24/02/2023
KORRUPSIYA KELAJAKNI YO‘Q QILADI
Bir necha yildirki, jamiyatimizda korrupsiya bilan kurashib kelinmoqda. Bu borada o‘z faoliyatini olib borayotgan viloyatimizning deyarli barcha tashkilotlarida ham bir qator tadbirlar, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari hamda uning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Nega aynan bugungi k***a korrupsiya bilan kurashishga qattiq e’tibor berilmoqda?
Yillar davomida jurnalistlar hamda mas’ul shaxslarning doimiy kurashlari natijasida korrupsiyalashgan tizimga oz bo‘lsada “toza havo” olib kirilmoqda. Korrupsiya so‘zi tilga olingan 207ta normativ-huquqiy hujjatlarning mavjudligi va davlatimizning, huquqiy targ‘ibot organlarining doimiy kurashishlari natijasida sekinlik bilan korrupsiyaviy holatlarning oldi olinmoqda.
Xususan, mutaxassislik bo‘yicha davlat tashkilotlarida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmasi tomonidan imtihon asosida tavsiya etilayotganligi, Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlari kameralashtirilayotganligi, ma’lumotnoma va ruxsatnoma olish, qoida buzarliklar uchun jarimalar to‘lash, gaz, svet, suv va kommunal to‘lovlar elektronlashtirilganligi, fuqarolarga elektron tarzda davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganligi ham korrupsiyaning oldini olishda beqiyos xizmat bo‘lmoqda.
Jizzax viloyati transport boshqarmasi mas’ullari tomonidan korrupsiya bilan murosasiz munosabatda bo‘lish va korrupsiyaga qarshi “yo‘q” deyish lozimligi to‘g‘risida doimiy ravishda tadbirlar o‘tkazilib, korrupsiyaviy holatlar sodir bo‘lgan vaqtda qonunchilikda belgilangan jazolar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni e’tirof etish lozimki, korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘lish, farovon kelajakni ta’minlaydi.
Jizzax viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati