Xalqaro hayot - 10-fevral, 2025-yil - Isroil G’azo markazidan qo’shinlarini chiqardi
- Isroil G’azo markazidan qo’shinlarini chiqardi
- Tramp Ukraina bo’yicha Putin bilan kelisha oladimi?
- Boltiq davlatlari sovet elektr tarmog’idan Yevropanikiga o’tdi
Isroil kuchlari XAMAS bilan erishilgan otashkesim shartlariga ko'ra, urush davrida sektorni ikkiga ajratgan 6 kilometrli Netzarim koridorini tark etdi. Ayni damda ko'plab g'azoliklar sektor janubidan shimoliga erkin qaytayotgani xabar qilinmoqda.
Bu orada prezident Donald Tramp AQShning G'azoga egalik da'vosi jiddiy ekanini eslatdi. Oq uy Isroil va XAMAS o'rtasidagi olti haftalik sulhni ikkinchi bosqichda davom ettirish yuzasidan bosimni kuchaytirayotgani xabar qilinmoqda. Tramp falastinliklar G'azodan boshqa hududlarga ko'chirilishini, sektor to'liq surib tashlanib, noldan qurilib, zamonaviy kurort zonasiga aylantirilishini, G'azoning ayrim hududlaridagi qurilishlarda Yaqin Sharq mamlakatlari ishtirok etishini, XAMAS G'azodan chiqarilib, keyin qayta kiritilmasligini ta'kidlamoqda.
Amerika Manzaralari: Guantanamo, fuqarolik, O'zbekiston
Bu dasturimizda:
- Guantanamo AQSh uchun endi noqonuniy migrantlar qamoqxonasi
- Amerikada tug’ilish fuqarolik kafolatimi?
- Pentagonning O’zbekiston bilan hamkorligi mustahkam
- Tramp energetik siyosati
- AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi necha pul?
- Yilning yangi avtomobillari
Kashmir mintaqasining Pokiston nazoratidagi hududlarida tibbiy xodimlar qahratonda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlamoqda. Dunyoda faqat ikki davlatda poliomiyelit qolgan – Pokiston va unga qo’shni Afg’onistonda. Yuqumli hisoblangan va davosi yo’q bu kasallik bolalarning falajlanishiga olib keladi.
Pokistonda vaksinalash ishlarini olib borayotgan shifokorlar, ularning haydovchilari va qo’riqchilariga qarshi hujumlar muntazam ro’y beradi.
Xorazm raqsi Vashington sahnasida. Kennedi san’at saroyida 🇺🇿 konsert.
AQSh poytaxtida 🇺🇿 konserti. Tafsilotlar shu kanalda.
AQSh poytaxtidagi Kennedi san'at saroyida, 8-fevral, 2025
Jenisbek Piyazov Vashington sahnasida. Kennedi san’at saroyida 🇺🇿 konsert.
O'zbekiston-AQSh: Kennedi markazida madaniy diplomatiya
8-fevral kuni AQSh poytaxtida bir soat o'zbek navolari yangradi. Kennedi san'at saroyidagi konsert - O'zbekiston elchixonasi tashabbusi. Milliy va mumtoz musiqiy dasturni Toshkentdan kelgan 12 a'zolik guruh taqdim etdi. O'tgan chorak asr mobaynida respublikadan hech kim Kennedi sahnasiga chiqmagan edi.
8-fevral, 2025: 🇺🇸Vashingtonda O’zbekistondan kelgan san’atkorlar konsert berdi
AQSh poytaxtida o’zbek madaniy kechasi. Kennedi san’at saroyida 🇺🇿 konsert.
AQSh poytaxtida o’zbek navolari. Vashingtondagi Kennedi san’at saroyida 🇺🇿 konsert.