Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

  • Home
  • Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi, News & Media Website, .

 📣 2025-yil 14-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi binosi katta majlislar zalida soliq va byudjet siyosat...
11/01/2025



📣 2025-yil 14-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi binosi katta majlislar zalida soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

Manzil: Qarshi shahar, I.Karimov ko'chasi, 805-uy. (Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi binosi katta majlislar zali)

Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Qashqadaryo soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

09/01/2025
 Mahallalarda soliq organlari faoliyati2024-yil dekabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida s...
08/01/2025



Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2024-yil dekabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) Qahsqadaryo viloyatida 78 ballni tashkil etdi (https://t.me/fiskaltahlil/1062).

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:

📍Muborak tumani – 92 %;
📍Kasbi tumani – 84,3 %;
📍Shahrisabz tumani – 84.3 %.

Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning dekabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 dan yuqori ball jamg‘argan 56 nafar, (shundan 15 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Reyting koʻrsatkichi:
▫️80 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 108 nafar;
▫️75 dan 80 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 53 nafarni tashkil etdi.

Ish samaradorligi bo‘yicha 75 dan past ball toʻplagan inspektorlar soni 79 nafar.

P.S. “Mahallabay” tizimida viloyat boʻyicha 828 ta mahallada 296 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

 ❗️Viloyat soliq boshqarmasida mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.✅Unda v...
06/01/2025



❗️Viloyat soliq boshqarmasida mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

✅Unda viloyat sudlari sudyalari, soliq boshqarmasi shaxsiy tarkib bo‘lim, shu’ba va tarmoq boshliqlari ishtirok etishdi.

▪️ Tadbirda so‘zga chiqqanlar mehnat munosabatlarini tartibga solish, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnatga oid nizolarni sudgacha hal etish, mehnat kodeksi bilan belgilab berilgan tartib-tamoyillarning to‘g‘ri yuritilishi yuzasidan fikr bildirishdi.

▪️ Seminar so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

05/01/2025
31/12/2024
31/12/2024



11 oyda qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘ldi?

Joriy yil boshidan (27-dekabr holatiga) iste’molchilarga 909,8 mln chek uchun 942,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 89,3 mlrd so‘mi noyabr oyi uchun berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 369,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 96,1 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 83,2 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 68,7 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 47 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim
______
#цифровизация #кешбэк

В каких регионах потребителям выплатили больше всего кешбэка за 11 месяцев?

С начала года (по состоянию на 27 декабря) потребителям выплачено 942,6 млрд сумов кешбэка за 909,8 млн чеков. Из них 89,3 млрд сумов выдано в ноябре.

Самые крупные суммы кешбэка приходятся на следующие регионы:

📍г.Ташкент - 369,4 млрд сумов;
📍Ташкентская область - 96,1 млрд сумов;
📍Самаркандская область - 83,2 млрд сумов;
📍Ферганская область - 68,7 млрд сумов;
📍Андижанская область - 47 млрд сумов.

👉 Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

Qarshi san'at maktabida viloyat soliq boshqarmasida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarining farzandlari uchun Yang...
28/12/2024

Qarshi san'at maktabida viloyat soliq boshqarmasida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarining farzandlari uchun Yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni viloyat soliq boshqarmasi Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi Rustam Andayev ochib berib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.

Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokida sahnalashtirilgan teatr yig‘ilganlarga olam-olam zavq bag‘ishladi.

Tadbir so‘nggida Qorbobo bolajonlarga bayram sovg‘alarini ulashdi.

27/12/2024





Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar

Tovar (ish, xizmat)larning elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi - 10% etib belgilandi (oldin 7,5%).

Tovar (ish)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq bekor qilindi.

Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.

Stavka QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qo‘llaniladi. Quyosh panellari quvvatining kamida 25% miqdorida elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda – bu panellar ishga tushirilgan oydan boshlab 10 yil davomida qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksining 337-moddasi

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi (foiz ko'rinishidagi daromadlar bundan mustasno). Buning uchun ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadining kamida 90%ini tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ini hisoblashda o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarining qurish bilan bog'liq xarajatlarni 2 yil davomida teng ulushlarda ushbu binolar qiymatining amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish haqli.
Bunda ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul qabul qilish bo'yicha litsenziya talablarini bajarishlari shart, aks holda bu amortizatsiya chegirmalari Soliq kodeksining 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normarlarini qo'llash hisobidan bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksining 483-moddasi
__________



Изменения по налогу на прибыль

Для налогоплательщиков, осуществляющих электронную торговлю товарами (работами, услугами) ставка налога на прибыль составляет - 10% (ранее 7,5%).

Отменяется налоговая ставка в размере 0% по прибыли от реализации товаров (услуг) на экспорт.

Прибыль, полученная от реализации электрической энергии в общую сеть с использованием установок ВИЭ общей мощностью до 100 кВт облагается налогом на прибыль по ставке 0%. Ставка применяется в течение 3 лет с месяца ввода установок ВИЭ в эксплуатацию. При установке солнечных панелей с системой накопления электрической энергии мощностью не менее 25% от мощности солнечный панелей - в течение 10 лет с месяца ввода этих панелей в эксплуатацию.

👉ст.337 НК

Временные налоговые льготы

С 1 января 2025 года до 1 января 2029 года налогоплательщики, которые осуществляют издательско-полиграфическую деятельность, освобождаются от уплаты налога на прибыль по данному виду деятельности (за исключением доходов в виде процентов). При этом доходы от данного вида деятельности должны составлять не менее 90% их совокупного дохода по итогам отчетного (налогового) периода.

С 1 февраля 2025 года по 1 января 2030 года юрлица-нерезиденты РУз, объем экспортных услуг которых в течение календарного года превысил 10 млн долларов США, в части доходов от оказания услуг в сфере информационных технологий резидентам Технологического парка программных продуктов и информационных технологий (в том числе по которым выплачивается роялти), освобождаются от уплаты налога на прибыль.
❗️Исключение - налоговые резиденты государств, заключившие соглашение об избежании двойного налогообложения с РУз.

C 1 января 2025 года по 1 января 2030 года субъекты предпринимательства вправе при исчислении налога на прибыль относить в равных долях в течение 2 лет расходы, связанные со строительством за счет собственных средств зданий негосударственных организаций общего среднего образования, на вычитаемые расходы в виде амортизации стоимости данных зданий. При этом они должны выполнять лицензионные требования по приему на бесплатной основе детей из семей, нуждающихся в социальной защите, в обратном случае эти амортизационные отчисления отменяются за счет применения норм амортизации по ст.306 НК.

👉ст.483 НК

27/12/2024
25/12/2024



Raqamli markirovkalash jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markaziga (CRPT) tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida CRPT boshqaruvi raisi Mixail Dubin raqamli markirovkalash jarayonlariga eng so‘nggi texnologiyalarni joriy etish, rivojlanish rejalari haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, gazlangan ichimliklar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarga yordam berish uchun O‘zbekistonga ekspertlar guruhini yuborishni taklif qildi.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekistonda tovarlarni majburiy raqamli markirovkalashni joriy etishdagi yutuqlar, uning soliq solinadigan bazani oshirish va kontrafakt mahsulotlarning bozorga kirib kelishining oldini olishdagi samaradorligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, raqamli markirovkalashni faqatgina tadbirkorlar manfaatlarini hisobga olgan holda, ularning ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymasdan, ishlab chiqaruvchilarni tezkor va har tomonlama texnik, axboriy qo‘llab-quvvatlagan tarzda joriy etilish lozimligi qayd etildi.

Mahsulotni kuzatib borish tizimini takomillashtirish, mahsulot qoldiqlari haqida real vaqt rejimida axborot olish, shuningdek, markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovkalash ma’lumotlari asosida tegishli maydonlarni avtomatik to‘ldirish orqali elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishni soddalashtirish zarurligi muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yil davomidagi samarali hamkorlik uchun o‘zaro minnatdorchilik bildirib, kelgusi yil uchun istiqboldagi rejalarini belgilab oldilar.
__________
#сотрудничество #маркировка

Обсуждены вопросы внедрения передовых технологий в процессы цифровой маркировки

В рамках проходящего в Российскую Федерацию визита, делегация Налогового комитета во главе с Председателем Шерзодом Кудбиевым посетила Центр развития перспективных технологий.

На встрече Председатель правления ЦРПТ Михаил Дубин рассказал о внедрении новейших технологий в процессы цифровой маркировки, поделился планами развития, а также предложил отправить в Узбекистан команду экспертов для содействия крупным производителям газированных напитков.

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев отметил успехи внедрения обязательной цифровой маркировки товаров в Узбекистане, ее эффективность для увеличения налоговой базы и пресечения выхода на рынок контрафактной продукции.

Вместе с тем, отмечено, что внедрение цифровой маркировки должно осуществляться исключительно с учетом интересов предпринимателей, без допущения влияния на объемы производства, с оперативной и всесторонней технической и справочной поддержкой производителей.

Обсуждена необходимость совершенствования системы прослеживаемости товаров, получения остатков продукции в режиме реального времени, а также упрощение оформления электронных счетов-фактур при реализации маркированной продукции, с автоматическим заполнением полей на основе данных маркировки.

Стороны поблагодарили друг друга за плодотворное сотрудничество в текущем году и наметили планы развития на следующий год.

Address


Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi:

Shortcuts

  • Address
  • Telephone
  • Alerts
  • Contact The Business
  • Claim ownership or report listing
  • Want your business to be the top-listed Media Company?

Share