashr"dan  kitobxonlarga ajoyib tuhfa 😍 📘 ADABIYOT — Kitobda  ijo...
06/10/2023

📚 NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORLARI

Nobel haftaligida "Akademnashr"dan  kitobxonlarga ajoyib tuhfa 😍



📘 ADABIYOT — Kitobda  ijodiy yutuqlari e’tirof etilib adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ijodkorlar hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Muallif: Husan Ermatov
Muqova: qattiq
Hajmi: 512 bet
Yozuv: kirill
Narxi: 96 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘TINCHLIK — To‘plamga o‘z faoliyati, ijodi, ijtimoiy faolligi e’tirof etilib tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan shaxslarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar kiritilgan.

Muallif: Husan Ermatov
Muqova: qattiq
Hajmi: 400 bet
Yozuv: kirill
Narxi: 81 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

❗️Ikkala kitobni 10 foiz chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin.

Narx: 177 000 so'm 160 000 so'm

📘

Fizika va tibbiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindiTibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel ...
04/10/2023

Fizika va tibbiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik Katalin Kariko va amerikalik Dryu Vaysmanga “COVID-19 ga qarshi samarali mRNK vaksinalarini ishlab chiqishga imkon bergan nukleozid bazasi modifikatsiyalari haqidagi kashfiyotlar uchun” berildi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Pyer Agostini, Ferents Krauz va Ann L’Yuilyega “moddadagi elektronlar dinamikasini o‘rganishda attosekundli yorug‘lik impulslarini hosil qiluvchi eksperimental metodlar uchun” berildi.

Stokgolmda 4-oktyabr kuni kimyo, 5-oktyabrda adabiyot, 6-oktyabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi e’lon qilinadi.

Shvetsiya banki tomonidan 1968-yilda ta’sis etilgan Alfred Nobel mukofotining iqtisod bo‘yicha sovrindori nomi 9-oktyabr kuni e’lon qilinadi.

📘 |

   ***a📘 FAXRIYOR: “IZLAM” ***Men oʻzimni yopdim dunyodan,endi oldi-berdimiz yoʻqdir.Men – dunyodan uzilgan odam,dunyo m...
03/10/2023

***a

📘 FAXRIYOR: “IZLAM”

***

Men oʻzimni yopdim dunyodan,
endi oldi-berdimiz yoʻqdir.
Men – dunyodan uzilgan odam,
dunyo mendan uzildi – oʻqdir.

Dunyo oʻqday uchib boradi
mening kamon qaddimni bukib.
Kimning peshonasin yoradi
va kimlarning qonini toʻkib…

2005

📘

«Axir bu telba-ku...» Napoleon Berezinadan kechib o‘tgach, taxminan 30 000 kishilik armiyasi bilan Vilnoga qarab chekina...
03/10/2023

«Axir bu telba-ku...»

Napoleon Berezinadan kechib o‘tgach, taxminan 30 000 kishilik armiyasi bilan Vilnoga qarab chekinardi. Dekabr kelgan, Rossiyada haqiqiy qahraton qish boshlangandi. Imperator armiyaning ruhini ko‘tarish uchun foytundan tushib, askarlari bilan uzoq piyoda yurib borardi.

Armiya och-nahor edi. Endi askarlar nafaqat ochlikdan, balki sovuqdan ham muzlab o‘layotgandilar. Hatto bir askar Napoleonni ko‘rsatib: «Axir bu telba-ku, shuning orqasidan shu la’nati yurtga keldikmi?» – deya xitob qilgan.

Och-yalang‘och, majruh armiya nihoyat Vilnoga yetib keldi. Ammo rus armiyasi ham orqadan kelayotgan edi...

Manba: Saltanatlar jangi

Narxi: 20 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘 t.me/akademnashr |

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
01/10/2023

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Address

Чиланзар, Сўгалли ота, дом 5
Tashkent
100156

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998983135622

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Akademnashr нашриёти posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Akademnashr нашриёти:

Videos

Share

Category


Other Publishers in Tashkent

Show All

You may also like