200 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqariladi
▪️Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bugungi matbuot anjumanida ma’lum qildi. 200 ming so‘mlik kupyurani 2024-yilda muomalaga chiqarish mo'ljallangan.
Uzbekistan Airways samolyoti Minsk aeroportiga qo‘nishda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
▪️Toshkent–Minsk yo‘nalishida parvoz qilgan Airbus A-320 samolyoti qor va bo‘ron tufayli Minsk milliy aeroportiga qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.
Samolyot bortida 115 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo'lovchilarga ham, samolyotga ham shikast yetmagan.
Video: Jizzaxda yo‘l bo‘yidagi xavfli qoyatoshlar qulatildi
▪️G‘allaorol tumanida ko‘chki xavfini bartaraf etish ishlari olib borildi. Ikki kun davomida 480 metr kub tosh massalari ko‘chirildi. — Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Oliy Bosh Qoʻmondon Shavkat Mirziyoyevni qanday kutib oldi?
1-yanvardan avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘im undirilmaydi
1-yanvardan avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘im undirilmaydi
Uzbekistan GTL markaziy boshqaruv pulti operatori 15 mln so‘m oylik olmoqda
Uzbekistan GTL markaziy boshqaruv pulti operatori 15 mln so‘m oylik olmoqda
▪️Quanishbek Tlemuratov prezidentning savoliga javoban oyligini deyarli to‘liq oilasiga – Qoraqalpog‘istonga yuborishini aytdi.
“O‘zbekneftgaz” raisi buni davlat rahbariga izohlarkan, ishchilarga 3 mahal bepul ovqat berilishini aytdi. Energetika vaziri esa xodimlar turar joy bilan ta’minlanganini qo‘shimcha qildi.
▫️Iyul oyida Shavkat Mirziyoyev Olmaliqqa borganida “Yoshlik–1” konida samosval haydayotgan xodim bilan suhbatlashgan, u 11–12 mln so‘m oylik olishi va Malibu mashinasi borligini aytgandi.
Prezident Olmaliqdagi maktab o'quvchilaridan kim bo'lishni istashlari haqida insho yozib jo'natishni so'radi
Prezident Olmaliqdagi maktab o'quvchilaridan kim bo'lishni istashlari haqida insho yozib jo'natishni so'radi
▪️Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan maktabdagi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Qashqadaryoning ayrim hududlarini chang qopladi
▪️Avvalroq e’lon qilingan prognozga ko‘ra, changli bo‘ronlar Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham kuzatilishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday vaziyatda tashqariga chiqmaslik, chiqqanda ham albatta niqob taqishni tavsiya qildi. Qashqadaryo viloyat IIB YHXB haydovchilardan yo‘llarda ehtiyot bo‘lib harakatlanishni so‘radi.
Har bir hokim qanday qilib o‘z xalqini oziq-ovqat bilan barqaror ta’minlashi haqida o‘ylashi kerak — prezident
Har bir hokim qanday qilib o‘z xalqini oziq-ovqat bilan barqaror ta’minlashi haqida o‘ylashi kerak — prezident
▪️Oziq-ovqat xavfsizligi masalasida o‘tkazilgan videoselektorda baliqchilikni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Endi:
– baliq yetishtiruvchi aholi o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiradi;
– baliqchi xonadonlar yer va mulk solig‘ini 50 foiz kamroq to‘laydi;
– xonadonlar bilan hamkorlikda yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar 3 yillik soliqlardan ozod etiladi.
Sergelida avtobusda yong‘in chiqdi
▪️Bugun, 14-dekabr kuni soat 15:21da boshlangan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 15:35da o‘chirildi, deb xabar berdi FVV.
Yong‘indan hech kim zararlanmagan.
❗️Ehtiyot bo‘ling! Ko‘rinmas qotil ovga chiqqan
❗️Ehtiyot bo‘ling! Ko‘rinmas qotil ovga chiqqan
To'liq video 👉 https://youtu.be/J7deio_CXS8
To'liq video 👉 https://youtu.be/J7deio_CXS8
To'liq video 👉 https://youtu.be/J7deio_CXS8
Ko‘rinmas qotil o‘z qurbonlarini ayniqsa kechalari ovlaydi. Lekin u odamlarga hatto kunduzlari ham hujum qilishi mumkin. Xpress loyihasi to‘liq formatdagi ilk filmida barchani dahshatli qotildan ogohlantiradi.
Buxoroda ayni paytda changli bo'ronlar kuzatilyapti
Buxoroda ayni paytda changli bo'ronlar kuzatilyapti.
Qamchiq dovonida harorat -1 daraja sovuq, haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish so‘ralmoqda.
2021-yil oktabri oxirgi 30 yildagi 3-eng issiq oktabr bo‘ldi
▪️1991–2020-yilgi kuzatuvlar tarixida oktabr 2015- va 2019-yillarda eng issiq o‘tgani qayd etilgan. Bu yil oktabrda harorat me’yordan 0,42 daraja yuqori bo‘lgan.
Kanada shimoli va Sibirda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 7 daraja yuqori bo‘lgan bo‘lsa, O‘rta Osiyo, Yevropa janubi-sharqiy, Kavkazbo‘yi, Turkiya va O‘zbekistonda ham oktabr sovuq o‘tgan.
Sergelidan Toshkent markazigacha avtotransportda yetib borish vaqtini qisqartiradigan yo'lning 1-qismi qurib bitkazildi
Sergelidan Toshkent markazigacha avtotransportda yetib borish vaqtini qisqartiradigan yo'lning 1-qismi qurib bitkazildi
▪️Sergeli va Yakkasaroy tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l 6 km bo‘ladi. Bugundan yo‘lning qariyb 2 km qismi – Cho‘ponota ko‘chasidan Toshkent halqa yo‘ligacha bo‘lgan qismi ochildi.
Alisher Qodirov migrantlardan ham soliq olishni taklif qildi
Alisher Qodirov migrantlardan ham soliq olishni taklif qildi
▪️"Nima uchun migrantlar xorijda ishlab topgan daromadidan soliq to‘lamasligi kerak?" degan “Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan uchrashuvda.
Andijonda odamlarni ko‘prikdan pulga o‘tkazayotgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi
Andijonda odamlarni ko‘prikdan pulga o‘tkazayotgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi
▪️ 10-oktabr kuni 35 yoshli fuqaro X.I. Buloqboshidagi soyga 2ta taxtadan ko‘prik yasab, undan o‘tish uchun odamlardan 1000 so‘mdan pul olgan. Sud X.I.ni MJtKning 183- va 200-moddalari bilan aybdor deb topgan.
Tuman hokimligiga ko‘ra, soyning Aravonsoy ko‘prigi iyuldagi tabiiy ofatdan keyin avariya holatiga kelgan va ko‘prikdan o‘tish to‘xtatilgan.
“Mashina berib bo‘lsa ham bolalarni kitob o‘qishga qaytaraman degandim. Siz zakovatchilar orzumni amalga oshiryapsiz” — Shavkat Mirziyoyev
“Mashina berib bo‘lsa ham bolalarni kitob o‘qishga qaytaraman degandim. Siz zakovatchilar orzumni amalga oshiryapsiz” — Shavkat Mirziyoyev
▪️Yangi formatdagi "Zakovat" intellektual o'yinlarining ilk mavsumi yakuniga yetdi. 2021-yilgi mavsum chempioni – Xorazm jamoasi.
Finalni prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib bordi. Davlat rahbari bellashuvdan keyin so‘zga chiqib, “Zakovat”ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.
Toshkentda “Zakovat”chilar uchun alohida bino quriladi. Klub faoliyati barcha hududlarda, eng chekka tumanlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. G‘oliblar uchun “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
Talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada tashkil etiladi. Toshkentda Intellektual o‘yinlar shaharchasi, viloyatlarda esa Intellektual parklar tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev "Zakovat" super finaliga faxriy mehmon bo‘lib keldi
Shavkat Mirziyoyev "Zakovat" super finaliga faxriy mehmon bo‘lib keldi
▪️Hozir "Zakovat" intellektual o‘yinining super finali Buxoro viloyatidagi "Bukhara desert Oasis & Spa" ekoturizm klasterida bo‘lib o‘tmoqda.
Jizzax yo‘lida o‘z so‘zini to‘g‘ri ayta olmayotgan mast haydovchi uchradi
#tezkor
⚡️Jizzax yo‘lida o‘z so‘zini to‘g‘ri ayta olmayotgan mast haydovchi uchradi
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 131-moddasi tartibida bayonnoma tuzilib, haydovchi boshqaruvidagi avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
‼️Barcha haydovchilardan mast holda transport boshqarmasliklarini so‘raymiz.