Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining Facebookdagi rasmiy sahifasi.

15/11/2022

MAVZU: OILA BYUDJETI

25/10/2022

OILA OLAMI
Mavzu: Oiladagi zo'ravonlik

04/10/2022

OILA OLAMI
Mavzu: Bola ta'limi

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Re...
27/09/2022

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga mo‘ljallangan demografik barqarorlik konsepsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatida demografik vaziyatning joriy holati, rivojlanish tendensiyasi va mavjud muammolar xususida ham so‘z bormoqda.

O‘zbekistog MDH dagi eng yuksak demografik salohiyatga ega davlat hisoblanib, 2021-yilda mintaqa aholisining 11,9 foizi va Markaziy Osiyo mintaqasining 46,7 foizi mamlakatimiz hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni O‘zbekiston aholisi yuqori sur’atda ko‘payayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Biroq shunga qaramay O‘zbekistonda demografik konsepsiya ishlab chiqilmagan edi.

Bunga sabab, demografiya sohasida salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmaydi: yagona demografik siyosat yurituvchi idora mavjud emas: demografik jarayonlarni tahlil qilish va o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan funksiya va vazifalar qator vazirlik va idoralarning nizomlariga kiritilgan bo‘lib, ularni yagona koordinatsiya qiluvchi organ mavjud emas: demografik jarayonlarni tahlil qiluvchi akademik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalari deyarli yo‘q. Ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar yetarli emas, xalqaro tashkilotlar, xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yetarli tizimli hamkorlik o‘rnatilmagan.

Davra suhbatini boshqarib borgan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, "Oila va xotin-qizlar"ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Nodira Egamberdiyeva masalaning aynan shu jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Ayni dam Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O‘zbe...
27/09/2022

Ayni dam Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga mo‘ljallangan demografik barqarorlik konsepsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Konsepsiya mamlakatda demografik barqarorlikni ta’minlashning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, qisqa va o‘rta muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi.

Konsepsiya demografik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi — demografik barqarorlik — demografik o‘zgarishlarni prognoz qilish, ularning oqibatlarini tushunish va inson huquqlarini inobatga olgan holda aniq ma’lumotlarga asoslangan siyosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish qobiliyatini o‘z ichiga oladi: — demografik vaziyat — demografik jarayonlar holati, aholining umumiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilovchi jamiyat rivojlanishining ob’yektiv ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarining muayyan tarzda namoyon etilishidir: - demografik dividend — aholi yosh tarkibining o‘zgarish, birinchi navbatda, mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ulushi mehnatga layoqatsiz yoshdagi aholining ulushidan yuqori bo‘lgan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy o‘qish salohiyatidir: — demografik "imkoniyatlar darchasi"-mamlakat demografik rivojlanishida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi ulushi eng yuqori bo‘lgan davr.

Davra suhbatida sog‘liqni saqlash, ichki ishlar idorasi xodimlari, olimlar ham ishtirok etmoqda.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Xabar berganimizdek, 26-27 sentyabr kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlar, ...
27/09/2022

Xabar berganimizdek, 26-27 sentyabr kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlar, oila va gender komissiyasi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida "Ayollar, tinchlik va xavfsizlik (WPS) kun tartibi va uning inson huquqlari bilan bog‘liqligi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytda mazkur tadbir doirasida "Ishga marhamat" monomarkazida Tojikiston Respublikasi delegasiyasining Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvida xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimlar faoliyati haqida fikr almashilmoqda.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

27/09/2022



"ZO'R TV" telekanali "Bu kun" informasion dasturida: Ta’lim krediti: Ayollarga e’tibor namunasi

27/09/2022

Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan Qo‘yliq mardikor bozorida o‘tkazilgan sayyor qabul tafsiloti.

27/09/2022

Zomin tumani “Qayirma” MFY namunasida - Xotin-qizlar faoli: tajribalarni ommalashtirish

27/09/2022

DIYOR YANGILIKLARI | "OQILA AYOLLAR" HARAKATI SAMARQAND VILOYAT BO'LIMINING TA'SIS YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI.

27/09/2022



Xorazm telekanali | Xorazm viloyati Urganch tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar hamda tadbirkor ayollar faoliyati haqida.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadall...
23/09/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur ijrosini ta’minlash maqsadida har bir mahalladagi xotin-qizlar faollarining hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan Gʻijduvon va Shofirkon tumanlari mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Gʻijduvon tuman hokimligida o‘tgan mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i R.Mirxoliqova "Ayollar muammolari elektron bazasi" bilan ishlash, muammolarni tizimli hal etish, hamkor tashkilotlar hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Mahalla xotin-qizlar faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Shuningdek, R.Mirxoliqova viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Tilavova hamda AT "Xalq banki" viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari N.Latipova hamrohligida tumandagi "Paxtaobod" MFYda bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisi,"Oqila ayollar" harakati yetakchisi bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat davomida aholi murojaatlari asosida ishlash, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, "usta-shogird" an’analari, migrasiyadagi xotin-qizlarning oilalari bilan ishlash borasida fikr almashildi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Ishchi guruh vakillari ishtirokida yig’ilishO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalal...
23/09/2022

Ishchi guruh vakillari ishtirokida yig’ilish

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyat mudiri N.Do’smatov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari ayni kunlarda Xorazm viloyatida bo’lib, Prezidentimizning "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 87-sonli Farmoni (https://lex.uz/ru/pdfs/5899498) ijrosini ta’minlash borasida shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo'yicha o'rganish olib bormoqda.

Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasida Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi va uning boshqarmalari mas’ullari hamda viloyat boshqarmasi xodimlari, shuningdek, tuman, shahar bo’limlari boshliqlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Unda o’rganish ishlarini olib borish bo’yicha kichik ishchi guruh vakillari tarkibi shakllantirildi. Ularga aniqlanadigan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish ishlarini tashkillashtirish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.

 Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari R.Turdiboyeva hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo...
22/09/2022



Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari R.Turdiboyeva hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i M.Mamadiyarova Navoiy shahrida yangi ochilgan "Durdona javohirlari" xususiy korxonasiga tashrif buyurishdi.

"Yoshlik" mahallasida joylashgan mazkur tiluvchilik ob‘yektida 25 nafar xotin-qizlarning bandligi ta‘minlangan bo‘lib, ularning 12 nafari "Ayollar daftari", 5 nafari esa "Yoshlar daftari"da turadigan xotin-qizlar hisoblanadi.

22/09/2022

Gilamchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha asoschisi surxondaryolik Dilafro'z Vallayeva

   Tashrif davomida Z.Mahkamova hamda mutassadilar Muzrabot tumanidagi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida bo'lishdi va ...
22/09/2022




Tashrif davomida Z.Mahkamova hamda mutassadilar Muzrabot tumanidagi Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida bo'lishdi va hunarmandlar faoliyati bilan tanishdi.

Markazda tikuvchilik, qo'lda gilam to'qish, milliy hunarmandchilik, ipak kashtachilik, yumshoq va milliy qo'g'irchoqlar tayyorlash yo'nalishlarida xotin-qizlar bepul o'qitiladi va yaxshi o'zlashtirgan ayollar doimiy ish bilan ta'minlanadi.

Hunarmand Sh.Abdullayeva yosh bo'lishiga qaramay respublika bo'ylab o'tkazilgan ko'rgazmalarda namunali ishtirok etib, halqaro festivallarda bir necha bor diplom bilan taqdirlangan. Shaxzoda joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari Turkiyada bo'lib o'tadigan xalqaro ko'rgazmada ishtirok etadi.

Tumandagi ushbu markazda shu kunga qadar 300dan oshiq ayollar hunar o'rganishdi va viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari N.Yusupova tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Bu kabi markazlar viloyatning barcha hududlarida tashkil etilgan.

22/09/2022

Xotin-qizlar boshlang'ich tashkilot yetakchilari faoliyati

🔹Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi boshlang'ich tashkilot yetakchilari uchun Jizzax davlat pedagogika universitetida seminar tashkil etildi. Unda boshlang'ich tashkilot yetakchilarining asosiy vazifalari tushuntirildi. Seminarda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Jizzax filiali rahbari N.Kamalova, Reproduktiv salomatlik markazi hamda namunali faoliyat yuritayotgan boshlang'ich tashkilot yetakchilari o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

 Termiz shahriBosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, O'zbekiston Respublikasi ...
22/09/2022


Termiz shahri

Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi JXD HPX boshlig'i o'rinbosari U.Abdullayeva, Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari Z.Xidirovalar viloyat Onkologiya dispanserida bo'lishdi. Bemorlar holidan xabar olishdi. Yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

"Men 3 yildan oshiqroq bu kasallik bilan kurashdim, 10 kun bo'ldi shu joyni o'zida meni operatsiya qilishdi. Endi ahvolim ancha yaxshi" deydi-suhbatdoshimiz Z.Norova,
"yurtimizdagi hamma ayollar baxtli, hech birimizning kasal bo'lishga haqqimiz yuq, bu sharoitda bu g'amxo'rliklardan xursand bo'laman, ko'zimga yosh keladi. Shifokorlarga raxmat aytaman"-deya so'zlarida davom etarkan kalb ko'z yoshlarini tutib turolmadi.

Darhaqiqat inson salomatligi hamma narsadan ustun. Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish barchamizning insoniy burchimizdir.

22/09/2022



Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi JXD HPX boshlig'i o'rinbosari U.Abdullayeva, Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari Z.Xidirova, Viloyat IIB JXX HPB boshligi o'rinbosari podpolkovnik O'Eshimovalar Angor tumani paxta dalalarida boʻlib, terimda ishtirok etdilar.

Zulayho Mahkamova hasharchi, terimchi ayollar bilan dildan suhbatlashdi, qishloq xoʻjaligi rivoji orqali xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishda ularning ham munosib hissasi borligini alohida ta’kidladi.

Samimiy kechgan muloqotdan soʻng, ayollarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, "Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya fondining tibbiy-ijtimoiy patranaj brigadasi tomonidan xotin-qizlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va ularga dori-darmon berildi.

Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, IIB, viloyat sog'liqni saqlash boshqarma...
21/09/2022

Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, IIB, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi, tuman ( shaxar) oila va xotin-qizlar bo'lim boshliqlari va ularning tegishli mutaxassislari ishtirokida xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan ximoya qilish mavzusida amaliy seminar o'tkazildi.

Seminarda viloyat hokimining o'rinbosari Dinara Yakubova so'zga chiqib, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish, oilalar tinchligini saqlash va bu borada ko'zga tashlanayotgan muommolarni aytib, ularga hamkorlikda ijobiy yechim topish bo'yicha topshiriq va tavsiyalarini berdi.

Seminarda barcha ishtirokchilar o'zlarining taklif va mulohazalari o'zaro almashishdi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

21/09/2022



"Oqila ayollar" harakati Sirdaryo viloyat kengashi a’zolari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan sammiti natijalari va yutuqlari haqida munosabat bildirishdi.

Batafsil "Sirdaryo" telekanalining "Diyor yangiliklari" dasturida

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

   Bugun O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahk...
21/09/2022




Bugun O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Termiz shahridagi АLMАZ ORIGINАL MChJ raxbari Muxayo Jo'rayevaning faoliyati bilan tanishdi.

АLMАZ ORIGINАL MChJda hunarmandchilik faoliyat turilari bo'yicha ishlar tashkil etilgan.
O'quv kurslariga kam taminlangan ayollarni kasbga o'qtish, tikuvchilik, kelin liboslari, xizmatlar kursatish, sartaroshlik, qo'lda gilam tukish, qo'lda mato to'qish, savdo shaxobchalari tashkil etgan. Xozirda 385 nafar ish o'rni yaratilgan bo'lib, unda xotin-qizlar ish faoliyatlarini olib borilmoqda.

Xozirda adraz to'qish, janda, olacha va bo'z to'qish ishlarini kengaytirmoqda. Yil yakuniga qadar 1000 ga yaqin ish o'rni yaratib 20 mingga yaqin shogirdlarni tayyorlashni rejalashtirgan.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

21/09/2022

Andijon shahridagi Monomarkazda kiyinish madaniyati hamda ajrimlarni oldini olishga qaratilgan seminar trening tashkil etildi.

Batafsil “Andijon axboroti” dasturida

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

 Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida "Новая Сырдарья" gazet...
21/09/2022



Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida "Новая Сырдарья" gazetasida "Наша задача укрепление семьи, уверовать женщину в силу её духа” nomli maqola chop etildi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

16/09/2022

Buxoroda "Ming tadbirkor ayol" shiori ostida Forum o'tkazildi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

16/09/2022

Chiroqchi tumanida "Oqila ayollar" harakati faoliyati yo'lga qo'yildi

Batafsil Qashqadaryo telekanali "Diyor yangiliklari" dasturida

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

SHHT Xotin-qizlar forumi xorij matbuoti sahifalaridaSCO Women's Forum on the pages of foreign press✍️Oila va xotin-qizla...
16/09/2022

SHHT Xotin-qizlar forumi xorij matbuoti sahifalarida

SCO Women's Forum on the pages of foreign press

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

"Oqila ayollar" harakatining Surxondaryo viloyati a'zolari bilan uchrashuvOila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisinin...
16/09/2022

"Oqila ayollar" harakatining Surxondaryo viloyati a'zolari bilan uchrashuv

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ozoda Parpibayeva Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakultetining yangi binosi bilan tanishdi va o'sha yerda viloyat "Oqila ayollar" harakati a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Abdurashidovna, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi Baxtigul Abrahmatovna, 50 nafar harakat a'zolari, targ‘ibotchi ayollar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Harakat a'zolari kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ustivor vazifalar, jumladan oilalar ajrimini oldini olish, vohaga xos qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish kabi mavzularda o'z fikr va takliflarini bildirishdi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

"Buxoronoma" gazetasining 2022-yil 71-soni bilan tanishing!Buxoroda "1000 tadbirkor ayol" forumi o'tkazildi.✍️Oila va xo...
16/09/2022

"Buxoronoma" gazetasining 2022-yil 71-soni bilan tanishing!

Buxoroda "1000 tadbirkor ayol" forumi o'tkazildi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

16/09/2022

Uch egizak qiz chaqaloqlar dunyoga keldi!

Uzoq yillik kutishlar, umidsizlik,
Andijonlik Shahnoza Nabiyevaning quvonch ko‘z yoshlari.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

16/09/2022



«Diyor 24» | Qiziltepa tumanida ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinalari berildi

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

"AYOLLAR DAFTARI"DAGI XOTIN-QIZLARGA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDIHududlarda bandligi ta'minlanmagan, og‘ir ijtimoiy ahv...
16/09/2022

"AYOLLAR DAFTARI"DAGI XOTIN-QIZLARGA TIKUV MASHINALARI TOPSHIRILDI

Hududlarda bandligi ta'minlanmagan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan farzand tarbiyalayotgan va ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan yana 20 nafar xotin-qizlarga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish va bandligini ta'minlash maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari subsidiya asosida topshirildi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat saroyida tuman Oila va xotin -qizlar bo‘limi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar hamda "...
16/09/2022

To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat saroyida tuman Oila va xotin -qizlar bo‘limi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar hamda "Oqila ayollar" harakati a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil - https://wcu.uz/oz/lists/view/190

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

14/09/2022



“Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida o‘tkazilgan tadbir tafsilotlari

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

14/09/2022



Buxoroda 400 nafar ayollarga uy berildi

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

14/09/2022



💠Beruniy tumanidagi og'ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo'lgan xotin-qizlarni II-chorak davomida reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash maqsadida ehtiyojmand xotin-qizlarga 2-chorak reabilitatsiya vositalari berildi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

▶️Kanalga ulanish 👇
https://t.me/davlatqomita

 Buxoro shahridagi Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan "Kamalak Shabnam Teks" MCHJ tomonidan qiymati 12 mlrd. so‘mga teng...
10/09/2022



Buxoro shahridagi Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan "Kamalak Shabnam Teks" MCHJ tomonidan qiymati 12 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan tikuvchilik fabrikasi bugungi k***a o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan ekosumkalar va maxsus formalar Polsha, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Eksport hajmi oyiga 120 ming AQSH dollarni tashkil etadi.

Tez orada mazkur tikuv sexida 200 ga yaqin xotin-qizlar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

Bosh vazir o‘rinbosari tikuv sexida bo‘lib uning faoliyati bilan tanishar ekan, korxona faoliyatini ijobiy baholadi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

Imkoniyati cheklangan xotin-qizlar hamisha e'tiborda 🔰Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi hisobidan Qo...
10/09/2022

Imkoniyati cheklangan xotin-qizlar hamisha e'tiborda

🔰Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanidagi og’ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo’lgan xotin-qizlarni II-chorak davomida reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash maqsadida tumandagi “Abay”, “Shabboz” hamda “Maxtumquli” OFY lardan 3 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga 2-chorak reabilitatsiya vositalari berildi.

🔰Bunda asosan “Abay” OFY dagi B.U ga bolalar nogironlik aravachisi, “Shabboz” OFY dagi R.N ga esh*tish moslamasi va “Maxtumquli” OFY dagi M.O’ ga hassa tayoq berildi. Xotin-qizlar bu ko'rsatilgan yordamlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

  Xabar berganimizdek, ayni paytda Buxoro viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan “1000 TADBIRKOR AYOL...
10/09/2022




Xabar berganimizdek, ayni paytda Buxoro viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan “1000 TADBIRKOR AYOL” forumi o‘tkazilmoqda.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova tashrif buyurdi.

Viloyat markazidagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasida forum doirasida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

✍️Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring👇
Web-site (http://wcu.uz/) | Telegram (https://t.me/davlatqomita) | Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=1fl74t14eerzy&utm_content=p5e8u2h) | Facebook (https://www.facebook.com/Oila-va-xotin-qizlar-davlat-qomitasi-100577936025836) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZrLeEq-Ti-Pw7o4dp5Wbgg)

Address

Tashkent
100012

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi:

Videos

Share



You may also like