Muhim24.uz

Muhim24.uz muhim24.uz veb-sayti facebook sahifasi. Oʻzbekiston va jahonning eng muhim xabar va yangiliklari

🌸Navro'zi olam muborak, azizlar!Navro‘zi olam – sharqona yangi yil - o‘zining yangilanish fasli hisoblanmish bahor nafas...
21/03/2024

🌸Navro'zi olam muborak, azizlar!

Navro‘zi olam – sharqona yangi yil - o‘zining yangilanish fasli hisoblanmish bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbiga chuqur singib ketganligi, har bir oila, har bir xonadonga olam-olam shod-u xurramlik, quvonch olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli bo`lib kelgan milliy bayramdir.
Barchamizning tilagimiz – Yaratganning o‘zi yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt-u saodat bersin, dasturxonimiz to‘kin, rizqimiz butun qilsin!

Yana bir bor barchamiz Muborak bo'lsin deb qolamiz!

Hurmat bilan MUHIM24.uz jamoasi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi“Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli boʻlgan,...
11/03/2024

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi

“Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli boʻlgan, barcha ezgu niyatlar ijobat boʻladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga oʻzimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Ramazoni sharif el-yurtimizga qut-baraka, har bir xonadonga shodu xurramlik, yangi yutuq va omadlar olib kelsin!

Ramazon oyi yana bir bor barchamizga muborak boʻlsin!”, - deyiladi prezident tabrik soʻzida.

11/03/2024


🌙Kimlarning duosi qaytarilmaydi?

Ramazon oyi fazilatlaridan taqdim etishda davom etamiz...

AQSHda xotinini pichoqlagan o‘zbekistonlik erkakni politsiya otib tashladi👉👉 https://muhim24.uz/3155/
11/03/2024

AQSHda xotinini pichoqlagan o‘zbekistonlik erkakni politsiya otib tashladi

👉👉 https://muhim24.uz/3155/

O’zbekistonda taroveh namozlari qaysi hududda va qaysi vaqtda o’qilishi ma’lum qlindi👉👉 https://muhim24.uz/3134/
07/03/2024

O’zbekistonda taroveh namozlari qaysi hududda va qaysi vaqtda o’qilishi ma’lum qlindi

👉👉 https://muhim24.uz/3134/

So’nggi 5 yilda O‘zbekistonda ekin maydonlari 43,3 ming gektarga qisqargan👉👉 https://muhim24.uz/3125/
06/03/2024

So’nggi 5 yilda O‘zbekistonda ekin maydonlari 43,3 ming gektarga qisqargan

👉👉 https://muhim24.uz/3125/

⚡️O’zbekiston rus gazi importini to’rt barobar oshirmoqchiQozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining Qozog‘iston ...
06/03/2024

⚡️O’zbekiston rus gazi importini to’rt barobar oshirmoqchi

Qozog‘iston Energetika vazirligi Rossiya gazining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit hajmini 2026-yildan boshlab avvalroq rejalashtirilgan yiliga 3 mrld kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

👉👉 https://muhim24.uz/3122/

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi ...
06/03/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi

👉👉 https://muhim24.uz/3120/

19/02/2024


⚡️ ❗️ "Zapravka"lardagi vaqtinchalik ishlamaslik yo'l haqqining oshishiga sabab bo'ldi

Bugun Paxtachi markazidan Navoiy shahrigacha yengil marshrutlar bir yo'lovchiga 10 ming so'mgacha ko'tarilgan (doimiy narx 5-7 ming soʻm);

Navoiy shahri ichki qatnov ham biriga-bir oshirilishi kuzatildi. Taksilarda bir yo'lovchi uchun xizmat narxi 10 ming so'mga oshgan (avvalgi narx 4-7 ming so'mni tashkil etadi).

Bunda esa haydovchilar "zapravka"larda gaz bo'lmasligi, vaqtincha to'xtatib qo'yilishi bilan izohlashmoqda.

Albatta, bu kabi vaziyatda bor gap har kuni o'qish yoki ish bilan yo'lda qatnovchilarga og'ir tushadi.

Aslida bunday vaziyatlarda bir-birimizni qo'llab, narxlarni sun’iy oshirmasdan turish insofdan bo'lardi.

O'tgan yili ham anomal sovuq bahonasida narxlarda keskin oshirilish kuzatilgan.

Xullas, bizda ommaviy madaniyatdagi bu kabi "kibr"lar ko'tarilmas ekan, hali beri ahvol ham o'nglanishiga umid juda "chatoq" bo'ladi... 😔😔😔

Sherzod Qudratxoʻjaning mamlakatda yashaydiganlar oʻzbek tilini bilmasligi haqida bergan bayonoti ruslarga yoqmadiRossot...
15/02/2024

Sherzod Qudratxoʻjaning mamlakatda yashaydiganlar oʻzbek tilini bilmasligi haqida bergan bayonoti ruslarga yoqmadi

Rossotrudnichestvo Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi bilan barcha aloqalar toʻxtatilganini maʼlum qildi. Bunga sabab sifatida Sherzod Qudratxoʻjaning mamlakatda yashaydiganlar oʻzbek tilini bilmasligi haqida bergan bayonoti koʻrsatilgan.

👉👉 https://muhim24.uz/2974/

Shahar va tumanlarda faoliyat yurituvchi hokimlar rejasiz ish qilishadi – Toshkent viloyati hokimi Zoir MirzayevToshkent...
15/02/2024

Shahar va tumanlarda faoliyat yurituvchi hokimlar rejasiz ish qilishadi – Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev quyi tizim rahbarlari — shahar va tumanlarda faoliyat yurituvchi hokimlar davlat dasturlari va qarorlarini o‘qimasligini, rejasiz ishlashini aytib, ularni tanqid qildi.

👉👉 https://muhim24.uz/2968/

 Кўп хатоларимни англади… англаттирди… “…Бизнинг билдигимиз шугина, ҳозирча.Янаям Ўзи билгувчироқ”Китобнинг 96-бети,“Қор...
15/02/2024


Кўп хатоларимни англади… англаттирди…

“…Бизнинг билдигимиз шугина, ҳозирча.
Янаям Ўзи билгувчироқ”
Китобнинг 96-бети,
“Қора суяклар” қиссасининг энг охирги жумласи.
Нима бўлди-ю хаёлимга турли воқеа­ларга асосланган қандайдир матнлар келди. Ҳозир ўшаларни ўқисам, ўзим­нинг устимдан куламан, лекин бир замонлар кулганларни ту­шунмаган эканман… “Ҳикоя”лар билан тўлдирган дафтаримни қўлтиқ­лаб, она тили ва адабиёт муаллимамизнинг олдига бордим. Кўз югуртириб, “Сенда яхши иқтидор бор, буларни газета­да­ги­ларга ҳам кўрсатсанг бўлади”, деб қол­ди. Ва менга туманимиз газетасида ишлаёт­ган­ларнинг телефон рақам­ла­ри­ни ҳам топиб берди. Бироз қувонч, бироз хавотир пайдо бўлди, менда…

👉👉 https://muhim24.uz/2956/

Davlatga qariyb 500 million so’mlik zarar yetkazgan 2 ta mayning ferma fosh etildi👉👉 https://muhim24.uz/2965/
15/02/2024

Davlatga qariyb 500 million so’mlik zarar yetkazgan 2 ta mayning ferma fosh etildi

👉👉 https://muhim24.uz/2965/

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Paxtakor futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulus...
19/01/2024

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Paxtakor futbol klubi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini maʼlum qilingandi (https://t.me/muhim24Uz/13030).

Endi esa bu jarayon to'xtatildi.

“O‘tgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rgangan holda, ‘Paxtakor futbol klubi’ MChJning 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtincha to‘xtatildi”, — deyiladi Davaktiv xabarida.

Endilikda yoʻllardagi kameralar ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlaydi
06/01/2024

Endilikda yoʻllardagi kameralar ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlaydi

“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga a’zo bo’lgan yigitga hukm o’qildi 2023-yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomon...
06/01/2024

“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga a’zo bo’lgan yigitga hukm o’qildi

2023-yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan diniy oqim aʼzosi qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Batafsil 👉👉 https://muhim24.uz/2706/

Endi chiqindi uchun pul toʻlamasangiz, elektr uchun pul toʻlay olmaysiz 2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nuku...
06/01/2024

Endi chiqindi uchun pul toʻlamasangiz, elektr uchun pul toʻlay olmaysiz

2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari boʻyicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2024-yilning 1-noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2025-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga toʻlovni amalga oshirishda cheklovlar oʻrnatiladi.

Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni 4-bandida belgilab qoʻyilmoqda.

Gazli va energetik ichimliklarga aksiz soligʻi joriy qillinadi2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar yoki boshqa shirinlas...
05/01/2024

Gazli va energetik ichimliklarga aksiz soligʻi joriy qillinadi

2024-yil 1-apreldan tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki hushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan, gazlangan hamda isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklarga aksiz soligʻi joriy etiladi. Bu boʻyicha tegishli qonun qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, Soliq kodeksining 289-3-moddasi 1-qismi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilmoqda

— Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki hushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan, gazlangan hamda isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklarning (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litri uchun 500 soʻm;

— Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning 1 litri uchun 2 000 soʻm miqdorida aksiz soligʻi belgilanadi.

“Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarining chipta narxi oshadi20-yanvardan “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nas...
05/01/2024

“Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarining chipta narxi oshadi

20-yanvardan “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “Oʻzbekiston” poyezdlarining chipta narxi 20% ga oshmoqda

▪️Toshkent – Buxoro – Toshkent
VIP 636 ming soʻm
Biznes 462 ming soʻm
Ekonom 336 ming soʻm

▪️Toshkent – Qarshi – Toshkent
VIP 534 ming soʻm
Biznes 390 ming soʻm
Ekonom 282 ming soʻm

▪️Toshkent – Samarqand – Toshkent
VIP 396 ming soʻm
Biznes 276 ming soʻm
Ekonom 204 ming soʻm etib belgilandi.

Endi bir qator ijtimoiy toʻlovlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi2024-yil 1-yanvardan boshlab bir q...
05/01/2024

Endi bir qator ijtimoiy toʻlovlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi

2024-yil 1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy toʻlovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkazildi:

➖ Yoshga oid nafaqa;
➖ Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
➖ Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakiliga nafaqa;
➖ Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
➖ 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
➖ Kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
➖ Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
➖ Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
➖ Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”) .

Bunda ijtimoiy toʻlovlar uchun ariza berish, ularni koʻrib chiqish, tayinlash va toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Mazkur ijtimoiy toʻlovlar bilan bogʻliq barcha murojaatlarni tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi.

 :Prezident Adminstratsiyasi sobiq rahbari Sardor UMRZOQOV:"“Baʼzi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki ido...
05/01/2024

:
Prezident Adminstratsiyasi sobiq rahbari Sardor UMRZOQOV:
"“Baʼzi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning masʼul rahbarlari oʻzlarini goʻyo xonlardek tutib, toʻrachilik kayfiyatiga berilib ketganlar.
. . sharafli masʼuliyatini unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun oʻtkazayotgan masʼul shaxslarni kim deb atash mumkin?"

  ⚡️❗️💰2024-yilda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar qanchaga oshishi ma’lum qilindi2024-yilda byu...
02/11/2023


⚡️❗️💰2024-yilda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar qanchaga oshishi ma’lum qilindi

2024-yilda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda.

Davlat byudjeti loyihasiga koʻra, kelgusi yilda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarga 9,6 trln soʻm ajratish koʻzda tutilgan.

Batafsil 👉👉 https://muhim24.uz/2365/

Endi jamoat joylarida yuzni berkitgan jarima to’laydi. Xo’sh, qoidalar qanday bo’lmoqda?Jamoat joyida shaxsini identifik...
01/11/2023

Endi jamoat joylarida yuzni berkitgan jarima to’laydi. Xo’sh, qoidalar qanday bo’lmoqda?

Jamoat joyida shaxsini identifikatsiya qilib boʻlmaydigan darajada yuzini bergitganlik uchun javobgarlik belgilandi

Batafsil 👉👉 https://muhim24.uz/2362/

 Gender tengligiga amal qilmaganlar jarimaga tortiladiJins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan xotin-qizla...
01/11/2023


Gender tengligiga amal qilmaganlar jarimaga tortiladi

Jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) rag‘batlantirish...

Batafsil 👉👉 https://muhim24.uz/2359/

  Toshkentda xalqro transport yo’laklari bo’yicha hujjatlar imzolandiBugun Toshkentda xalqaro transport yoʻlaklari boʻyi...
01/11/2023


Toshkentda xalqro transport yo’laklari bo’yicha hujjatlar imzolandi

Bugun Toshkentda xalqaro transport yoʻlaklari boʻyicha quyidagi hujjatlar imzolandi

Batafsil 👉👉 https://muhim24.uz/2356/

01/11/2023


⚡️❗️ Afg'onistonda o'zbek tili davlatning ikkinchi rasmiy tili bo'lishi mumkin

Afg‘onistonning Faryob universiteti professori Muhammad Ashraf Sharifiy Tolibondan o‘zlari ishlab chiqayotgan konstitutsiyaga o‘zbek tilini mamlakatning rasmiy tillaridan biri sifatida kiritishni so‘radi.

01/11/2023


❗️ 10-noyabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga qo‘shimcha 60 ming tonna ko‘mir yetkazib berish topshirildi

Hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan, oqibatda ishlab chiqarilgan elektrning 12 foizi yo‘qotilgani ma'lum qilindi.
20 ta tumanda elektr yo‘qotishlari hajmi respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar yuqori. Shu munosabat bilan Energetika vazirligiga hududlarda eskirgan transformator va tarmoqlarni yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlari va prokurorlariga dasturni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 2026-yilga borib jami yo‘qotishlar hajmini 8 foizga tushirish shartligi ta’kidlandi.

Address

Paxtachi Tumani, Ziyovuddin Shaharchasi Istiqlol Ko'chasi "Matbuot Uyi" Binosida
Samarkand

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00

Telephone

+998997337308

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Muhim24.uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Muhim24.uz:

Videos

Share