NKMK jamg‘armasi

NKMK jamg‘armasi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" Davlat muassasasi
Telegram: https://t.me/nkmk_jamgarmasi

 "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg'armasi" davlat muassasasi, "Farhod" madaniyat saroyiga qarashli "Bolalar ijodiy...
15/01/2025



"Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg'armasi" davlat muassasasi, "Farhod" madaniyat saroyiga qarashli "Bolalar ijodiyoti markazi"dagi to‘garaklarga qatnab, respublika, viloyat va shahar miqyosida o'tkazib kelinayotgan qator musoboqalarda yaxshi natijalarni qo'lga kiritib kelayotgan faol ishtirokchilar e'tirof etildi.

Bolajonlar egallab borayotgan hunari ortidan erishayotgan yutuqlari ularning ota-onalari qatorida ustozlarini ham behad xursand etadi.

Tadbirda iste'dodli bolalar NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi va "NKMK jamg‘armasi" DM tomonidan ajratilgan sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

  Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasida Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan hi...
15/01/2025




Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasida Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda viloyat "NKMK jamg‘armasi" DM Bosh direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi J. Shuhratov ishtirok etib, o‘z maʼruzalarida quyidagilarni taʼkidlab o‘tdi.

14 - yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Bayram sanasi O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog‘liqdir: 1991-yilning 31- avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o‘zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni eʼlon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonoti esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Tadbir so‘ngida viloyat Ekologiya boshqarmasida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarida faol ishtiroki uchun "NKMK jamg‘armasi" DM Bosh direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi J. Shuhratov boshqarma tashakkurnomasi va esdalik sog'asi bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

  O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan "Zafarobod" hududiy boshqarm...
15/01/2025



O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan "Zafarobod" hududiy boshqarmasida Quriqlash xizmati xodimlari orasidagi fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadigan bir guruh xodimlar hududiy boshqarma rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.

 YIGITLAR INTELLEKTI SINOVDAN O‘TDI14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Farhod" madaniyat saroyida "Za...
15/01/2025



YIGITLAR INTELLEKTI SINOVDAN O‘TDI

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Farhod" madaniyat saroyida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirda "NKMK" AJ, "NKMK jamg‘armasi" DM va "Navoiyuran" DKning o‘nta jamoasi qatnashdi. Faollik va bilim birlashib, jamoalar eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun kurash olib bordilar.

Savollar yigit kishi bilishi lozim bo‘lgan va ular duch keladigan jarayonlarni nazarda tutib tuzildi. Ikki raunddan ibirat bahsda 24 ta savol o‘rtaga tashlandi.

Yakunda Navoiy mashinasozlik zavodining "Impuls" jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasining "Avtomatika" jamoasi hamda Tibbiy-sanitariya bo‘limining "Shifokorlar" jamoasi 2 va 3-o‘rinlarni egalladi.
Har bir ishtirokchi nafaqat o‘z aql-zakovati, balki munosib tanlov mahoratini ham namoyon etdi.

15/01/2025

KUNINGIZ XAYRLI O‘TSIN!

Doʻsti yoʻq bilan sirlash

Yomon doʻst soyaga oʻxshaydi. Peshonangga kun tugʻsa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut toʻplansa, izlab t**a olmaysan.

Doʻsti yoʻq bilan sirlash, doʻsti koʻp bilan siylash.

Qaygʻusizdan uzoq qoch, qaygʻuliga quchoq och.

ABAY.
_____________________


"Nurobod" hududiy boshqarmasining "Maxsus kiyim tikish sexi" tavsiya etadi!

✅ Eng sifatli va arzon mahsulotlar bizda

  ➡️Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachila...
14/01/2025



➡️Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Karmana tumanidagi "Motamsaro ona" haykali poyiga Navoiy viloyati hokimligi, huquq-tartibot idoralari, korxona, tashkilot, muassasalar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi.

Tantanali marosimda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" DM vakillari ham ishtirok etib, Vatanimiz uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdi.

  "So'g'diyona" jismoniy tarbiya va sport klubi Gandbol zalida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab "So'g'd...
14/01/2025




"So'g'diyona" jismoniy tarbiya va sport klubi Gandbol zalida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab "So'g'diyona" JTSK bolalar va o'smirlar sport maktabi sport bo'limlari o'g'il bola shug'ullanuvchilari o‘rtasida "Balli yigitlar" kuch sinashish sport musobaqasi o'tkazildi.

Uchbu musobaqada 8 ta bo'limdan 100 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqa 5 ta shart asosida o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida 🥇Kurash bo'limi jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 🥈Boks bo'limi jamoasi ikkinchi, 🥉yunon-rum kurashi bo'limi jamoalari uchinchi o‘rinlarni band qilishdi.

Musobaqa yakunida ishtirokchi hamda g'oliblar "NKMK jamg'armasi" DM tomonidan ajratilgan diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirlandi.

 💐Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari! "NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasi Siz azizlar...
14/01/2025



💐Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari!

"NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Siz borki, hayot yoʻlimiz charogʻon, tinch osmon ostida baxtli bolalar kulgusi jarang sochadi.

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz sizlar kabi botir va dovyurak ona yurt farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida amalga oshirayotgan zaxmatli mehnatingiz yo‘lida hamisha sobit qadam bo‘ling!

"NKMK jamg‘armasi" DM jamoasi

  "So'g'diyona" jismoniy tarbiya va sport majmuasi Gandbol zalida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab "NKM...
13/01/2025




"So'g'diyona" jismoniy tarbiya va sport majmuasi Gandbol zalida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab "NKMK" AJ, "NKMK jamg'armasi" DM va "Navoiyuran" DK erkak ishchi-xodimlari orasida "Balli yigitlar" kuch sinashish sport musobaqasi o'tkazildi.

Uchbu musobaqada kombinat bo'linmalaridan jami 25 nafar erkaklar ishtirok etishdi. Musobaqa 5 ta shart asosida yigitlar sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida ishtirokchilar, sovrindorlar hamda g'oliblar "NKMK jamg'armasi" DM tomonidan ajratilgan diplomlar, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

 BOLAJONLARDA YANGI YIL KAYFIYATI DAVOM ETMOQDA "Zafarobod" hududiy boshqarmasida NKMK xodimlari kasaba uyushmasi  Kenga...
13/01/2025



BOLAJONLARDA YANGI YIL KAYFIYATI DAVOM ETMOQDA

"Zafarobod" hududiy boshqarmasida NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan yil davomida barcha konsert tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan "Yoshlik" madaniyat va sport majmuasi to‘garak a'zolari uchun shirin dasturxon tashkil etildi.

Yil sarhisobi bo‘yicha iqtidorli-iste'dodli, tadbir va sport musobaqalarida yuqori yutuqlarga erishib, yaxshi natija ko‘rsatgan mahoratli bolajonlar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ta'til vaqtida tashkil etilgan ushbu ko‘ngilochar, madaniy dam olish tadbiridan bolajonlar o‘zgacha zavq olishdi.

YANGI BOSHLANGAN HAFATANGIZ XAYRLI VA SAMARALI O‘TSIN!Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot ...
13/01/2025

YANGI BOSHLANGAN HAFATANGIZ XAYRLI VA SAMARALI O‘TSIN!

Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

Alixonto‘ra SOG‘UNIY.
_________________



"Uchquduq" hududiy boshqarmasining “Lochin” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Quvnoq startlar” sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada "NKMK" AJ, "NKMK jamg'armasi" DM va "Navoiyuran" DKning 8 ta jamoa ishtirok etdi.

G‘olib va ​​sovrindorlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

10/01/2025



"NKMK jamg‘armasi" tasarrufidagi sanatoriy-profilaktoriylarini davolash uskunalari bilan boyitib kelmoqda. Yaqinda Nurobod tumanidagi "Nurobod" bolneologik sanatoriy-profilaktoriysi Kedr boshkasi bilan ta'minlandi.

Kedr boshka — muolajasini miniatyura sauna bilan solishtirish mumkin. Bochkada to’yingan bug’ning zich atmosferasi hosil bo’ladi, bu butun tanani hujayra darajasida yaxshilab, isitish imkonini beradi. Bug’ generator orqali yetkazib beriladi. Uning ta'siri ostida terining teshikchalar kengayadi va tana teri orqali zaharli moddalardan tozalanadi. Bu metabolizmni yaxshilaydi va buyraklardagi yukni kamaytiradi.

Muolajaning afzalliklari:
🔹qon oqimi normallashadi;
🔹 surunkali charchoq, stress yo’qoladi;
🔹 barcha tana tizimlari tozalanadi;
🔹selyulit va qarishga qarshi ta’sir mavjud;
🔹bo’g’imlarning harakatchanligini oshadi;
🔹immunitet mustahkamlanadi;
🔹ruhiy va jismoniy zo'riqishda ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

KUNINGIZ XAYRLI O‘TSIN!IKKI EMAS, TO’RT TIL LOZIMBiz turkistoniylarg’a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. ...
10/01/2025

KUNINGIZ XAYRLI O‘TSIN!

IKKI EMAS, TO’RT TIL LOZIM

Biz turkistoniylarg’a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. Turkiy, ya’ni o’zbekini sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o’zbakiy so’ylashur.

✍️ Mahmudxo‘ja Behbudiy
_________________________



Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchiligining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi.

Adib tavalludining 150 yilligiga bag'ishlab "Farhod" madaniyat saroyi kutubxonasi davriy nashrlar bo'limida gazeta va jurnallardan iborat ko'rgazma tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschi, atoqli adib, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qarorini keng targ‘ib qilish maqsadida kutubxonachi Muqaddas Aslonova Behbudiy asarlari, o‘zi yozgan va u haqida yozilgan maqolalar chop etilgan nashrlar haqida kitobxonlarga ma'lumotlar taqdim etmoqda.

09/01/2025





“Uchquduq” madaniyat saroyi jamoasi tomonidan bolajonlar uchun taqdim etilayotgan ertak tomoshasi haqida Navoiy televedeniyesining "Diyor 24" informatsion dasturida xabar berildi.

     "Nurobod" madaniyat saroyi ijodiy jamoalari tomonidan "Do‘stlik birdamlikda" nomli bolajonlar uchun Yangi yil ertag...
09/01/2025





"Nurobod" madaniyat saroyi ijodiy jamoalari tomonidan "Do‘stlik birdamlikda" nomli bolajonlar uchun Yangi yil ertagi namoyish etilmoqda.

Qishki ta'tilni nurobodlik bolajonlar maroqli o‘tkazishmoqda.

9-yanvar – Xalqaro xoreograflar kuniHar bir raqqosning yuksak mahorati va mukammal ijro etilgan go’zal raqsi ortida xore...
09/01/2025

9-yanvar – Xalqaro xoreograflar kuni

Har bir raqqosning yuksak mahorati va mukammal ijro etilgan go’zal raqsi ortida xoreografning katta mehnati o’rin olgan.

Jamg‘armaning barcha madaniyat saroylari va uylaridagi ijodiy jamoalar faoliyati, ularga qatnayotgan bolajonlarning raqs sirlaridan voqif bo‘lishi, konsert va tomoshalarning o‘tkazilishida xoreograflarimizning o‘ni beqiyos.

Bugun 9-yanvar musiqa bilan hamohang va unga jon baxsh etuvchi, raqsni san’at darajasiga ko’taruvchi muallimlar – “Xalqaro xoreograflar kuni” bilan barcha raqs san’ati ustozlarini "NKMK jamg‘armasi" davlat muassasasi jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz!

  ✅ G‘ujumsoy koni oshxonasida"NKMK jamg‘armasi"ning Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani Zarmitan qo‘rg‘onidagi "G‘ujum...
08/01/2025




✅ G‘ujumsoy koni oshxonasida

"NKMK jamg‘armasi"ning Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani Zarmitan qo‘rg‘onidagi "G‘ujumsoy" koniga "Nurobod" ovqatlantirish kombinatining 11-sonli oshxonasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur oshxonada birinchi va ikkinchi ratsion asosida 530 nafar ishchi-xodimlarning davolash profilaktik ovqatlanishi ta'minlangan.

Oshxonada 30 nafarga yaqin Jamg‘arma xodimlari belgilangan me'yorlar asosida kun-u tun sifatli va sog‘lom ovqatlanishni tashkil etmoqda.

🔵Oshxonada ratsion asosida "Do‘stlik" agrofirmasi tomonidan yetkazib berilgan sut mahsulotlari va sharbatlar tarqatilmoqda.

📷Suratda: konchilar uchun tayyorlangan kechki ovqat.

Address

Navoi

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when NKMK jamg‘armasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Videos

Share