BBC Uzbek

BBC Uzbek Bi-bi-si O'zbek Xizmati Bi-bi-si Jahon Xizmati dunyo yangiliklarini 41 tilda tayyorlab taqdim qiladi. Sizning fikr va mulohazalaringiz uchun doim ochiq.

BBC Jahon Xizmati o'z Facebook sahifasida do'stona, samimiy va ochiq suhbatni olqishlaydi, ammo, yo'llangan sharhlar yoki bahslarni olib tashlash huquqini saqlab qoladi. Bu mulohazalar bizning dasturlarimizda ham ishlatilishi mumkin. Ushbu sahifada o'zgalar fikri va qarashlarini davomli masxara qilgan shaxslar muxlislar safidan butunlay chiqarib tashlanishi mumkin.

• o'zgalarga xalaqit qiladigan,

ko'ngilni og'ritadigan va tahqirlaydigan
• irqiy, milliy, shahvoniy, dashnom beradigan va e'tirozlarga sabab bo'ladigan
• tarkibida haqoratomuz so'zlar bo'lgan
• qonnunni buzishi mumkin bo'lgan yo mas'uliyatsiz yoda noqonuniy faoliyatga yetaklaydigan (jumladan mualliflik huquqini buzish, to'hmat va mahkamaga hurmatsizlik)
• daromad vayo foyda olish maqsadida mahsulot va xizmatlarni reklama qiladigan
• o'zga shaxs nomidan yozilgan
• aloqa qilish maqsadida shaxsiy telefon nomerlar, pochta va e-mail adreslarni qoldirgan
• boshqalar tinchligi vayo mol-mulkini xavf ostiga qo'yadigan faoliyatni tasvirlagan vayo tashviq etadigan
• "spam" deya ko'riladigan (ayni khabarni ko'p martalab yo'llagan payg'omlar)
• blog, bahs vayo sahifa uchun mutlaqo aloqasi bo'lgmagan

Sharhlarni olib tashlash huquqini saqlab qolamiz

Париж-2024: Ўзбекистон медалларининг сони ва сифати бўйича МДҲ ва мусулмон дунёсидаги барчани ортда қолдирди, биринчи бў...
10/08/2024

Париж-2024: Ўзбекистон медалларининг сони ва сифати бўйича МДҲ ва мусулмон дунёсидаги барчани ортда қолдирди, биринчи бўлди, дунёда ўзининг энг зўр натижасини қайд этди:

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Parij-2024🥇🇺🇿💪: Bir Olimpiadada sakkizinchi oltin, O’zbekiston tarixiy natija qayd etdi, rekordini yangiladihttps://www....
10/08/2024

Parij-2024🥇🇺🇿💪: Bir Olimpiadada sakkizinchi oltin, O’zbekiston tarixiy natija qayd etdi, rekordini yangiladi

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

O‘zbekiston Parijda medallarining soni va sifati bo‘yicha MDH va musulmon dunyosidagi barchani ortda qoldirdi, birinchi bo‘ldi.

Shu daqiqalarda medallar jadvalida 13-o’rinni egallab, yana o’zining tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Birvarakayiga uchta sportchisi ketma-ket ikki karra Olimpiada O‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik raqibini sof hisobda yengdi.

O‘yinlarning finaliga chiqqan beshta bokschisidan so‘nggisi – Bahodir Jalolov ham shu daqiqalarda chempion bo‘ldi.

Bahodir O‘yinlarning so‘nggi uch kunida Ulug‘bek Rash*tov va Hasanboy Do‘smatovdan keyin ketma-ket bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik uchinchi sportchi bo‘ldi, O‘zbekiston tarixiga kirdi.

Bahodirniki bilan O‘zbekiston hisobidagi jami medallarning soni 13 taga yetdi. Riodagisiga tenglahdi.

O‘zbekiston Parijda qo‘lga kiritgan medallarining soni bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi ikkita natijadan bittasini, sifati bo‘yicha esa, eng zo‘rini qayd etdi.

O‘zbekiston allaqachon bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sakkizta oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Bunaqasi mustaqil O‘zbekiston va uning Olimpiya harakati tarixida bo‘lmagan.

O‘zbekistonni Parij Olimpiadasida rekord sondagi – jami 90 nafar sportchisi namoyon etdi.

Bahodirning final jangi bilan o‘zbekistonlik bokschilarning Parij Yozgi Olimpiadasiga ishtiroklari o‘z poyoniga yetdi.

Bu galgi O‘yinlarda O‘zbekistonni jami yetti nafar bokschisi namoyon etgan, ulardan beshtasi finaliga chiqdi va ulardan barchasi birdek oltin medallarini qo‘lga kiritdi.

Bunaqasi ham mamlakat tarixida ko‘rilmagan.

Parij-2024🇺🇿💪: Svetlana Osipova O‘zbekiston tarixiga kirdiU shu daqiqalarda o‘zining final bahsini o‘tkazdi, O‘yinlarnin...
10/08/2024

Parij-2024🇺🇿💪: Svetlana Osipova O‘zbekiston tarixiga kirdi

U shu daqiqalarda o‘zining final bahsini o‘tkazdi, O‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston hisobiga ikkinchi kumush, jamisini qo‘shib hisoblaganda esa, o‘n ikkinchi medalini keltirdi.

Bu o‘zbekistonlik taekvondochilar Parij Yozgi Olimpiadasida qo‘lga kiritgan ikkinchi medal bo‘ladi.

Svetlanadan avval Ulug‘bek Rash*tov bu galgi O‘yinlarning ham oltin medalini olishga muvaffaq bo‘lgan, ikki karra Olimpiada chempioniga aylangandi.

Ammo Svetlana o‘zining bu yutug‘i bilan bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindoriga aylangan ilk o‘zbekistonlik ayol taekvondochi sifatida tarixga kirdi.

Bugun yana o‘zbekistonlik so’nggi bokschi ham Parij Yozgi Olimpiadasining oltin medali uchun o’zining yakuniy jangini o’tkazadi.

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida yettinchi oltinO‘zbek bokschilari o‘zlarining Riodagi tarixiy yutuqlarini yangilash...
10/08/2024

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida yettinchi oltin

O‘zbek bokschilari o‘zlarining Riodagi tarixiy yutuqlarini yangilashdi. Parijda allaqachon yangi rekord o‘rnatishdi.

O‘yinlarning to‘rtta oltin medalini qo‘lga kiritishdi.

Ularniki bilan birga O‘zbekiston hisobidagi jami oltin medallarning soni hozircha yettitaga yetdi.

Ular ketma-ket to‘rtinchi final jangini ham g‘alaba bilan yakunlashdi, o‘zlarining g‘alabali seriyalarini davom ettirishdi.

Shu daqiqalarda Abdumalik Xalokov ham qirg‘izistonlik bokschiga qarshi final jangini o‘zining foydasiga hal qildi.

O‘z vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan Abdumalik havaskor boksdagi karyerasida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

O‘zbek bokschilari Yozgi Olimpiada O‘yinlaridagi tarixiy natijalarini so‘nggi bor 2016 yil Rioda qayd etishgan.

O‘shanda O‘yinlarning kumush va bronzlari barobarida uchta oltin medalini qo‘lga kiritishgan.

Parijda esa, hisobidagi to‘rttasidan tashqari o‘zbekistonlik beshinchi bokschi ham Olimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turibdi.

Amaldagi Olimpiada chempioni bo‘lgan Bahodir Jalolov(+92 kg)ning final jangi bugun Toshkent vaqti tungi soat 01:51 da boshlanadi.

Bahodir ikki karra Olimpiada chempionligi uchun ispaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Agar, final jangida g‘alaba qozonsa, u Parij Olimpiadasida Ulug‘bek Rash*tov va Hasanboy Do‘smatovdan keyin ikki karra Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan uchinchi sportchi bo‘lib O‘zbekiston tarixiga kiradi.

Bahodir Jalolov o‘z vazn toifasida o‘zbekistonlik eng nomdor bokschilardan biri bo‘ladi.

Amaldagi Olimpiada, bir necha karra jahon va Osiyo chempioni, Osiyo O‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan bokschi sanaladi.

Bahodirning final jangi bilan o‘zbekistonlik bokschilarning Parij Yozgi Olimpiadasiga ishtiroklari o‘z poyoniga yetadi.

Bu galgi O‘yinlarda O‘zbekistonni jami yetti nafar bokschisi namoyon etgan, ulardan beshtasi finaliga chiqqan va beshovlon ham uning oltin medallarini qo‘lga kiritishlari mumkin bo’ladi.

Bunaqasi mustaqil O‘zbekiston tarixi va Olimpiya harakati tarixida bo‘lmagan.

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida oltinchi oltin medalJamoaga navbatdagi oltinini erkin kurashchisi keltirdi.https://...
10/08/2024

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida oltinchi oltin medal

Jamoaga navbatdagi oltinini erkin kurashchisi keltirdi.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Shu daqiqalarda Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida Olimpiada O‘yinlarining chempioniga aylandi.

Final bahsida yaponiyalik raqibini ham mag‘lub etdi.

O‘zbekiston erkin kurashda Yozgi Olimpiada O‘yinlarining oltin medalini so‘nggi bor 2004 yilda Afinada qo‘lga kiritgan.

Ramazbek 20 yilda deganda afsonaviy erkin kurashchi Artur Taymazovning yutug‘ini takrorladi.

Bu Parijda o‘zbekistonlik erkin kurashchilar qo‘lga kiritgan ikkinchi medaldir.

Bundan avval G‘ulomjon Abdullayev 57 kg vazn toifasida Parij Yozgi Olimpiadasining sovrindoriga aylangan, bronza medaliga ega chiqqan.

Razambekniki bilan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hisobidagi jami medallarning soni o’ntaga yetdi.

O‘zbekiston medallarining ham soni va ham sifati jihatidan allaqachon dunyoda yuqori yigirmatalikka kirgan, qolgan barcha postsovet davlatlarini ortda qoldirib ketgan.

Medallarining sifatida jihatidan esa, Parijda o‘zi uchun tarixiy natija qayd etgan, Riodagi tarixiy yutug‘ini yangilagan.

26 iyulda tantanali ochilgan O‘yinlar ertaga, 11 avgust kuni o‘z poyoniga yetadi.

Bugun o‘zbekistonlik so‘nggi ikki bokschi va yana bir ayol taekvondochisi ham o‘zlarining final janglarini o‘tkazishadi, Parij Yozgi Olimpiadasi chempionligi va oltin medallari uchun dayanga va ringga chiqishadi.

Bu galgi Olimpiadada jami besh nafar O‘zbek bokschisi O‘yinlarning finaliga chiqqan.

Ulardan uch nafari allaqachon O‘yinlarning oltin medallarini qo‘lga kiritishgan.

Parij-2024🇺🇿💪: O‘zbekiston yana bir oltin olishi mumkinShu daqiqalarda yana bir nomdor taekvondochisi O‘yinlarning final...
10/08/2024

Parij-2024🇺🇿💪: O‘zbekiston yana bir oltin olishi mumkin

Shu daqiqalarda yana bir nomdor taekvondochisi O‘yinlarning finaliga chiqdi.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Yarim final bahsini o‘zining foydasiga hal qilgan Svetlana Osipova ham O‘zbekistonga Parij Yozgi Olimpiadasining kamida kumush medalini naqd qildi.

U o‘z vazn toifasida 2022 yilgi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlarining sovrindori bo‘ladi.

Svetlana Parijda allaqachon tarixiy natija qayd etdi, bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining sovrindor o‘zbekistonlik ilk ayol taekvondochisi sifatida O‘zbekiston tarixiga kiradigan bo‘ldi.

Parij Yozgi Olimpiadasining taekvonda bo‘yicha erkaklar bahslarida ham O‘zbekiston bitta oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Uni nomdor taekvondochisi Ulug‘bek Rash*tov keltirgan.

Ulug‘bek Parijdagi yutug‘i bilan ikki karra Olimpiya chempioniga aylangan o‘zbekistonlik ilk sportchi sifatida mamlakat tarixiga kirgan.

Bugun o‘zbekistonlik sportchilar erkin kurash va boks bahslarida ham O‘yinlarning kamida kumush medallarini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turishibdi.

Parij-2024🇺🇿🥈💪: O‘zbekiston hisobida birinchi kumush medalO‘zbekiston hisobidagi jami medallarning soni to‘qqiztaga yetd...
10/08/2024

Parij-2024🇺🇿🥈💪: O‘zbekiston hisobida birinchi kumush medal

O‘zbekiston hisobidagi jami medallarning soni to‘qqiztaga yetdi.

Shu daqiqalarda og‘ir atletikachisi Akbar Jo‘rayev (-102 kg) dast ko‘tarish bahslarida O‘yinlarning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Akbar o‘zbekistonlik eng nomdor og‘ir atletikachilardan biri bo‘ladi.

O‘z vazn toifasida amaldagi Olimpiada, jahon va Osiyo chempioni, Osiyo O‘yinlari g‘olibi sanaladi.

Bungacha o‘zbekistonlik ikki sportchi – taekvondochisi Ulug‘bek Rash*tov va bokschisi Hasanboy Do‘smatov ikki karra Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishgan va O‘zbekiston tarixiga kirishgan.

Bugun yana o‘zbekistonlik uch sportchi O‘yinlarning oltin medallari uchun o‘zlarining final bahslarini o‘tkazishadi. Erkin kurash va boks bahslarida Olimpiada chempionligi uchun gilam va ringga chiqishadi.

Ularning orasida amaldagi yana bir Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham bor.

Akbarniki bilan O‘zbekiston hisobidagi jami medallarning soni to‘qqiztaga yetdi. Ulardan beshtasi oltin.

O‘zbekiston allaqachon qo‘lga kiritgan medallarining sifati bo‘yicha o‘zining tarixiy natijasini yangiladi, o‘zi uchun yangi rekord o‘rnatdi.

O‘zbekiston medallar jadvalida o‘zining 14-o‘rnini yanada mustahkamlab oldi.

Bu ham O‘zbekiston bir Yozgi Olimpiada O‘yinlari tarixida qayd etgan eng yaxshi natija bo‘ladi.

10/08/2024

"Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston parlamentida qabul qilinganida bu oy sakkiz yil toʻladi. U prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan ilk qonunlardan biri boʻlgan. Ungacha butun boshli tizim qonunsiz ishlab kelgan. Oʻtgan sakkiz yil davomida ichki ishlar sohasi qanchalik oʻzgardi?
“Diqqat, BBC” dasturining bu galgi sonida shu mavzuni muhokama qildik.

Parij-2024🇺🇿🥇💪: O‘zbekiston hisobida beshinchi oltin medalO’zbekiston kunni yana qo’shaloq oltin bilan yakunladi.O‘zbek ...
09/08/2024

Parij-2024🇺🇿🥇💪: O‘zbekiston hisobida beshinchi oltin medal

O’zbekiston kunni yana qo’shaloq oltin bilan yakunladi.

O‘zbek bokschilari final janglarini ham ketma-ket g‘alaba bilan boshlashdi.

Shu daqiqalarda Lazizbek Mullojonov ham -92 kg vazn toifasida Parij Yozgi Olimpiada O‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zining havaskor boksdagi karyerasida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

U Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevdan keyin ketma-ket final jangini ham o‘zining foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik uchinchi bokschi bo’ldi.

Parijda O’zbekiston hisobiga beshinchi oltin medalni keltirdi.

Lazizbek Mullojonov o‘z vazn toifasida so‘nggi jahon chempionatining sovrindori, 2022 yilgi Osiyo O‘yinlarining g‘olibi bo‘ladi.

Parijda o‘zbekistonlik jami besh nafar bokschi O‘yinlarning finaliga chiqqan.

O‘zbek bokschilari orasidan final janglarini boshlab bergan Hasanboy Do‘smatov kecha, 8 avgust kuni O‘zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalini keltirgan.

Hasanboy o‘zining so‘nggi yutug‘i bilan ikki karra Olimpiada chempioniga aylangan, havaskor boksda bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi sifatida mamlakat tarixiga kirgan.

O‘zbekistonlik qolgan ikki nafar bokschi o‘zining final janglarini ertaga, 10 avgust kuni o‘tkazishadi.

Ularning orasida amaldagi Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham bor.

Uch bokschisining final janglari ortidan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hisobidagi jami medallarning soni 8 taga yetdi.

Ulardan beshtasi oltin va qolganlari bronza medallaridir.

Parij Yozgi Olimpiadasida O‘zbekistonni jami yetti nafar bokschisi namoyon etgan.

Ulardan beshtasi O‘yinlarning finaligacha chiqqan.

O‘zlariga Parij Olipiadasining kamida kumush medallarini naqd qilgan.

Allaqachon O‘yinlarning biror bir ishtirokchi davlati erisha olmagan yutuqqa ham erishgan.

Parijda qo‘lga kiritajak medallarining soni bo‘yicha barcha raqib jamoalarni ortda qoldirgan.

Eng ko’p bokschisi O’yinlarning finaliga chiqqan ishtirokchi davlatga aylangan.

O’zbekistonlik bokschilari eng zo’r, tarixiy natijalarini qayd etgan 2016 yilgi Rio Olimpiadasida O’yinlarning kumush va bronzalari barobarida 3 ta oltin medalini qo’lga kiritishgan.

O‘zbekiston esa, hisobidagi beshta oltin va uchta bronzasi bilan medallar jadvalida shu bugunning o‘zida ikki bor yuqorilagan.

Lazizbekning yutug‘i ortidan yana bir pog‘ona yuqoriga sakrab, sovrindor 80 davlat orasidan 14-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Medallarining sifati bo‘yicha ham allaqachon Parijda o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, rekordini yangilagan.

Париж-2024: Асадхўжанинг ютуғи ортидан Ўзбекистон медаллар жадвалида уч поғона юқорига сакради, 15-ўринга кўтарилиб олди...
09/08/2024

Париж-2024: Асадхўжанинг ютуғи ортидан Ўзбекистон медаллар жадвалида уч поғона юқорига сакради, 15-ўринга кўтарилиб олди, барча постсовет давлатларини ортда қолдирди:
https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Parij-2024🇺🇿🥇💪: O‘zbekiston hisobida to‘rtinchi oltin medalO‘zbek bokschilari final janglarini ham ketma-ket g‘alaba bil...
09/08/2024

Parij-2024🇺🇿🥇💪: O‘zbekiston hisobida to‘rtinchi oltin medal

O‘zbek bokschilari final janglarini ham ketma-ket g‘alaba bilan boshlashdi.

Shu daqiqalarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham -71 kg vazn toifasida Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi.

O’zi uchun bir Yozgi Olimpiada O’yinlarining ilk final jangini o’tkazdi, meksikalik raqibini sof hisobda yengdi, birinchi oltin medalini oldi.

U Hasanboy Do‘smatovdan keyin final jangini ham o‘zining foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik ikkinchi bokschiga aylandi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z vazn toifasida amaldagi jahon chempioni bo‘ladi.

Parijda o‘zbekistonlik jami besh nafar bokschi O‘yinlarning finaliga chiqqan.

O‘zbek bokschilari orasidan final janglarini boshlab bergan Hasanboy Do‘smatov kecha, 8 avgust kuni O‘zbekiston hisobiga uchinchi oltin medalini keltirgan.

Hasanboy o‘zining so‘nggi yutug‘i bilan ikki karra Olimpiada chempioniga aylangan, havaskor boksda bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi sifatida mamlakat tarixiga kirgan.

Yana birozdan so‘ng o‘zbekistonlik uchinchi bokschi ham Olimpiada chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.

Lazizbek Mullojonov o‘zining final jangini ozarbayjonlik bokschiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston uchun yana bir oltin medal taqdirini hal qiluvchi jang Toshkent vaqti bilan tungi 01:34 da boshlanadi.

Parij-2024🇺🇿💪🥉: O‘zbekiston hisobida uchinchi bronza medalNavbatdagi bronza medalini jamoa hisobiga erkin kurashchisi ke...
09/08/2024

Parij-2024🇺🇿💪🥉: O‘zbekiston hisobida uchinchi bronza medal

Navbatdagi bronza medalini jamoa hisobiga erkin kurashchisi keltirdi.

G‘ulomjon Abdullayev O‘yinlarning sovrinli uchinchi o‘rni uchun bo‘lgan kurashda qirg‘izistonlik raqibini yengdi.

U o‘z erkin kurashchilik faoliyatida ilk bor bir Yozgi Olimpiada O‘yinlarining medalini qo‘lga kiritdi. G’ulomjonniki bilan O’zbekiston hisobidagi medallar soni oltitaga yetdi. Ulardan uchtasi oltin va qolgani bronza medallaridir.

Shu daqiqalarda Javrail Shapiyev (86 kg vazn toifasida) O‘yinlarning sovrinli uchinchi o‘rni uchun bo‘lgan kurashni amerikalik raqibiga boy berib qo’ydi.

O‘zbekistonlik yana bir erkin kurashchi Razambek Jamalov esa, bugun -74 kg vazn toifasida O‘yinlarning finaliga chiqdi.

Olimpiada chempionligi yoki oltin medal uchun kurashish huquqini qo’lga kiritdi.

O‘zbekistonlik kurashchilar yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarni bu gal medalsiz yakunlashgan.

09/08/2024


Kurskka hujumdan ma’ni nima? - BBC News O'zbek

Rossiyaning Ukrainaga chegaradosh Kursk viloyatida 6 avgustdan buyon janglar davom etayapti.

Ukraina u erdagi qo‘shinlarni hozircha bizniki degani yo‘q.

VVS muxbiriga ko‘ra, ko‘pchilik “Kurskka hujumdan ma’ni nima”, deb o‘ylanib qolgan va agar Donbassdagi Rossiya qo‘shinlarining bir qismini Kurskka tashlashga erishilsa ham Kiev o‘z maqsadiga erishgan bo‘ladi, demoqdalar.

Vebsahifamiz: https://www.bbc.com/uzbek
Obuna bo‘ling - https://www.youtube.com/
BBC News O'zbek yangiliklar kanaliga xush kelibsiz!
Videoga izohlar saralanadi. Haqorat, tuhmat, zo‘ravonlikka chaqiruv, reklama va spam mazmunidagi izohlarni o‘chirish huquqimizni o‘zimizda qoldiramiz. Afsuski, bizda izohlarni o‘z vaqtida chiqarish imkoniyati yo‘q, shu bois bildirgan fikrlaringiz shu zahoti chop etilmasligi mumkin. To‘g‘ri tushunganingiz uchun tashakkur!
​ O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va dunyo bo‘ylab yuzlab muxbirlarimizdan keladigan video yangiliklar har kuni mana shu kanalda. Nafaqat yangiliklar, balki qiziqarli voqealar, san’at, musiqa, madaniyat va tarix haqida betakror video filьmlar uchun ham kanalimizga a’zo bo‘ling - https://www.youtube.com/user/bbcuzbek​
Vebsahifamiz - bbc.com/uzbek
Facebook: https://www.facebook.com/bbcnewsuzbek​
OK.RU: https://ok.ru/bbcuzbek​
Instagram: https://www.instagram.com/bbcuzbek/​
Telegram: https://t.me/bbcuzbek​
BBC News O'zbek - BBC News O'zbek tilida, onlayn, TV va ijtimoiy tarmoqlarda
Uzbekistan - Uzbekistan - O'zbekiston - Uzbekiston

Instagram: https://www.instagram.com/bbcuzbek/​
Telegram: https://t.me/bbcuzbek​
BBC News O'zbek - BBC News O'zbek tilida, onlayn, TV va ijtimoiy tarmoqlarda
Узбекистан - Uzbekistan - O'zbekiston - Узбекистон

Parij-2024🇺🇿💪🥈: O‘zbekiston hisobida kamida kumush medalhttps://www.bbc.com/uzbek/world-69254794Shu daqiqalarda erkin ku...
09/08/2024

Parij-2024🇺🇿💪🥈: O‘zbekiston hisobida kamida kumush medal

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Shu daqiqalarda erkin kurashchisi ham Parij Yozgi Olimpiada O‘yinlarining finaliga chiqdi.

Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida O‘zbekiston uchun O‘yinlarning kamida kumush medalini naqd qildi.

Final bahsi esa ertaga, 10 avgust kuniga rejalangan.

O’zbekistonlik erkin kurashchi Olimpiada chempionligi uchun yaponiyalik kurashchiga qarshi gilamga chiqadi.

O’zbekiston erkin kurash bo’yicha Yozgi Olimpiada O’yinlarining oltin medalini so’nggi bor 2004 yilda olgan.

 Курскка ҳужумдан маъни нима? - BBC News O'zbek
09/08/2024



Курскка ҳужумдан маъни нима? - BBC News O'zbek

Россиянинг Украинага чегарадош Курск вилоятида 6 августдан буён жанглар давом этаяпти.Украина у ердаги қўшинларни ҳозирча бизники дегани йўқ.ВВС мухбирига кў...

Toshkent-Parij 🇺🇿💪🥇🥇 O’zbekiston prezidenti Hasanboy Do’smatov va Ulug’bek Rash*tovni Parij Olimpiadasida erishgan yutuq...
09/08/2024

Toshkent-Parij 🇺🇿💪🥇🥇 O’zbekiston prezidenti Hasanboy Do’smatov va Ulug’bek Rash*tovni Parij Olimpiadasida erishgan yutuqlari bilan shaxsan tabrikladi. Shu soatlarda ular bilan telefon orqali o’zi gaplashdi.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

O’zbekistonlik har ikki sportchi kecha, 8 avgust kuni dzyudo va boksda O’yinlarning oltin medallarini qo’lga kiritishgan, bir kunning o’zida O’zbekiston hisobiga qo’shaloq oltin medali keltirishgan, ikki karra Olimpiada chempioniga aylanib, O’zbekiston tarixiga kirishgandi.

Diqqat, BBC: Қийноқлар ва қонун - Ички ишлар ўзгардими?"Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонун Ўзбекистон парламентида ...
09/08/2024

Diqqat, BBC: Қийноқлар ва қонун - Ички ишлар ўзгардими?

"Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонун Ўзбекистон парламентида қабул қилинганида бу ой саккиз йил тўлади.

У президент Шавкат Мирзиёев томонидан имзоланган илк қонунлардан бири бўлган.

Унгача бутун бошли тизим қонунсиз ишлаб келган.
Ўтган саккиз йил давомида ички ишлар соҳаси қанчалик ўзгарди?

"Diqqat, BBC" дастурининг бу галги сонида шу мавзуни муҳокама қилдик.

"Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонун Ўзбекистон парламентида қабул қилинганида бу ой саккиз йил тўлади.У президент Шавкат Мирзиёев томонидан имзоланган и...

Янгиликлар: Украина Россия ичкарисига шунча кирдими? Россиядан кутилмаган хабарлар олинмоқда…https://www.bbc.com/uzbek/w...
09/08/2024

Янгиликлар: Украина Россия ичкарисига шунча кирдими? Россиядан кутилмаган хабарлар олинмоқда…

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Нима гап? Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Бунақаси шу пайтгача кўрилмаган: Украина Россияни доғда қолдирдими?https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355Тафсилотлари ...
09/08/2024

Бунақаси шу пайтгача кўрилмаган: Украина Россияни доғда қолдирдими?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69217355

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Сурат кеча олинган, ундаги энди икки карра Олимпиада чемпиони Улуғбек РашитовҚизиқ: Олтин учун ким қанча бермоқчи ёки Ол...
09/08/2024

Сурат кеча олинган, ундаги энди икки карра Олимпиада чемпиони Улуғбек Рашитов

Қизиқ: Олтин учун ким қанча бермоқчи ёки Олимпиада медали ҳукумат ва президентларга қанчага тушмоқда?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Бугуннинг саволи. Ўзбекистон ва Дунё: Ўзбекистон ҳисобидаги биргина олтин медалларнинг ўзи учтага етди... Спортчилар Оли...
09/08/2024

Бугуннинг саволи. Ўзбекистон ва Дунё: Ўзбекистон ҳисобидаги биргина олтин медалларнинг ўзи учтага етди... Спортчилар Олимпиададан бир миллион доллар ҳам ишлаб олишлари мумкинми?

https://www.bbc.com/uzbek/world-69254794

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Франция ҳижобли муслима спортчиларини нега олимпиадага қўймади?
09/08/2024

Франция ҳижобли муслима спортчиларини нега олимпиадага қўймади?

Франция ҳижобли спортчиларини нега олимпиадага қўймади?Vebsahifamiz: https://www.bbc.com/uzbekОбуна бўлинг - https://www.youtube.com/ BBC News O...

"Келгинди келин ва куёвлар" Ўзбекистонда миллий контент яратмоқдами?https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69237680Тафсило...
09/08/2024

"Келгинди келин ва куёвлар" Ўзбекистонда миллий контент яратмоқдами?

https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-69237680

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

09/08/2024

Президент ваъдасини унутдими ё яна ҳижоб машмашаси.
Эронда нима бўлмоқда?

Parij-2024🇺🇿💪🥊🥇: O‘zbekiston hisobida uchinchi oltin medalO‘zbek bokschilari final janglarini ham g‘alaba bilan boshlash...
08/08/2024

Parij-2024🇺🇿💪🥊🥇: O‘zbekiston hisobida uchinchi oltin medal

O‘zbek bokschilari final janglarini ham g‘alaba bilan boshlashdi.

Hasanboy Do‘smatov shu daqiqalarda O‘yinlarning oltin medalini qo‘lga kiritdi.

U hal qiluvchi jangda mezbon fransiyalik raqibi Billal Bennamani ham mag‘lub etdi.

Parijdagi g‘alabasi ortidan Hasanboy ham Ulug’bek Rash*tov kabi ikki karra Olimpiada O‘yinlari chempioniga aylandi.

U bu kabi yutuqqa erishgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi sifatida tarixga kirdi.

Parij Yozgi Olimpiadasida O‘zbekistonni jami yetti nafar bokschisi namoyon etgan.

Ulardan beshtasi O‘yinlarning finaligacha chiqqan.

O‘zlariga Parij Olimpiadasining kamida kumush medallarini naqd qilgan.

Allaqachon O‘yinlarning biror bir ishtirokchi davlati erisha olmagan yutuqqa ham erishgan.

Parijda qo‘lga kiritajak medallarining soni bo‘yicha barcha raqib jamoalarni ortda qoldirgan.

Eng ko’p bokschisi O’yinlarning finaliga chiqqan ishtirokchi davlatga aylandi.

O‘zbekistonlik qolgan bokschilar chempionlik uchun janglarini 9 va 10 avgust kunlari o‘tkazishadi.

Ularning orasida amaldagi Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham bor.

Aynan boks O‘zbekiston uchun Yozgi Olimpiada O‘yinlarida eng sovrinli sport turlaridan biri bo‘ladi.

Hasanboy Do‘smatovning yutug‘idan keyin O‘zbekiston medallar jadvalida yetti pog‘ona yuqoriga sakradi, 18-o‘ringa ko‘tarilib, yuqori yigirmatalikka kirdi.

Mintaqadagi qolgan barcha davlatlarni ortda qoldirib ketdi.

Париж-2024🏅🏅🥉🥉🇺🇿💪: Номдор таэквондочиси Улуғбек Рашитовнинг иккинчи олтин медали ортидан, Ўзбекистон медаллар жадвалида ...
08/08/2024

Париж-2024🏅🏅🥉🥉🇺🇿💪: Номдор таэквондочиси Улуғбек Рашитовнинг иккинчи олтин медали ортидан, Ўзбекистон медаллар жадвалида Қозоғистонни ортда қолдирди, минтақада пешқадам мавқеъни эгаллади.

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

Ўзбекистон Украина ва Озарбайжон билан бирга энг яхши натижа қайд этиб турган учта постсовет давлатидан биттасига айланди.

Ҳисобидаги 2 та олтин ва иккита бронза медали билан совриндор 80 давлат орасида 25-ўринга кўтарилиб олди.

Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.

Parij-2024🇺🇿💪🥊🥈: O‘zbekiston hisobida kamida beshinchi kumush medalO‘zbekistonlik beshta bokschining hammasi Parij Yozgi...
08/08/2024

Parij-2024🇺🇿💪🥊🥈: O‘zbekiston hisobida kamida beshinchi kumush medal

O‘zbekistonlik beshta bokschining hammasi Parij Yozgi Olimpiadasining finaliga chiqdi.

Shu daqiqalarda o‘zbekistonlik so‘nggi bokschi – Abdumalik Xalokov ham o‘zining yarim final jangini g‘alaba bilan yakunladi.

Abdumalik -57 kg vazn toifasida final yo‘llanmasi uchun jangda avstraliyalik raqibi Charli Senorni ham mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik bokschilar o‘zlarining g‘alabali seriyalarini davom ettirishdi.

Yarim finalda jang qilgan beshta bokschisidan barchasi O‘yinlarning finaliga chiqdi, Parij Yozgi Olimpiadasi chempionligi uchun kurashadigan bo‘ldi.

Abdumalik Xalokov ham o‘z vazn toifasida dunyoning eng sovrindor bokschilaridan biri bo‘ladi.

Amaldagi jahon chempioni, Osiyo birinchiligi va Osiyo O‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan bokschi.

Parij Yozgi Olimpiada O‘yinlarida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining erkak bayroqdori.

Xuddi shu bugun o‘zbekistonlik bokschilar o‘zlarining final janglarini ham boshlashadi.

Birozdan so‘ng Hasanboy Do‘smatov ikki karra Olimpiada chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.

Hasanboy Parij Yozgi Olimpiadasining oltin medali uchun mezbon fransiyalik bokschi Billal Bennamaga qarshi jang qiladi.

Agar final jangini yutsa, u O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hisobiga uchinchi oltin medalini keltiradi.

Jamoa hisobida hozircha O‘yinlarning ikkita oltin va ikkita bronzlari bor, ularni O‘zbekistonga dzyudochilari va taekvondochisi keltirishgan.

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida ikkinchi oltin medalhttps://www.bbc.com/uzbek/world-69196932O‘zbekistonga to‘rtinch...
08/08/2024

Parij-2024🥇🇺🇿💪: O‘zbekiston hisobida ikkinchi oltin medal

https://www.bbc.com/uzbek/world-69196932

O‘zbekistonga to‘rtinchi medalini taniqli taekvondochisi Ulug‘bek Rash*tov keltirdi.

U (-68 kg) Parijda ikki karra Olimpiya O‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ulug‘bek Rash*tov amaldagi Olimpiada chempioni bo‘ladi.

O‘zbekistonlik eng dongdor taekvondochilardan biri.

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo birinchiligi va O‘yinlari g‘olibi.

Bugun o‘zbekistonlik besh nafar bokschidan so‘nggisi ham o‘zining yarim final jangini o‘tkazadi.

Abdumalik Xalokov ham O’zbekistonga O’yinlarning kamida bitta bronza medalini naqd qilib turibdi.

To’rt nafar bokschisi esa, Parij Yozgi Olimpiadasining finaliga chiqqan, oltin medali uchun kurashish imkoniyatini qo’lga kiritishgan.

Ilk bokschisi – Hasanboy Do‘smatov esa, bugun, Toshkent vaqti bilan tungi 01:34 da Parijda ikki karra Olimpiada chempionligi uchun ringga chiqadi.

Address

BBC Broadcasting House Portland Place
London
W1A1AA

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when BBC Uzbek posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Videos

Share

Our Story

BBC Jahon Xizmati o'z Facebook sahifasida do'stona, samimiy va ochiq suhbatni olqishlaydi, ammo, yo'llangan sharhlar yoki bahslarni olib tashlash huquqini saqlab qoladi. Ushbu sahifada o'zgalar fikri va qarashlarini davomli masxara qilgan shaxslar muxlislar safidan butunlay chiqarib tashlanishi mumkin. • o'zgalarga xalaqit qiladigan, ko'ngilni og'ritadigan va tahqirlaydigan • irqiy, milliy, shahvoniy, dashnom beradigan va e'tirozlarga sabab bo'ladigan • tarkibida haqoratomuz so'zlar bo'lgan • qonunni buzishi mumkin bo'lgan yo mas'uliyatsiz yoda noqonuniy faoliyatga yetaklaydigan (jumladan mualliflik huquqini buzish, to'hmat va mahkamaga hurmatsizlik) • daromad vayo foyda olish maqsadida mahsulot va xizmatlarni reklama qiladigan • o'zga shaxs nomidan yozilgan • aloqa qilish maqsadida shaxsiy telefon nomerlar, pochta va e-mail adreslarni qoldirgan • boshqalar tinchligi vayo mol-mulkini xavf ostiga qo'yadigan faoliyatni tasvirlagan vayo tashviq etadigan • "spam" deya ko'riladigan (ayni khabarni ko'p martalab yo'llagan payg'omlar) • blog, bahs vayo sahifa uchun mutlaqo aloqasi bo'lgmagan Sharhlarni olib tashlash huquqini saqlab qolamiz

Nearby media companies


Other Broadcasting & media production in London

Show All

You may also like