02/03/2025
Respublikada yagona laboratoriya-Namanganda!
"Namangan suv ta’minoti" AJ markaziy laboratoriya va dispetcherlik markazi binosi foydalanishga topshirildi
Yangi Namangan tumani "Mingchinor" mahallasida foydalanishga topshirilgan ushbu laboratoriya va dispecherlik markazi binosi halqaro moliya instutlari- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobidan 820 ming AQSH dollariga qurib bitkazildi.
Uning taqdimotida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashib, yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida "Inson qadri" qadri tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur loyihaning ahamiyati haqida to‘xtaldi.
Ta’kidlash joiz, laboratoriya binosi eng so‘ngi zamonaviy uskunalar va jixozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, respublikada yagona hisoblanadi. Ichimlik suvi va oqava suvlarini kimyoviy hamda bakteriologik tekshiruvlardan o‘tkazish uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Buning uchun 139 ming AQSH dollarilik zamonaviy laboratoriya vositalari olindi.
Shuningdek, laboratoriya tahlillarini joylarda tashkil etish uchun mobil labaratoriya avtomashinasi ham loyiha doirasida olingan bo‘lib, bu avtomashina viloyatning turli hududlarida tekshiruvlar o‘tkazish imkonini beradi.
Bundan tashqari, binoda "Namangan suv ta’minoti" AJ ma’muriy boshqarmasi ham joylashtirilgan bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.