UIC Games

UIC Games "UIC Games" является дочерней компанией "UIC Groups Uzbekistan" и зани

22/12/2020

⚡️ Siz kutgan loyiha taqdimoti

UIC Games tomonidan ishlab chiqilgan “Mangu Sarkarda” oʻyinining taqdimoti 2020-yil 19-dekabr kuni “Hilton” mehmonxonasida boʻlib oʻtdi.

🎮 Sizning eʼtiboringizga oʻyinning treylerini taqdim etamiz! Avval aytganimizdek, ushbu oʻyin Oʻzbekistonda AAA oʻlchamdagi ilk tarixiy video o‘yin hisoblanadi.

🔼 UIC Games - Game developing san’ati!

Qadrli yurtdoshlar, Sizlarni barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bugungi kun - Mustaqillik ayyomi muborakbod et...
31/08/2020

Qadrli yurtdoshlar,

Sizlarni barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bugungi kun - Mustaqillik ayyomi muborakbod etamiz! Yurtimiz farovon, kelajak yo‘llarimiz porloq va xalqimiz omon bo‘lsin.

UIC Games jamoasi barchani Vatan ravnaqi yo‘lida bahamjihatlikda olg‘a intilishga chorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi muborak!

Qadrli yurtdoshlar, Sizlarni barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bugungi kun - Mustaqillik ayyomi muborakbod et...
31/08/2020

Qadrli yurtdoshlar,

Sizlarni barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bugungi kun - Mustaqillik ayyomi muborakbod etamiz! Yurtimiz farovon, kelajak yo‘llarimiz porloq va xalqimiz omon bo‘lsin.

UIC Games jamoasi barchani Vatan ravnaqi yo‘lida bahamjihatlikda olg‘a intilishga chorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi muborak!

Oʻyin yaratishning bosqichlari haqida oldingi postlarimizda aytgan edik. Endi GameDevʼda koʻp qoʻllaniladigan texnologiy...
25/08/2020

Oʻyin yaratishning bosqichlari haqida oldingi postlarimizda aytgan edik. Endi GameDevʼda koʻp qoʻllaniladigan texnologiyalar haqida suhbatlashamiz.

Unity – turli platformalarda zamonaviy oʻyinlarni yaratish uchun foydalaniladigan oʻyin dvijoklarining eng taniqlilaridan biri. Dvijok 10 yildan koʻproq vaqtdan beri oʻyin bozorida kam byudjetli, hamda sifatli oʻyinlar uchun keng ishlatiladi. Texnologiya shu kungacha 3,3 mln dan ortiq dasturchi auditoriyasiga ega.

💎Unityʼda yaratilgan oʻyinlar:
Assasinʼs Creed;
#7: The Room;
Cities: Skylines;
FAR: Lone Sails;
Rick and Morty: Virtual Rick-ality va boshqalar.

👍Afzalliklari:
- platformalar borasidagi tanlovning koʻpligi (Windows, Linux, MacOS, PlayStation 4, Xbox One kabi 24 ta platforma);
- hamyonbopligi (bepul foydalanish imkoniyati ham mavjud);
- 3D & 2D;
- professional va non-professionallar uchun (C # yoki JavaScript boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalar yetarli)

👎Kamchiliklari:
- orientatsiya (ekran joylashuvi);
- bir xil fon musiqasi;
- “Хранители” (saqlovchilar bilan bogʻliq murakkabliklar)

Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish esa qiyin emas. Shunchaki, tajriba va vaqt barchasini hal qiladi.

UIC Games o‘yin yaratish san’atini davom ettiradi. ⚔️Biz geymifikatsiya va mobil o‘yinlar ishlab chiqish sohasida istalg...
18/08/2020

UIC Games o‘yin yaratish san’atini davom ettiradi. ⚔️

Biz geymifikatsiya va mobil o‘yinlar ishlab chiqish sohasida istalgan turdagi xizmatlarni taqdim etamiz.
Maqsadimiz, ko'plab sifatli, foydali va qiziqarli 🔥o‘yin hamda ilovalarni yaratish.

🖥 Kompyuter
🎮 Konsol
📱 Mobil uskunalar uchun mo’ljallangan iOS va Android tizimlarida taqdim etamiz.

UIC Games mahsulotlari barcha yoshdagi auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘yin va taqdim etilayotgan ilovalar janr va mavzu jihatidan tubdan farq qiladi:

3⃣D video o‘yinlar
⌨Harakatli o‘yinlar (action)
🧩Bolalar uchun foydali o‘yinlar
💻Ilovalar geymifikatsiyasi va boshqalar.

Afzalliklarimizdan biri - o‘yinni eng qiziq joyida beliga tepuvchi reklamalar bizda yo‘q. Asosiysi, gaming'dan zavq olib, ketgan vaqtingizga achinmaysiz💡.

10/08/2020

Adolat kuchda emas, balki kuch adolatdadir! ⚖️

Amir Temur haqiqat uchun oʻz jonini xatarga qoʻyib, noxush va qaygʻuli xabarlarni Humkdori Oliylariga yetkazishga jurʻat t**a olgan chopar va elchilarni doim ragʻbatlantirgan. Zero barcha yetti iqlim Hukumdorining shirin yolgʻondan, achchiq haqiqatni afzal koʻrishini bilgan va shu xislati uchun sharaflagan. 🛡

Sohibqiron Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan maktubida shu misralarni bitilgandi: “Siz savdogarlaringizni mening davlatimga yuborasiz. Biz ularning hurmatlarini bajo keltirgan holda, iltifot bilan qarshilaymiz. Shu bilan bir qatorda, biz ham sizning mamlakatingizga oʻz savdogarlarimizni safarbar etamiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsatib, ortiqcha to'siqlarga roʻbaro boʻlishlariga yoʻl qoʻymang. Sizga boshqa talablar yoʻq. Ittifoqo, dunyo savdo odamlari tufayli taraqqiy t**adi”, — shu orqali Sarkarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tinchlik va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taraqqiyotning asosi ekanini qayd etadi.🏰

Justice is not in power, but the power to justice.⚖️

Amir Temur once rewarded horsemen and messengers for bad and sad news, who risked their lives to receive this information, and without fear, in the name of truth, brought it to the attention of his Master. Everyone knew and honored the commander for the fact that the Lord of the seven constellations preferred the bitter truth to the sweet lie. 🛡

Sahibkiran in his letter to King Charles VI of France wrote: “Send your merchants to my country. We will greet them warmly and show all the honors. Also, we will send our sellers to your country. You will also show them respect by not allowing unnecessary obstacles to be placed before them. I have no other requirements for you. The world will prosper thanks to merchants” — and at the same time notes that the development of trade and economic ties, the establishment of peace and cooperation are the basis of progress and prosperity.🏰

Справедливость не в силе, а сила в справедливости. ⚖️

Амир Темур в своё время награждал гонцов и вестников за плохие и печальные новости, которые рискуя жизнью добывали эти сведения и не боясь, ради правды, доводили до сведения своего Повелителя. Все знали и почитали полководца за то, что Властелину семи созвездий: «лучше сказать горькую правду, чем сладкую ложь». 🛡

Сахибкиран в своем письме к королю Франции Карлу VI писал: «Вы присылайте своих купцов в мое государство. Мы встретим их тепло, окажем все почести. Мы также направим в вашу страну своих купцов. И вы также окажите им уважение, не допускайте, чтобы им чинили излишние преграды. У меня нет других требований к вам. Ибо мир будет благоденствовать благодаря торговым людям», — и тем самым отмечает, что развитие торгово-экономических связей, установление мира и сотрудничества является основой прогресса и процветания.🏰

#ВечныйПолководец #Справедливость

​​Navbatdagi qiziqarli syujetga ega oʻyinimizni kutib oling 😎.Block Runner oʻziga xos oʻynash strategiyasi sizni azartga...
06/08/2020

​​Navbatdagi qiziqarli syujetga ega oʻyinimizni kutib oling 😎.

Block Runner oʻziga xos oʻynash strategiyasi sizni azartga tushib qolishdan saqlaydi 😈. Bu bilan oʻyin qiziqarliligini zarra yoʻqotmaydi.

UIC Games stajorlari tomonidan yaratilgan yuqori foydalilik koeffetsientiga ega mazkur oʻyinni yuklab oling va Block Runner bilan yangi sarguzashtlarni boshlang ⚽️. Oʻyinimizga berilib ketib, taassurotlaringizni izohlarda qoldirishni esa unutmang!

👉 Yuklab olish uchun: https://u.nu/blockrunner

#неостановись

​​Minimalizm XXI asr trendiga aylanib ulgurdi. Ayni shu minimalizm mobil telefoningizda oʻyin tariqasida boʻlsa-chi? 😎Bl...
04/08/2020

​​Minimalizm XXI asr trendiga aylanib ulgurdi. Ayni shu minimalizm mobil telefoningizda oʻyin tariqasida boʻlsa-chi? 😎

Block Jump – minimalizm, qulay interfeysni oʻzida jamlagan shiddatli mobil ilova. Strategik oʻyinlardan farqli ravishda, Block Jump psixologik zoʻriqishga olib kelmaydi. Shunchaki 6-hissiyotingizni ishga soling va oʻyindan zavq oling!
Ilovani hozirdan kechiktirmay yuklab oling!

👉 Yuklab olish uchun: https://u.nu/blockjump

Albattaki, !

🙌 Biz endi reallikni ham upgrade qilmoqdamiz!Insonlar va raqamli olam o‘rtasidagi to‘siqlarga daxl qilishga haddimiz sig...
03/08/2020

🙌 Biz endi reallikni ham upgrade qilmoqdamiz!
Insonlar va raqamli olam o‘rtasidagi to‘siqlarga daxl qilishga haddimiz sig‘di 🦾.

O‘ynAR kamera - oddiy QR-kodli tasvirlarga jonli effekt beradi. Mazkur ilova yordamida siz tashkilot va brendlarga tegishli kodlardagi ma’lumotlarni skaner yordamida video ko‘rinishida tomosha qilish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.

Ilovani iOS va Android platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

👉 Ilovani yuklab olish: u.nu/oynkamera

UIC Games yurtimiz ahlini muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaydi!Xonadoningizda baxt, totuvlik, qut-baraka va farovonli...
30/07/2020

UIC Games yurtimiz ahlini muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaydi!

Xonadoningizda baxt, totuvlik, qut-baraka va farovonlik yogʻilib tursin! Ushbu fayzli kunlarda qilgan barcha ezgu niyatlaringiz ijobatini topsin.

Salomat boʻling, aziz vatandoshlar!

🇺🇿Do'stlar! UIC Games jamoasi bilan tanishing. Biz karantinga qaramay, sizni yangi o'yinlar bilan xursand qilish uchun k...
26/07/2020

🇺🇿Do'stlar! UIC Games jamoasi bilan tanishing. Biz karantinga qaramay, sizni yangi o'yinlar bilan xursand qilish uchun kecha-yu kunduz ishlaymiz!

🇷🇺Друзья! Встречайте команду UIC Games. Несмотря на карантин мы трудимся ночами и днями, чтобы радовать вас новыми играми!

🇺🇸Hey, guys! Meet UIC Games staff. Despite quarantine we are working 24/7 just to make you happy with our games!

Gears of War, Batman: Arkham Asylum yoki Fortnite o‘yinlarini nima birlashtiradi? Shubhasiz, Unreal Engine.Unreal Engine...
20/07/2020

Gears of War, Batman: Arkham Asylum yoki Fortnite o‘yinlarini nima birlashtiradi? Shubhasiz, Unreal Engine.

Unreal Engine – o‘yin mexanizmlarining eng zo‘rlaridan biri. Mexanizm 100 dan ortiq turli loyihalar, platformer, jangovar o‘yinlar, MMORPG va boshqa RPGlarda muvaffaqiyatli ishlatildi.

Shu sababdan ham AAA 3D o'lchamli Mangu Sarkarda loyihasi uchun aynan UE tanladik.

UE texnologiyalari professionallar tomonidan ishlab chiqilgan Mangu Sarkarda o‘yinida jonli effektlar, sifatli yoritilgan yorqin va kichik detallarigacha puxta ishlangan har bir lavha favqulodda jalb etuvchi real kadrlar yaratgan.


________________________________

What does Gears of War, Batman:Arkham Asylum or Fortnite have in common?
Undoubtedly, Unreal Engine.

Unreal Engine is one of the best game mechanics. The mechanism has been successfully used in more than 100 different projects, platformers, fighting games, MMORPGs, and other RPGs.

For this reason, we chose UE for the Mangu Sarkarda AAA 3D project.

In the game Mangu Sarkarda, developed by professionals in the field of UE technology, each frame, carefully worked out to bright and small details with live effects, high-quality lighting, created realistic exciting frames.

🇺🇿 Salom, Dunyo! Tarix yana ortga qaytdi va endi u eng so‘nggi texnologiyalar orqali kelajakni ko'rsatib beradi.Navbatda...
20/07/2020

🇺🇿 Salom, Dunyo! Tarix yana ortga qaytdi va endi u eng so‘nggi texnologiyalar orqali kelajakni ko'rsatib beradi.

Navbatdagi yangiligimizdan so‘ng hayotingiz avvalgidek bo‘lmasligi aniq.

Tez orada siz 3 qit’ani birlashtirgan buyuk Imperiya davriga sho‘ng‘ish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz!

Shonli XIV asrda Buyuk Temuriylar saltanatiga sayohat qiling va Amir Temur yurishlarida ishtirok eting.

Buyuk Qo‘mondon va davlat arbobi hayotiga bag‘ishlangan, xalqlar hayotida muhim rol o‘ynagan, hamda keskin kurashlarga bog‘liq o‘yin k***alik hayotingizda keskin burilish yasaydi.

Xotirjam bo‘lish fursati bitdi. Ulkan o‘zgarishlarga tayyor turing. Tarixni birgalikda qurib, o‘z qahramonligingizni abadiyatga muhrlang!

Mangu Sarkardani Facebook (https://www.facebook.com/ManguSarkarda) va Instagram (https://www.instagram.com/mangusarkarda) sahifalarida kuzatib boring!

UIC Games haqida esh*tganmisiz? Aks holda GameDev haqida hech narsa bilmas ekansiz. 😉 Demak, bugungi qahramonimiz UIC Ga...
18/07/2020

UIC Games haqida esh*tganmisiz? Aks holda GameDev haqida hech narsa bilmas ekansiz. 😉 Demak, bugungi qahramonimiz UIC Games jamoasi haqida qisqacha:

1. Bugunga qadar UIC Games Flash, Block Runner, Mental Arifmetika, Chaqqon barmoqchalar, Piper Fly, Block Jump kabi o‘yinlarni yaratishga ulgurdi.

2. Senior va middle darajadagi game developer, hamda illyustratorchilardan iborat jamoa ishlab chiqqan o‘yinlar App Store va Play Market'da UIC Uzbekistan nomi ostida chiqariladi.

3. UIC jamoasining 80 % yigit va 20% qizlardan tashkil topgan.

4. Jamoa a’zolari asosan rus tilida muloqot qilsa-da, o‘zbek tili alifbosida to‘g‘ri va tez yozishni o‘rgatuvchi qiziqarli o‘yin yaratishdi.

Siz-chi, UIC Games a'zolari haqida yana nimalar bilasiz?

15/07/2020

GTA V kabi sifatli va serdaromad o‘yin yaratish uchun 200 kishilik jamoa 2-3 yil mehnat qilishiga to‘g‘ri kelar ekan. Bu rostdan ham uzoq va murakkab jarayonmi? Quyida video-o‘yin yaratishning asosiy bosqichlarini sanab o‘tamiz:

O‘yin g‘oyasini aniqlab olish;
Kod yozish;
Grafika, illyustratsiya chizish;
Ovoz/musiqa;
Level design'ni aniqlab olish;
Sinov/test qilish;
Reklama va sotish.

Albatta, mazkur bosqichlarning har biri murakkab va uzoq davom etadigan jarayon.
Bosqichli “Bolajon” o‘yini ustida UIC Games jamoasi uchun deyarli 2 hafta davomida ter to’kishga to‘g‘ri kelgan. Yaqin kunlarda esa, yanada murakkab va xalqaro miqyosga olib chiqilishi kutilayotgan yana bir AAA o‘yin trailerini taqdim etish arafasida. O‘yin yaratishning eng qiziq va jonli jarayoni bilan sahifalarimizda tanishtirib boramiz.

UIC Games taqdim etadi!UIC Games sizga navbatdagi foydali va qiziqarli oʻyin ilovasini taqdim etadi. Bolalar uchun ilova...
10/07/2020

UIC Games taqdim etadi!

UIC Games sizga navbatdagi foydali va qiziqarli oʻyin ilovasini taqdim etadi. Bolalar uchun ilovalar talaygina. Biroq, ularning ichida oʻzbek tilida ham oʻyin, ham taʼlim beradigani barmoq bilan sanarli.

“Bolajon” – nomi ham eʼtiborni bittada jalb etadigan ilova. Ushbu oʻyin 3+ bolajonlar uchun boʻlib, unda farzandlaringiz katta va kichik harflar hamda 10 gacha boʻlgan raqamlarni oʻrganadilar. Oʻrganish usuli ham ajoyib, bolajonlarning oʻzlari turli xil ranglarni tanlab, harflar va raqamlarni boʻyash orqali ularni eslab qoladilar.

Havola orqali “Bolajon”ni yuklab oling va farzandlaringiz uchun qiziqarli ilovani taqdim eting!

👉https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uicgames.bolajon

O'ynAR kamera (AR Player) – yangilandi! Mobil dasturimizdan foydalanish yanada oson va ortiqcha harakatlar talab etmaydi...
09/07/2020

O'ynAR kamera (AR Player) – yangilandi!

Mobil dasturimizdan foydalanish yanada oson va ortiqcha harakatlar talab etmaydi. Bunda rasmlaringizni QR-code ko'rinishida joylaysiz va real effektlarga ega bo'lgan videoni do'stlaringizga ulashishingiz mumkin.

Barchasi tushunarli, oddiy va siz uchun moslashtirilgan. Yangilangan dizaynga ham baho berish esingizdan chiqmasin!

Mobil ilova CoLearning Center, UIC Games hamda "Project Managers" IT kompaniyasi tomonidan taqdim etilmoqda.

Ajoyib foto hamda video kontent qiling va zavqlaning.
AR Player – xayolot erkinligi.

Yangilangan O'ynAr kamerani yuklab olish uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uicgame.ARPlayer

O'zbekistonning eng mohir geymdevlaridan biri - UIC Games jamoasi o'tgan bir necha oy ichida salmoqli loyihalar yaratish...
07/07/2020

O'zbekistonning eng mohir geymdevlaridan biri - UIC Games jamoasi o'tgan bir necha oy ichida salmoqli loyihalar yaratishga ulgurdi:

Block Runner, Mental Arifmetika, Chaqqon barmoqchalar, Piper Fly kabi video-o'yinlar va ularning mobil ilovasi foydalanuvchilarga manzur bo'ldi.

Senior, middle va junior darajadagi dasturchi, illustrator va 3D dizaynerlaridan iborat UIC jamoasi tez kunlarda mashhur tarixiy shaxsga bag'ishlab sarguzasht-jangari janridagi video-o'yinni taqdim etishni rejalashtirgan.
UIC jamoasining kelgusidagi maqsadi - kompyuter o'yinlarining yillik ko'rgazmasi bo'lmish E-3 Expo'ni zabt etish.

Bugundan boshlab Co-Learning Center jamoasi a’zolari bilan tanishtirib borishga qaror qildik. Bizning birinchi qahramoni...
19/06/2020

Bugundan boshlab Co-Learning Center jamoasi a’zolari bilan tanishtirib borishga qaror qildik. Bizning birinchi qahramonimiz Elbek Sattorov.

O’zbekistonda video o’yin yaratuvchilari barmoq bilan sanagudek. Ularning ichida o’z soha mutaxassisi bo’lish esa ancha mehnat talab qiladi.

Elbek Sattorov – UIC Games’da Team Leader, Senior Game Developer, 25 yoshda. Elbek Sattorov barmoq bilan sanagulik Gamerlardan biri bo'lib, o'zining birinchi o'zbek video o’yinini 2018-yilda yaratgan. Hozirgacha O’zbekiston hamda xalqaro tanlov va forumlar qatnashuvchisi. Ulardan eng yirigi Moldaviyaning Kshinyov shahrida o'tkazilgan "GameChanger 2018" xakaton.

Ayni kunlarda Elbek Sattorov ko’plab loyihalar ustida ishlamoqda. Kelgusidagi rejalaridan eng kattasi -o'zimiz yaratgan mahsulotlarni "Electronic Entertainment Expo" xalqaro festevalida taqdim etish.

Qahramonimiz haqida keltirgan ma’lumotlarimizga qo’shimcha hamda boshqa qiziqarli loyihalar haqida ertaga 19:00 da UIC GAMES’ning Instagram sahifasida http://www.instagram.com/uic.games bo’ladigan liveda bilib olishingiz mumkin.

🙌Chaqqon barmoqchalar – oʻzbek tilida tez va toʻgʻri yozish mashgʻulot dasturiy ilovasi.✍️Koʻzlaringiz matn uzra yugurga...
12/06/2020

🙌Chaqqon barmoqchalar – oʻzbek tilida tez va toʻgʻri yozish mashgʻulot dasturiy ilovasi.

✍️Koʻzlaringiz matn uzra yugurgani sari, sizning klaviaturada yozish mahoratingiz ham oshib boraveradi. Bir vaqtning oʻzida Barmoqchalaringizni oʻzi gaplarni teradi, ham miyangiz yangi bilimlar bilan toʻladi.

💻Ilova qulay interfeysi va soddaligi bilan oʻzining boshqa analoglaridan tubdan farqlanadi. Oʻzingizdagi oʻzgarishlarni “bittada sezasiz”.

🙋‍♂️Kichik interaktiv ilovamizda nafaqat oʻz ustingizda ishlashingiz, balki doʻstlaringiz bilan maroqli vaqt oʻtkazishingiz mumkin. Kim tezroq va savodliligini aniqlashtirib oling!

🤟Ilovamiz Windows, Linux, MacOS tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Quyidagi linkʼlar orqali kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin:

Windows:
https://colearning.uz/files/chaqqon-barmoqchalar/chaqqon-windows.zip

Linux:
https://colearning.uz/files/chaqqon-barmoqchalar/chaqqon-linux.zip

MacOS:
https://colearning.uz/files/chaqqon-barmoqchalar/chaqqon-mac.zip

P.S.: Xizmatlar litsenziyalangan. Mahsulot sertifikatlangan oʻrtoqlar.

P.S.S: Izohlarda erishgan natijalaringizni hamda feedback (tavsiyalar) qoldiring.

Ramazon Hayiti muborak!UIC Games jamoasi qutlugʻ k***a siz va oila aʼzolaringizni Mohi Ramazon Hayit ayyomi bilan chin q...
24/05/2020

Ramazon Hayiti muborak!
UIC Games jamoasi qutlugʻ k***a siz va oila aʼzolaringizni Mohi Ramazon Hayit ayyomi bilan chin qalbidan tabriklaydi. Barcha qilgan ezgu niyatlaringiz amalga oshsin!

Tutgan roʻzangiz qabul boʻlsin. Ramazon oilangizga nur va eng ulugʻlarni olib kelsin.

Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin!UIC GAMES fursatdan foydalanib barchangizni qutlug' kun bilan qalban muborakbod ...
08/05/2020

Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin!
UIC GAMES fursatdan foydalanib barchangizni qutlug' kun bilan qalban muborakbod etadi!
Mazkur ulug' kun jasorati va qahramonliklari xotiramizda abadiy qolajak. G'alaba ruhi qalblarni junbishga keltirib yangi muvaffaqiyat va yutuqlarga ilhomlantirsin. Zaminda tinchlik abadiy hukmron bo'lsin.

С Днём Памяти и Почести!Воспользовавшись случаем команда UIC GAMES от всей души поздравляет с великим днём! Пусть мужество и героизм этого великого праздника никогда и никем не забываются. Пусть дух победы воодушевляет сердца и ведёт вперёд — к новым подвигам, успехам и достижениям. И пусть весь мир всегда живёт в мире.

Har bir oilaga tinchlik hamda farovonlik, chiroyli sabr hamda totuvlik tilaymiz! 🌙UIC Games jamoasi.
23/04/2020

Har bir oilaga tinchlik hamda farovonlik, chiroyli sabr hamda totuvlik tilaymiz! 🌙

UIC Games jamoasi.

Address

Chilonzor 7, 2A-23
Tashkent
100096

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when UIC Games posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to UIC Games:

Share

Category


Other Game Publishers in Tashkent

Show All