Birlik kitoblar do'koni

  • Home
  • Birlik kitoblar do'koni

Birlik kitoblar do'koni Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Birlik kitoblar do'koni, Book & Magazine Distributor, .

🕋 Makkada — Birlik! Bir mijozimiz shu suratni yuborishibdi. Rostini aytganda, ko’rib juda quvondik. Do’konimizdan olinga...
29/10/2025

🕋 Makkada — Birlik!

Bir mijozimiz shu suratni yuborishibdi. Rostini aytganda, ko’rib juda quvondik. Do’konimizdan olingan kitob va sumka Ka’bagacha yetib boribdi. Rahmat sizga, bizni hamroh qilgan aziz mijozimiz!

Siz ham safarga chiqsangiz, Birlikni unutmang...

🌷Fotima roziyallohu anhoning isrofsiz to‘yi🌷Har bir to‘yda bir orzu yashiringan bo‘ladi — muhabbat, baraka va sadoqat or...
28/10/2025

🌷Fotima roziyallohu anhoning isrofsiz to‘yi🌷

Har bir to‘yda bir orzu yashiringan bo‘ladi — muhabbat, baraka va sadoqat orzusi.
Ammo eng go‘zal to‘y — bezakda emas, vafo va ixlosda.

Bu kitob sizni bir zamonga, oddiylik sharaf sanalgan, muhabbat esa sadoqat bilan o‘lchangan davrga yetaklaydi.

Bugungi dabdabali to‘ylar orasida bu asar — oddiylikdagi ulug‘likni, isrofsizlikdagi go‘zallikni eslatadi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 105 bet;
• Narxi – 38.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

Ushbu kitob Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom)ga aytiladigan davomli salovatlarga bag‘ishlangan. Unda shayx Abdulloh...
28/10/2025

Ushbu kitob Payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom)ga aytiladigan davomli salovatlarga bag‘ishlangan. Unda shayx Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Abu Bakr al-Jazuliy as-Samloliy ash-Sharif al-Hasaniy qalamiga mansub “Daloilul Xayrot” nomli kitobdagi salovatlar keltirilgan.

Salovat Alloh tomonidan bo‘lsa – rahmatdir, farishtalar tomonidan bo‘lsa – istig‘fordir. Rasululloh tomonlaridan bo‘lsa – duodir.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 330 bet;
• Narxi – 65.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

💌 Ochilmagan maktublarBalki ochish vaqti kelgandir...📨 💌 Hayotingizda biror maktubni ochmasdan qoldirgansizmi? Bu kitob ...
27/10/2025

💌 Ochilmagan maktublar
Balki ochish vaqti kelgandir...📨

💌 Hayotingizda biror maktubni ochmasdan qoldirgansizmi? Bu kitob — yurakka yozilgan, lekin hali o‘qilmagan maktublar haqida. Har bir sahifa, Allohga, o‘ziga, hayotga, sabrga, tavakkalga, do‘stlik va muhabbatga bag‘ishlangan samimiy murojaatlardir.☁️

✉️ Bu maktublar sizni o‘zingiz bilan yolg‘iz qolishga, fikr yuritishga va Allohning rahmatini his qilishga chorlaydi. Kitobni o‘qib, siz ham qalbingizdagi “ochilmagan maktub”ni topasiz...

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 255 bet;
• Narxi – 48.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

📖Mavlono Rumiyning “Ichingdagi ichidadur” insonning ichki dunyosini chuqur tahlil qilish va ma’naviy yuksalishga erishis...
25/10/2025

📖Mavlono Rumiyning “Ichingdagi ichidadur” insonning ichki dunyosini chuqur tahlil qilish va ma’naviy yuksalishga erishish yo‘llarini ochib beradi.

🖋Asarda yoritilgan asosiy mavzular:

▫️Ichki olamni anglash: Asar inson qalbining nozik tomonlarini va ruhiy salohiyatini kashf etishga bag‘ishlangan mulohazalarni o‘z ichiga oladi.
▫️Ruhiy poklik va tinchlik: O‘quvchiga ma’naviy poklikka intilish va hayotning asl mohiyatini anglash yo‘llari
▫️Ilmiy mulohazalar: Hayotiy tajribalar, falsafiy tahlillar asosida insonning o‘ziga xosligini yanada kengroq idrok etish.

Ushbu asarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni va undagi mulohazalarni o‘z hayotingizda tatbiq etishingizni tavsiya qilaman.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 334 bet;
• Narxi – 56.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

🌿“Hollarini isloh qilur”📚 Bu kitobda insonning ichki olami, nafs bilan kurash jarayoni, poklikka eltuvchi Qur’on oyatlar...
23/10/2025

🌿“Hollarini isloh qilur”

📚 Bu kitobda insonning ichki olami, nafs bilan kurash jarayoni, poklikka eltuvchi Qur’on oyatlari va sunnatdan olingan hayotiy saboqlar jamlangan. Har bir bobda hayotdagi sinovlarga sabr bilan qarash, g‘azabni jilovlash, tavba va shukrning asl ma’nosini anglash haqida chuqur mulohazalar keltirilgan.

🪶Muallif — Narmin Shanoviy — o‘quvchini o‘z nafsi bilan yuzlashtiradi, uni Qur’on nuri va Payg‘ambar (s.a.v) sunnati orqali tozalikka chorlaydi. Kitobda qalbni poklovchi iboralar, ruhni tinchlantiruvchi hikmatlar va hayot yo‘lini isloh etuvchi maslahatlar o‘z ifodasini topgan.📚

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 175 bet;
• Narxi – 36.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

📖 “Sen, men va sir”📖 Men borman, yonimda esa sen! Insoniyatga xos tarzda biz ham baxt sari intilamiz!Biroq baxtli bo‘lis...
23/10/2025

📖 “Sen, men va sir”

📖 Men borman, yonimda esa sen! Insoniyatga xos tarzda biz ham baxt sari intilamiz!
Biroq baxtli bo‘lish-bo‘lmaslik borasida biror so‘z ayta olmayman!
Nega deysanmi? Chunki kelajakni ko‘radigan ko‘zlar dunyoda mavjud emas!
Xullas, Men, Sen, kelajagimiz esa sir!

💓Har bir insonning yuragida bir sir yashiringan. Ba’zilar uni so‘z bilan, ba’zilar esa sukut bilan yashaydi. Fatix Jamilning “Sen, men va sir” asari ana shu sukutning ichidagi eng chuqur hislarni ochib beradi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 207 bet;
• Narxi – 41.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

🎀Saodatli oila bayoni✨ Ba’zan biz “mukammal oila” deganda tasavvurimizda boylik, shon-shuhrat yoki hashamat gavdalanadi....
21/10/2025

🎀Saodatli oila bayoni

✨ Ba’zan biz “mukammal oila” deganda tasavvurimizda boylik, shon-shuhrat yoki hashamat gavdalanadi.
Lekin bu kitobni varaqlasangiz, mukammallik — soddalikda, saodat — sabrda, muhabbat esa Alloh rizosini ko‘zlashda ekanini his qilasiz.

“Ali va Fotima” roziyallohu anhumо haqidagi bu asar — bu ikki insonning hayoti orqali sizni ich-ichingizdan o‘zgartiradi. 💓

📒 Kitobda:
⏺️u yerda Fotima r.a ning hayo va sadoqati bor,
💙Ali r.a ning g‘ayrat va mehribonligi bor,
✨ va ularning har bir qarashida — jannatga eltuvchi yo‘l bor.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 238 bet;
• Narxi – 53.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

📘“Tazkirat ul-avliyo”🪶Ulugʻ mutasavvif shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Attorning ushbu kitobi nasrda bitilg...
13/10/2025

📘“Tazkirat ul-avliyo”

🪶Ulugʻ mutasavvif shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Attorning ushbu kitobi nasrda bitilgan yagona va mashhur asar hisoblanadi.

📚 Ushbu tazkirada allomalarning ilmiy-nazariy qarashlari va taʼlimotini asoslash, tasdiqlash maqsadida tarixiy voqealar, hayotiy tajriba, qadimda yashab oʻtgan mashoyixlarining ibratli kechmishlari, hikoya, masal hamda naqllar bilan keltirib oʻtilgan.

💡Mazkur kitob oʻzbek tiliga tarjima qilingan oldingi nashrlardan mukammalligi va asliyatga hamohangligi bilan ajralib turadi.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 525 bet;
• Narxi – 102.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

Lider bola💡Uni boshqalarga ergashuvchi emas, yoʻl koʻrsatuvchi qilib tarbiyalash haqiqatan sizdan katta mehnat talab qil...
11/10/2025

Lider bola

💡Uni boshqalarga ergashuvchi emas, yoʻl koʻrsatuvchi qilib tarbiyalash haqiqatan sizdan katta mehnat talab qiladi. Boshlanishiga, masalan, farzandingiz bilan “Lider bola” kitobini birgalikda mutolaa qilishingiz mumkin.

📖 Kitob farzandingizga o‘z fikrini ayta olish, mas’uliyatni his qilish va mustaqil qaror qabul qilish kabi koʻplab muhim koʻnikmalarni o‘rgatadi.

📌 Shuningdek, “Lider bola” kitobi bolangizni boshqalardan ajratib turuvchi narsa — ichki kuch va ishonchni uyg‘otadi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 220 bet;
• Narxi – 48.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

“Bola va pul” ✍️ Gʻiyosiddin Yusuf tomonidan yozilgan ushbu kitob yosh avlodga moliyaviy savodxonlikni qadriyatlar asosi...
11/10/2025

“Bola va pul”

✍️ Gʻiyosiddin Yusuf tomonidan yozilgan ushbu kitob yosh avlodga moliyaviy savodxonlikni qadriyatlar asosida tushuntiradi. Unda pul tushunchasiga bolalar uchun mos shaklda ta’rif keltirilgan.

📘 Kitobning muhim fazilatlaridan biri u ota-onalar va o’qituvchilar uchun ham muhim manba bo’lishi mumkin. Chunki u faqat bolalar bilan emas balki ularni tarbiyalayotgan kattalar bilan ham samimiy suhbat olib boradi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 252 bet;
• Narxi – 54.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

🎀“Humayro”U sevdi, yo‘qotdi, kechirdi.Qismat uni sinadi, lekin u sinmadi.▫🌊U sinovlar ummoniga cho’kmadi. Sabrdan qo’rg’...
09/10/2025

🎀“Humayro”

U sevdi, yo‘qotdi, kechirdi.
Qismat uni sinadi, lekin u sinmadi.▫

🌊U sinovlar ummoniga cho’kmadi. Sabrdan qo’rg’on qilib, jaholat va razolatdan to ‘sildi.

🤎Koʻzyoshlar uning gunohlarini yuvishga, qalbini chandon soflashgagina xizmat qildi.

🌸Ha, u ayol, biroq u oddiy ayol emas, u sabr va jasorat timsoli bo’lgan Humayro!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 223 bet;
• Narxi – 45.000 soʻm.

Buyurtma berish uchun:
📞 +998900630040

Address


Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Birlik kitoblar do'koni posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share